oshkoraligini ta’minlash zarurligini tushundim. Shunda men hammaga
«Mening bunga aloqam yo‘q. Bu yerda hamma ishladi. Biror narsani yashirishning ilojini qilolmasdim», deb aytishim mumkin edi.
Faoliyatimiz («Taraqqiyot strategiyasi» markazi, «Yuksalish» umummilliy harakati" va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi) davomida xodimlarni
ishga qabul qilishdan tortib, boshqaruv yoki moliyaviy qarorlarni qabul qilishgacha biz imkon qadar ochiq bo‘lishga harakat qildik va harakat
qilmoqdamiz. Biz har doim jamoatchilikka ta
yanamiz. Har bir ishimiz to‘g‘risida OAVni xabardor qildik, barcha ishlarimizni namoyon etdik.
Ochiqlik
— korrupsiyaning oldini olishning asosiy omillaridan biridir.
Yana bir misol, Sardobadagi falokatdan so‘ng, Adliya vazirligi bilan birgalikda xayriya aksiyasini tashkil qildik va maxsus hisob raqamini ochdik. Biz
har kuni jamoatchilikka qayerdan va qancha pul kelib tushayotgani hamda nimaga sarflanayotgani to‘g‘risida ma’lumot berib turdik. Bu ishlarning
barchasi jamoaviy hal qilindi va voqea joyiga chiqi
ldi. Men o‘zim ikki marta borib, yig‘ilgan narsalar va mablag‘lar qayerga va kimga berilganini
nazorat qildim.
— Siz «Taraqqiyot strategiyasi» markaziga va keyinchalik «Yuksalish» harakatiga ular tashkil qilingan davrlarda
rahbarlik qildingiz. Endi siz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining direktori etib tayinlandingiz. Siz boshqargan
oldingi tashkilotlarning har biri bugun faoliyatini faol davom ettirmoqda. Sizningcha, rahbar qanday ishlashi kerak,
u ishdan ketganidan keyin ham tizim uzilishlarsiz is
hlashi uchun tashkilotda qanday «meros» qoldirish kerak?
— Afsuski, O‘zbekistonda hamma narsa shaxsga bog‘liq. Agar biz kimnidir yaxshi bilsak, u qayerda ishlashidan qat’iy nazar, demak o‘sha yerda
ish
yaxshi ketyapti deb o‘ylaymiz. Bundan tashqari, biz har doim «qo‘l boshqaruvi» deb nomlangan qarorlarni va oxir-oqibat qoidaga aylanadigan
istisno holatlarini oqlash uchun minglab bahonalarni topamiz. Bunday bo‘lmasligi kerak, biz, albatta, yetarlicha egiluvchan tizimni yaratishga
intilishimiz kerak.
Masalan,
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe yaqinda iste’foga chiqdi. Yaponiya jamiyatida bu borada alohida tashvishlanish holatlari va noaniqlik
hissi yo‘q. Chunki ularda tizim bor. U yerda kim bosh vazir bo‘lishi muhim emas, chunki tizim — muvozanatlarning samarali tizimi va qarorlarni qabul
qilish mexanizmi barcha sohalarda birdek ishlaydi. Masalan, men Yaponiyadagi universitetda ishlaganimda, rahbariyat ko‘p marta o‘zgargan.
Rahbarlar har ikki yilda almashtiriladi, ammo xodimlar tarkibi o‘zgarmaydi. Mamlakatimizda kimdir vazirlik yoki idorada o‘zgarganda, hamma
«menga nima bo‘ladi», «qanday rahbar keladi» degan besaranjom xayollar bilan yurishni boshlaydi. Afsuski, tizim mavjud emas.
Markazda ham, «Yuksalish»da ham men tizimning ishlashi, jamoaning ishlashi va menga hech narsa bog‘liq bo‘lmasligi uchun qo‘limdan kelganicha
harakat qildim.Albatta, tashkilotning yuzi sifatida men juda ko‘p chiqishlar qilardim, ammo orqamda jamoa bor edi va men ketganimdan keyin ham
ushbu tizim ishlayapti. Hamma yerda, barcha yo‘nalishlarda xuddi shunday bo‘lishi kerak.
Qanday qilib, tizim hali ham birdek ishlashiga erishildi? Chunki, sizni ishontirib ayta olamanki, hech qachon yolg‘iz qaror qabul qilmasdim. Qaror
Do'stlaringiz bilan baham: |