5. Korxonalarda innovatsiya faoliyati va innovatsiya.
Korxonalarga innovatsion jarayonlar asosida kiritilayotgan yangiliklar ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, farovonlik o‘sishiga, hayot sifati va ta’lim darajasi yaxshilanishiga ko‘maklashib, ijobiy innovatsion muhitni shakllantiradi. SHu tariqa mamlakatning innovatsion salohiyatini yuksaltiradi. Diyorimizda sanoat korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish yuqori innovatsion tarkibiy qismlarga ega ishlab chiqarishlar va mahsulotlar salmog‘ini ko‘paytirish maqsadini ko‘zlaydi. Rivojlanishning bu yo‘nalishi jadal o‘sish hamda sanoat mahsulotlari va xizmatlari raqobatbardoshligini ta’minlashning mustahkam negizini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |