Korrektsion pedagogika reja: Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati



Download 0,52 Mb.
bet25/28
Sana06.03.2022
Hajmi0,52 Mb.
#483863
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar b...

4. “Toifalash” metodi talabalarni o’rganilayotgan mavzu bo’yicha muhim xususiyat, jihatlarni aniqlash va ularni ifoda etuvchi ma’lumotlarni birlashtirishga o’rgatadi. Metodni qo’llash jarayonida talabalarda mantiqiy fikrlash, muhim xususiyatlarni yorituvchi ma’lumotlarni muayyan tizimga keltirish ko’nikmalarini shakllantiradi. Mashg’ulotlar jarayonida ushbu metoddan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) o’qituvchi muhim xususiyatlari aniqlanishi lozim bo’lgan mavzu, masala yoki muammoni aniqlashdi; 2) talabalar tanlangan mavzu (masala, muammo) hamda “toifalash” metodini qo’llash shartlari bilan tanishtiriladilar; 3) talabalarga ma’lum topshiriqlar beriladi; 4) guruhlar topshiriqni bajaradilar (mavzu mohiyatini yorituvchi muhim xususiyatlarni aniqlaydilar, ularni jadval yordamida ifodalaydilar); 5) guruhlar o’z yechimlarini jamoa e’tiboriga taqdim etadi; 6) jamoa tomonidan guruhlarning ishlari muhokama qilinadi.
Metoddan foydalanishda talabalar quyidagilarga e’tiborlarini qaratadilar: 1. Muhim xususiyatlar (toifalar)ni yoritishga nisbatan yagona talab qo’yilmaydi. 2. Guruhlarga bir xil topshiriq berilganda bir guruhning yechimi ikkinchi guruhning yechimidan farqlanishi mumkin. 3. Talabalarga o’qituvchi tomonidan mavzu mohiyatini yorituvchi muhim xususiyatlar haqida ma’lumot berish mumkin emas, muhim xususiyatlarni izlash jarayoni ham ularning o’zlari tomonidan amalga oshirilishi shart.


1. “Aqliy hujum” metodi talabalarda mavzu (masala, muammo) xususida keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag’batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg’ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha orginal yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. Mazkur metod tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash va ularga muqobil bo’lgan g’oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: 1) talabalarning o’zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib berish g’oyalarni yozish borish uchun yozuv taxtasi yoki varaqlarni tayyorlab qo’yish; muammo (yoki mavzu)ni aniqlash; 3) mashg’ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo’lgan shartlarni belgilash; 4) bildirilayotgan g’oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish qog’oz varaqlari g’oya (yoki fikr)lar bilan to’lgandan so’ng ularni yozuv taxtasiga osib qo’yish; 5) bildirilgan fikrlarni yangi g’oyalarning turlicha va ko’p miqdorda bo’lishiga ahamiyat qaratiladi; 6) boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning talaba tomonidan sodir etilishiga erishiladi; 7) talaba tomonidan bildirilayotgan har qanday g’oya baholanmaydi; 8) talabalarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay muhit yaratiladi; 9) g’oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash; 10) boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g’oya)lar ustidan kulish, kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo’l qo’ymaslik; 11) yangi g’oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to’g’ri yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik.
Mashg’ulot jarayonida ushbu metoddan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi: 1. Talabalarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish. 2. Har bir talaba tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag’batlantirilib boriladi. Bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi. Fikrlarning rag’batlantirilishi navbatdagi-yangi fikrlarning tug’ilishiga olib keladi. 3. Har bir talaba o’zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi. 4. Mashg’ulot jarayonida talabalar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo’l qo’yilmaydi. Ularning fikrlari baholanib borilsa, talabalar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad talabalarni muammo bo’yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir.



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish