6. Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari
Davlatning ta’sir etish usullari. Davlatning korxonalar innovatsion faoliyatiga ta’siri ikkita, ya’ni ma’muriy va iqtisodiy (bevosita va bilvosita) usullari orqali amalga oshiriladi. Ma’muriy usul - ma’lum faoliyat turini cheklash yoki uni rivojlantirishga karatilgan qonuniy asosga tayangan bo‘ladi. Bu standartlash va patent siyosatini xuquqiy me’yorlashdir. Bular xammasi xo‘jalik sub’ektlari faoliyatida yangiliklarga monopoliyani saqlab kolish va tovar ishlab chiqaruvchilar maxsulotlari sifatini yaxshilash va turlarini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘ladi.
Innovatsion faoliyatni tartibga solishning eng ta’sirchan usullaridan biri iqtisodiy usul xisoblanadi. Ushbu usul tovar maxsulotlarini ishlab chiqishda motivatsiya omiliga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |