Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


XVII.17. Yong'inga qarshi ishlatiladigan texnik qurilmalar



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

 XVII.17. Yong'inga qarshi ishlatiladigan texnik qurilmalar 

 

Sanoat  korxonalari  binolarini  yong'indan  muhofaza  qilish  uchun 



ishlatiladigan  asosiy  texnik  qurilmalar  QMQ  2.01.02  92:  asosida 

aniqlanadi. 



Signal  vositalari.

  Yong'inga  qarshi  kurashning  asosiy  omillaridan 

biri  uni  o'z  vaqtida  aniqlash  va  yong'in  kuchayib  ketmasdan  oldin  unga 

qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirishdir. Bunda aloqa vositalari 

va  signalizatsiyalardan  foydalanish  yaxshi  natija  beradi.  Shuning  uchun 

sanoat  korxonalarida  aloqaning  eng  ishonchli  vositasi  hisoblangan 

umumshahar  telefon  aloqasi  to'g'ridan-to'g'ri  o't  o'chirish  komandalari 

bilan  bog'langan  bo'ladi.  Avtomat  telefon  stansiyalarida  o't  o'chirish 

komandasini 01 telefon nomerini terib chaqiriladi. 

Sanoat  korxonalarida  yong'in  bo'lganda  odam  ishtirokisiz,  yong'in 

haqidagi  xabarni  dispetcher  xizmatiga  yoki  to'g'ridan-to'g'ri  o't  o'chirish 

komandasiga  yetkazish  juda  ma'quldir.  Bunda  yong'in  haqidagi  xabarda, 




 

 

363 



yong'in  bo'layotgan  joy  ko'rsatilganligidan  o't  o'chirish  komandasi  tez 

fursatda  yetib  boradi.  Hozirgi  vaqtda  ishlatiladigan  EPS  yong'in 

signalizatori ishonchli hisoblanadi. 

Bu  tizimlarning  ba'zi  birlari  avtomatik  o't  o'chirish  vositalar  bilan 

ta'minlangan,  shuning  uchun  bunda  yong'in  haqida  signal  berish  bilan 

birga  muhofazalanayotgan  binodagi  yong'inni  o't  o'chirish  komandasi 

kelguncha o'chirish ham mumkin. 

EPS  signal  tizimi  xabar  beruvchi  va  xabar  qabul  qilish  stansi-yasi 

(kommutator),  energiya  manbai,  ovoz  hamda  yorug'lik  signali-

zasiyalaridan tashkil topgan. 

Bu  tizim  ikki  xil  usulda  o'rnatilishi  mumkin.  Nursimon  usulda  har 

bir  xabar  beruvchi  tizim,  qabul  qilish  stansiyasi  bilan  ayrim  sim  orqali 

to'g'ridan-to'g'ri  ulangan.  Har  bir  nur  ikkita:  borish  va  qaytish  simlaridan 

tashkil  topgan.  Qabul  qilish  stansiyasi  o'zining  tuzilishi  jihatidan  telefon 

stansiyasiga  o'xshaydi.  Nursimon  tizim  puxta  iva  ishonchli  bo'lib,  bir 

vaqtni  o'zida  hamma  nurlardan  axborot  qabul  qila  oladi.  Yagona 

kamchiligi unga nihoyatda ko'p miqdorda sim sarflanadi. 

Yuqorida  keltirilgan  yong'inga  qarshi  elektr  signalining  ahamiyatli 

tomoni  shundaki,  uning  tarmoqlari  orqali  elektr  toki  muntazam  o'tib 

turadi.  Shuning  uchun  ham  uning  barcha  qismlarining  puxta  ishlayot-

ganligini  doimo  nazorat  qilib  turish  mumkin.  Bu  esa,  o'z  navbatida, 

yong'in haqidagi xabarni o'z vaqtida yetib borishini ta'minlaydi. 

Yong'in  haqidagi  ma'lumotni  xabar  beruvchi  qurilma  qabul  qilib 

oladi  va  unda  issiqlik  energiyasi  elektr  energiyasiga  aylantirilganligi 

sababli  qabul  qilish  stansiyasiga  simlar  orqali  ma'lumot  yuboriladi.  Ba'zi 

bir  tizimlarda  bu  ma'lumotlarni  uzatish  bilan  cheklanmasdan,  balki  o't 

o'chirish  vositalarini  ishga  tushirish  ham  av-tomatik  ravishda  amalga 

oshiriladi.  Xabar  beruvchi  qurilmalar  ishlash  prinsipiga  qarab  qo'l  bilan 

harakatlantiriladigan va avtomatik ravishda ishlaydigan turlarga bo'linadi. 

Qo'l  bilan  harakatlantiriladigan  xabar  beruvchi  qurilmalar  sanoat 

korxonalari  sexlarida  maxsus  o'rnatilgan  knopkalarni  bosish  bilan 

bajariladi. 

Avtomatik xabar berish qurilmalari (API) tashqi muhitning ba'zi bir 

parametrlarni,  masalan,  haroratning  ko'tarilishi,  tutun  paydo  bo'lishi  va 

alanga  ko'tarilishi  natijasida  hosil  bo'ladigan  o'zgarishlar  asosida 

ma'lumotlarni qabul qiladi. 

Avtomatik  xabar  berish  qurilmalari  qaysi  omilga  qarab  ma'lurnot 

berishidan  kelib  chiqqan  holda  qo'llaniladi.  Issiqlik  orqali  xabar  berish 

qurilmalari  yong'indan  paydo  bo'ladigan  issiqlikni  qabul  qiladi,  tutun 



 

 

364 



xabarchisi-tutunga bog'langan bo'ladi, alangani yorug'lik xabarchisi qabul 

qiladi, aralashma xabarchilar tutun va alanga yoki tutun va issiqlik asosida 

qurilgan bo'lishi mumkin. 

Avtomatik xabarchilar uning ishlash prinsipi nimaga asoslan-ganligi 

jihatidan  bimetall,  termoparalarga  yoki  yarim  o'tkazgichlarga  asoslangan 

bo'ladi.  Issiqlik  xabarchilari  ishlash  xossalariga  qarab,  maksimal, 

differensial va maksimal-differensial turlarga bo'linadi. 

Maksimal  tipdagi  ATIM  xabarchisi  xonadagi  belgilangan  harorat 

chegara miqdoridan ortib ketganda ishga tushadi. Bu xabarchilar 60 va 80 

°C haroratga moslangan bo'lishi mumkin, harorat shu nuqtaga chiqqandan 

keyin  2  minut  davomida  ishga  tushadi.  Muhofazalashi  mumkin  bo'lgan 

maydon  15  m2.  Differensial  tipdagi  TEDS  xabarchisi  harorat  keskin 

ortishi hisobiga ishlaydi. TEDS o'rnatilgan xona harorati 7 s ichida keskin 

ko'tarilib  ketsa,  u  ishga  tushadi.  Sunday  xabarchining  muhofaza  qilish 

maydoni 30 m

2



Maksimal  differensial  tipdagi  xabarchilar  tashqi  muhit  harorati 

ko'tarilishi  hisobiga  ishlaydi.  Bunday  xabarchilaming  ishga  tushish  vaqti 

50s,  muhofaza  maydoni  25  m

2

  atrofida.  Issiqlik  xabarchilari-ning  ishlash 



uslublari va tuzilishlari har xil bo'lishi mumkin. 

Issiqlik  ta'sirida  ishlaydigan  xabarchilarning  bitta  umumiy 

kamchiligi  bor.  Ular  alanga  yoki  issiqlik  ajralgandan  keyin  1—2  minut 

o'tgach  ishga  tushadi.  Yong'in  vaqtida  mana  shu  1—2  minut  nihoyatda 

qimmatga tushishi mumkin. 

Shuning  uchun  ham  sanoat  korxonalarida  kam  vaqt  ichida  ishga 

tushadigan  xabarchilar  o'rnatish  maqsadga  muvofiq.  Bunday  xabarchilar 

yong'in  chiqishi  bilan  yoki  birinchi  chaqnash,  tutun  va  uchqun  chiqqan 

zahoti  ishga  tushishi  kerak.  Bunday  asboblarni  fotoelementlar  ionizatsiya 

kameralari,  yarim  o'tkazgichlar  va  ter-moparalar  yordamida  amalga 

oshirish  mumkin.  Termoparaga  asoslangan  issiqlik  xabarchilari  issiqlikni 

elektr energiyasiga ayla-nishi asosida ishlaydi. Agar biz elektr zanjirni har 

xil  elektr  o'tkazuvchanlikka  ega  bo'lgan  turli  materialdan  tayyorlasak  va 

ularning  ulangan  yerlariga  har  xil  issiqlik  bilan  ta'sir  ko'rsatsak,  bu 

zanjirda ma'lum miqdorda elektr yurituvchi kuch (EYuK) hosil be'ladi. Bu 

elektr  yurituvchi  kuchning  miqdori  zanjirda  ishtirok  etayotgan  yarim 

o'tkazgichning  xossasiga  va  haroratlar  farqiga  bog'liq  bo'ladi.  Har  xil 

yarim  o'tkazgichlardan  tashkil  topgan  elektr  zanjiri  termopara  deb 

yuritiladi. Elektr yuritish kuchi miqdorini oshirish uchun EYuK ni tashkil 

qiluvchi termoparalar soni oshiriladi (batareya tuziladi). 

TOL-10/100 stansiyasi sanoat obyektlaridan yong'in signalini qabul 



 

 

365 



qilishga  mo'ljallangan.  Stansiya  har  biri  10  tadan  nurga  ega  bo'lgan 

to'qqizta  liniya  blokini  umuman  Stansiya  blokiga  birlashtir-gan  holda 

qabul  qilish  qurilmasiga  ega.  Stansiya  har  bir  nurga  cheklanmagan 

miqdorda xabarchilar ulash imkoniyatini berish bilan birga, xabar signalini 

qabul  qiladi,  yo'nalishlarning  normal  ish-layotganliginni  tekshiradi  va 

nosozliklarni  aniqlaydi,  xabar  signalini  yong'inni  o'chirish  bo'limiga 

uzatadi.  va  shuningdek,  o't  o'chirishning  avtomatik  tizimlarini  ishga 

tushiradi. 

RUOP-I  radioizotop  ustanovkasi  yonib  ketgan  joylarni  tutun 

bo'yicha  aniqlab,  yorug'lik  va  ovoz  signalarini  beradi,  yong'inga  qarshi 

avtomatik  tizimlarni  ishga  tushiradi.  Bulardan  tashqari  yana  bir  necha 

signal qabul qilish stansiyalaridan foydalaniladi. 

 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish