Texnik sabablar.
Stanoklar, ish qurollari, yordamchi vositalar
harakatlanuvchi va yuk ko'taruvchi qismlarning konstruktiv kam-
chiliklari, mashina va mexanizmlarning ayrim qismlarining sinib yoki
uzilib ketishi, texnologik jarayonlarning nomukammalligi, to'siq
qurilmalari va saqlovchi vositalarining puxta ishlamasligi.
Sanitar-gigienik sabablar.
Ob-havo sharotining qoniqarsiz bo'lishi
(havoning harorati, nisbiy namligi, harakat tezligi va bosimi, issiqlik
ajrapib chiqishi) sanoat korxonalardagi havo muhitining changlanganligi,
ish joylari, maydonlar va o'tish joylarning oqilona yoritilmaganligi,
shovqin va titrashning mavjudligi, ishlab chiqarish xonalari va sanitar
maishiy xonalarning yetarli emasligi hamda sanitar-gigienik talablarga
javob bermasligi, shaxsiy gigiena talablariga rioya qilmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |