Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

Ko'pik bilan o'chirish.

 Ko'pik bu suyuqlikning maydalangan tizimi 

bo'lib,  bunda havo  bir-biridan  suyuqlikning  tarang  sirtlari  bilan  ajratilgan 

bo'ladi. Ko'pik hosil qilishi uchun havo zarralarini suv qobig'i bilan o'rash, 

ya'ni havo zarralarini suvga singdirish kerak. 

Ishqorlar bilan kislotalar aralashmasining kimyoviy reaksiyasi, yoki 

suv  bilan  ko'pik  hosil  qiluvchi  modda  va  havo  aralashmasini  mexanik 

aralashtirish asosida ko'pik hosil qilinadi.  

 

                                               76-rasm  



 

Kimyoviy  ko'pik  80  foiz  karbonat  angidrid  gazi,  suv  va  0,3  foiz 

ko'pik  hosil  qiluvchi  moddadan  tashkil  topadi.  Mexanik  ko'piklar  esa  90 

foiz havo, 9,6 foiz suv va 0,44 foiz ko'pik hosil qiluvchi moddadan iborat 

bo'ladi. 



 

 

370 



  

 

77-rasm. 



Qattiq  moddalar va asosan yengil alangalanuvchi suyuqliklar yonib 

ketganda  ko'pik  bilan  o'chirish  yaxshi  natija  beradi.  Chunki  yengil 

alangalanuvchi  suyuqliklar  solishtirma  og'irligi  suvdan  yengil  va  ularni 

suv bilan o'chirib bo'lmaydi. 

 

Ko'pik  bilan  o'chirishning  asosiy  xususiyiti  shuki,  u  yengil 



alangalanuvchi  suyuqlik  yuzasini  yoki  qattiq  jism  yuzasini  yupqa  ko'pik 

qavati bilan ko'plab, yonayotgan modda bilan havodagi kis-lorod o'rtasida 

to'siq  hosil  qiladi.  Bu  to'siqning  mustahkamligi  ko'pikning  turg'unlik 

xossasiga  bog'liq  bo'ladi.  Ko'pik  tez  alangalanuvchi  suyuqlikdan  ancha 

yengil  bo'lganligi  sababli,  uning  yuzasida  muhofaza  qobig'i  tashkil  etadi, 

bu  qobiq  suyuqlik  bug'lari  hosil  bo'lishiga  to'sqinlik  qiladi,  shuningdek, 

kislorodni  kiritmaydi.  Agar  ko'pikning  turg'unligi  kam  bo'lsa,  unda 

suyuqlik yuzasida uzilish hosil bo'lishi mumkin, ya'ni tarang tortilib turgan 

parda  ochilib  ketishi  mumkin,  bu  esa,  albatta,  alangalanishning  qaytadan 

boshlanishiga  sharoit  yaratadi.  Bundan  tashqari  ko'pikning  issiqlik 

o'tkazish  xususiyati  juda  past  bo'lganligidan,  yonayotgan  yuzadan 

issiqlikning suyuqlik yuzasiga ta'sir etishiga to'siqlik qiladi.  

 

 

78-rasm.Ko'pik hosil qilish generator 



 

Kimyoviy  ko'piklar  asosan  qo'lda  ishlatiladigan  o't  o'chirgichlarda 

keng  qo'llaniladi  (78-rasm).  Ularning  muhim  o'rnatiladigan  va 

zambilg'altakda  olib  yuriladigan  turlari  ham  bor  (79-rasm).  Mexanik 

ko'piklar  esa  4—6  ko'pik  hosil  qiluvchi  poroshoklar  yoki  aralashmalarni 



 

 

371 



suv va havo bilan aralashtirilishi hisobiga ko'pik generatorlari, ko'pik hosil 

qilish stvollarida ko'pikka aylantirib foydalaniladi. 

O'chirish  uchun  ishlatiladigan  ko'piklarning  tavsifli  belgalari, 

ularning  turg'unligi  va  ko'pik  hosil  qilish  darajasidir.  Ko'pik  hosil  qilish 

darajasi  bu  ko'pikni  hosil  qilish  uchun  sarflanadigan  mod-dalarga  nisbati 

hisoblanadi.  Ko'pik  hosil  qilish  darajasi  kimyoviy  ko'piklar  uchun  5, 

mexanik  ko'piklar  uchun  8—12  bo'lishi  mum-kin.  Yuqori  ko'piruvchi 

mexanik  ko'piklarda  bu  miqdor  100  va  un-dan  katta  bo'ladi.  Ko'pikning 

turg'unligi  esa  uning  katta  haroratda  so'nmasdan,  ma'lum  vaqtgacha 

chidash  berishi  hisoblanadi.  Kimyoviy  ko'piklar  suyuqlik  yuzasida  bir 

soatgacha,  PO-I  yor-damida  olingan  mexanik  ko'piklar  30  min,  PO-6 

yordamida  hosil  qilingan  ko'piklar  esa  40-45  minut  turg'unlikka  ega 

bo'lishi mumkin. 

Sanoat korxonalaridagi o't o'chirish tizimlarining asosiy qis-mini suv 

va ko'piksimon moddalar tashkil qiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, suv 

va ko'pik bilan hamma yerda va har qanday yong'inlarni o'chirish mumkin 

emas. Chunki ba'zi bir holatlarda kimyoviy reaksiyalar sanoat chiqindilari 

ta'sirida  yetarli  darajada  unumdor  ko'pik  ajratmasdan,  ulardan  boshqa 

moddalar ajralib chiqishi yong'inning kuchayishiga olib kelishi mumkin. 

Ko'pikni  xilma-xil  qurilmalarda  hosil  qilish  mumkin:  bular  doimiy 

o'rnatilgan,  ko'chirib  yurish  mumkin  bo'lgan  yoki  harakat-lanuvchi 

qurilmalar va qo'lda ishlatiladigan o't o'chirgichlardir. 

Qo'lda  ishlatiladigan  ko'pikli  o't  o'chirgichlar  juda  keng  tarqalgan. 

Bunga  sabab  o't  o'chiruvchi  moddani  xohlagan  vaqtda  ishlatish  mumkin. 

Uni  bir  odam  bir  necha  sekund  davomida  ishga  tayyorlashi  va  oson 

ishlatishi mumkin. Bundan tashqari, undan ajralib chiqadigan ko'piksimon 

modda  oqim  sifatida  anchagina  bosim  yordamida  (6-8)  bir  necha  metr 

masofadagi  yonayotgan  zonaga  (6-8  m)  yo'naltirilishi  mumkin. 

Yonayotgan  xonaga  kiritiladi.  SO  bilan  o'chirganda  uning  zaharliligini 

hisobiga olish kerak, uning hattoki 10 foiz miqdorida nafas olish, o'limga 

olib  keladi.  Shuning  uchun  undan  foydalanganda  maxsus  signal  tizimlari 

bo'lishi  kerak.  Shuni  aytib  o'tish  kerakki,  1  1  suyultirilgan  karbonat 

kislotasi 506 1 gazga aylanadi. 

 

 



 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish