511
ular orasiga 160 mm
qalinlikdagi
qo’yilgan paxta
95 mm gipsbeton
plita
32
37
37
42
48
53
Jadvaldan ko’rinib turganidek, tovush izolyatsiyasi shovqin
darajasini turli chastotalarda o’rtacha 20-50 dB.ga pasaytirish qobiliyatiga
egadir. Shuni e`tiborga olish kerakki, ishlayotgan qurilmalardan
chiqayotgan shovqin faqatgina to’sqichlardan emas, balki shovqin manbai
atrofidagi turli tirqish, konstruktsiya elementlaridan xam o’tadi, shuning
uchun xaqiqiy izolyatsiya shovqin tarqalish muhitidagi barcha yo’llarga
bog’liqdir. Akustik komfort uchun mexnat qilishga xalaqit bermaydigan
yengil musiqa xam foydalidir. U individual reja orqali berilishi va yoshiga,
didiga, vaqtga xos bo’lshi kerak. Kuylarni ularga o’rganib qolgandan
keyin almashtirish maqsadga muvofiqdir. Musiqani atrofdagilarning
asabiga tegishini xam e`tiborga olib, ulardan extiyotkorlik bilan, shu bilan
birga, fizkultdaqiqa, dam olish va vaqtinchalik chetlanishlarda foydalanish
kerak.
Ish zonasi havosi.
Ish zonasining havosi atrof-muhitning
mikroiqlim parametrlariga, ya`ni havo xarorati, namligi va xarakat tezligi,
xamda inson faoliyatiga, sog’lig’iga, hisoblash texnikasining ishonchli
ishlashiga sezilarli ta`sir qiluvchi barometrik bosimi va o’zgarish tezligi,
issiqlik nurlanishlari, zararli moddalarning mavjudligi, aeroionlar,
changlarga asosan xarakterlanadi. Ishlab chiqarish sharoitida ko’rsatilgan
parametrlarning yig’indisini ta`siri xarakterlidir. Aloxida faktorlarning
yomon ta`sirida ishlovchining tomir urishi va nafas olishi, bosimi, asab
tizimi yomonlashadi.
Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlimi.
Mikroiqlim bo’yicha
asosiy me`yoriy xujjatlar GOST 12.1.005-88 "Ish zonasidagi havoga
sanitar-gigienik talablar", xamda SanQ va M 2.2.3.538-96 “Ishlab
chiqarish honasidagi mikroiqlimga gigienik talablar" hisoblanadi. Ularda
yil fasliga, bajariladigan ish kategoriyasiga, ishlab chiqarish honasining
issiqlik chiqarishiga qarab xarorat, havo xarakati, nisbiy namlikning yo’l
qo’yilgan va optimal darajalari me`yorlangan.
VDT va XT joylashgan honalardagi issiqlik manbai bo’lib,
hisoblash texnikasining qurilmalari, yoritish uskunalari, ishlovchilar,
xamda quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Asosiy issiqlik manbai hisoblash
texnikasining qurilmalari bo’lib, jami issiqlikning o’rtacha 80 %, yoritish
512
uskunalari o’rtacha 12 %, , ishlovchilar- 1 %, xamda quyosh radiatsiyasi, -
6 % beradi. Xira to’suvchi konstruktsiyalardan issiqlik kelishi 1 % tashkil
etadi.
Mashina zallarida inson organizmiga va hisoblash texnikasiga
havoning nisbiy namligi sezilarli ta`sir ko’rsatadi. 40% namlikda magnit
lentasining asosi sinuvchan bo’lib qoladi, magnit qalpoqchalarining
yedirilishi oshadi, axborot tashuvchi vositalarda statik elektr yuzaga
keladi, monitor ekrani va honaning ion tarkibi yomonlashadi.
Ishlovchi personalga normal ish sharoitlari yaratish maqsadida
ishlab chiqarish mikroiqlimining me`yorlari belgilangan. VDT va XT
yordamchi hisoblangan ishlab chiqarish honalaridagi ish joylarining
xarorat, havo xarakati, nisbiy namligini yo’l qo’yilgan va optimal
darajalari ishlab chiqarish honalarining sanitar meyorlariga mos kelishi
kerak. VDT va XT asosiy hisoblangan (dispetcherlik, operatorlik,
hisoblash kabinalari va boshqaruv postlari, hisoblash texnikasi zallari)
ishlab chiqarish honalarida SanQ va M 2.2.2.542-96 ga asosan,
mikroiqlimning optimal parametrlari ta`minlanishi kerak. Mikroiqlimning
optimal sharoitlari uzoq vaqt va sistematik insonga ta`sir qiluvchi,
organizmining funktsional, issiqlik xolatini saqlash imkonini beruvchi va
ishlash qobiliyatini oshiruvchi mikroiqlim parametrlarining birikmasidan
iboratdir.
39-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: