ALIXONOV ZIYODULLO AKBARALIYEVICH +99893 788 16 56
yashovchi soxta kurakburun baliq turi ham geografik alohidalanish natijasi
hisoblanadi. U qadimgi osyotrsimon baliqlarga kiradi. Unga yaqin bo‘lgan
baliq turlari Shimoliy Amerikaning Missisipi daryosida yashaydi. G‘o‘za
avlodi ham geografi k alohidalanish yo‘nalishidagi turning paydo bo‘li shiga
yorqin misoldir. Bu avlodning turlari bo‘r davridan boshlab bir-biridan
alohidalashgan va Amerika, Osiyo, Afrika, Avstraliyaga tarqalgan.
Simpatrik yo‘nalishda tur paydo bo‘lishi
ajdod tur areali doirasida
alohidalanish sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. Alohidalashgan populatsiyalar ajdod
tur bilan bir arealda tarqalgan bo‘ladi. Odatda alohidalashgan individlar guruhi
ajdod tur vakillaridan urchish muddati yoki yashash joyi, yoxud jinsiy jihatdan farq
qilishi bilan ajralib turadi. Shunday
usul da alohidalashgan populatsiyalardan
ke yin cha lik mu ta tsion o‘zgaruvchanlik,
tabiiy tan la nish tufayli yangi turlar paydo
bo‘ladi. Filippinda 10 ming yil oldin paydo
bo‘lgan Lanao ko‘lida yagona bitta ajdod
baliq turidan simpatrik yo‘nalish bilan
18 ta baliq turi, yonsuzar qisqichbaqa turkumining bir ajdod turidan 250 ta yangi
tur paydo bo‘lgani ma’lum. Shu singari
sim patrik yo‘nalishdagi yangi turlarning
paydo bo‘ lishi ekologik alohidalanish
nati jasi ekanligidan dalolat beradi.
Ekologik alohidalanish natijasida
umumiy areal doirasida chittaklarning
5 turi kelib chiqqan. Katta chittak bog‘larda
yirik hasharotlar bilan, moskovka chittagi hasharotlar tu xumlari va qurtlari bilan,
lazorevka chittagi daraxt, butalar po‘stlog‘i orasidagi mayda hasharotlar bilan,
kokilchali chittak esa o‘simlik urug‘lari
bilan oziqlanadi.
Xromosoma va genom mutatsiyalari, duragaylash natijasida yangi tur larning
hosil bo‘lishi ham simpatrik tur hosil bo‘lish yo‘nalishiga misol bo‘ladi. Ba’zi
hollarda hujayraning bo‘linish jarayonida tashqi muhitning omillari ta’sirida
xromosomalarning tarqalishi buziladi. Xromosoma sonining ortishi yoki
kamayishi yangi turlarning kelib chiqishiga asos bo‘ ladi. Murakkabguldoshlar
oila si ga kiruvchi skerda avlodida 3, 4, 5, 6, 7 xromosomali, iloq avlodida
12 tadan 43 tagacha bo‘lgan xromosomali turlari uchraydi. Hujayraning bo‘linish
duki (urchug‘i)da sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar xromosomalarni hujayra ning
ikki qutbga tarqalmay qolishiga va poliploid turlarning kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi. Chunonchi, xrizantema avlodiga kiruvchi 18, 36, 90 xromosomali,
tamaki avlodiga 24, 48, 72, bug‘doyda 14, 28, 42 xromosomali turlar borligi
aniqlangan. Poliploid turlar xromosomasi diploid to‘plamga ega tur lar ga nisbatan
muhitning noqulay sharoit lariga ko‘proq moslashuvchan bo‘ladi.
Ba’zi bir o‘simlik turlari duragaylash yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Chunonchi,
olxo‘ri olcha bilan tog‘olchaning chatishi shidan so‘ng xromo somalar sonining
Qirg‘ovulning kenja turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |