ishlaganda ratsional ish xolatini ta`minlashi kerak, tana xolatini bo’yin-
beradi: "o’tirish vositasi bo’lib, vertikal to’g’ri pozitsiyani egallashga
imkon beradigan, bukchayganlikni oldini oladigan, bel va yelkaning past
504
o’rnatilishi lozimki, operator tos suyagiga (agar kreslo juda past joylashsa)
yoki beliga (agar kreslo juda baland o’rnatilsa) bosim bo’layotganini
sezmasin.
Avvallari ergonomistlar o’tirganda bel bilan umurtqa pog’onasi
orasidagi burchak 90 gradusni tashkil etadi deb hisoblashar edi lekin
keyingi izlanishlar, ko’pchilik odamlar orqaga tashlab o’tirishni afzal
ko’rishligini ko’rsatdi. Bundan tashqari, ish kreslosining konstruktsiyasi
o’tirganda sirpanmaslikni ta`minlashi kerak.
Ish stuli (kreslo) balandlik va suyanchig’i bo’yicha boshqariladigan,
buriladigan, shu bilan birga xar biri mustaqil o’zgaradigan, mustaxkam
to’xtaydigan bo’lishi kerak. Kreslo o’tirgichining eni va chuqurligi 400
mm dan kam bo’lmasligi kerak. Old tarafi aylana sifat bo’lishi kerak.
kresloni konstruktsiyasi o’tirgich yuzasini 400- 550 mm chegarada,
oldinga egilishini 15 gradusgacha, orqaga 5 gradusgacha bukilishini
boshqarishi kerak. Suyanchiqning tayanch yuzasining balandligi 300±20
mm, eni 380 mm kam bo’lmasligi, gorizontal yuzaning egilish radiusi-
400 mm. bo’lishi kerak. Suyanchiqqning vertikal tekislikda 0±30 gradus
chegarada boshqarilishi kerak. Kresloning old tomonidan suyanchiqgacha
masofa 260-400 mm atrofida bo’lishi kerak qo’l muskullarining statik
zo’riqishini pasaytirish uchun turg’un yoki yechilib-kigiziladigan uzunligi
250 mm dan kam bo’lmagan, eni 50-70 mm, o’tirgichdan 230 ±30 mm
balandlikda boshqariladigan, orasidagi masofa 350-500 mm bo’lgan tirsak
qo’ygichlar bo’lishi kerak. Kreslo o’tirgichi, suyanchig’i va boshqa
elementlari yarim yumshoq, elektrlanmaydigan, havo o’tkazuvchi
qoplamali, oson tozalanadigan bo’lishi kerak.
Ish joyi eni 300 mm dan, botiqligi 400 mm dan, balandligi 150 mm
kam bo’lmagan, egilish burchagi 20 gradusli oyoq qo’yuvchi moslama
bilan ta`minlanishi kerak, bu moslama g’adir-budir yuzali bo’lishi kerak.
Sanitar qoidalarda o’quvchining bo’yiga maslashadigan stulning
o’lchamlari xam berilgan. Baland stol yoki stuldan foydalanishga to’g’ri
kelganda, albatta boshqariladigan oyoq qo’yuvchi moslamadan
foydalanish kerak.
Original ushlagich. Foydalanuvchining ishchi o’rni xujjatlarni
(original, daftar, varaq) ushlab turuvchi yengil moslama bilan jixozlanishi
kerak. Original ushlagich gorizontal tekislikka nisbatan 30-70 gradus
burchak ostida egiluvchan boshqarilishi kerak.
Pyupitr displey ekrani balandligidan ±100 mm.da joylashadi.
Agar ish davomida orginalga ekranga nisbatan qaraladigan bo’lsa,
kreslo yoki ekranni shunday burish kerakki, operator qarshisida