Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

Energetika  nazorati

.  Davlat  energetika  nazorati  energetika  va 

elektrlashtirish  sanoati  vazirligi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Ularning 

asosiy  vazifasi  elektr  va  issiqlik  kurilmalaridan  to'g'ri  foy-dalanishni 

kuzatish  va  ularning  xavfsiz  ishlatilishini  ta'minlash  borasidagi  chora- 

tadbirlarning amalga oshirilishini kuzatib borish-dan iborat. 

Nazorat  vazifalarini  amalga  oshirish,  yo'l  qo'yilgan  kamchilik-larni 

tuzatish hamda aybdorlarga jazo choralarini belgilash maqsadida yuqorida 

ko'rsatilgan nazorat tashkilotlari quyidagi hu-quqlarga egadirlar: 

1.Running  xdhlagah  vaqtida  sanoat  korxonasi  maydoniga  hech 

qanday qarshiliksiz kirish, xohlagan qismini ko'zdan ke-chirish. 

2.Ma'muriyat  va  sex  xodimlaridan  mehnatni  muhofaza  qilishga, 

ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitini yaxshilashga taalluqli bo'lgan 

hujjat,  ma'lumotnoma  va  boshqa  materiallarni  talab      qilib      olish,   

kamchiliklarga      yo'l      qo'yilgan      taqdirda  ularga  ma'muriyat 

xodimlarining e'tibor berishlarini talab qilish. 

3.Mehnatni  muhofaza  qilish  qoida  va  normalarini  bajarishda  yo'l 

qo'yilgan  kamchiliklarni  tugatish  uchun  ma'muriyat  va  ba'zi  bir  rahbar 

shaxslarga  ko'rsatmalar  berish  hamda  ularni  bartaraf  qilish  muddatlarini 

belgilash. 

4.Ish  olib  borilayotgan  maydonlarda  ishchilarning  hayoti  uchun 

xavfli  bo'lgan  omillar,  ayrim  mashina  va  mexanizmlardan  jarohatlanish 

yoki shu chegarada ishlash natijasida ishchi biror kasb kasalligiga chalinib 

qolishi  ehtimoli  bo'lsa,  ishni  to'xtatishi,  agar  zarurat  tug'ilsa,  ish  olib 

borayotgan korxonaning ishini to'xtatishi mumkin. 

 

5.Mehnat  qonuniyatlarini,  xavfsizlik  texnikasi  va  sanoat  sani-



tariyasi  mezon  va  qoidalarini  buzgan  va  jamoa  bitimida  ko'rsatilgan  ish 

sharoitini  sog'lomlashtirish  chora-tadbirlarini  o'z  vaqtida  ba-jarmagan 

ma'muriyat xodimlarini javobgarlikka tortish. 

Mehnatni  muhofaza  qilishning  jamoat  nazorati  mehnat  qonunlari, 

xavfsizlik  texnikasi  va  sanoat  sanitariyasi  norma  hamda  qoidalarining 

bajarilishini  kuzatib  boradi,  shuningdek,  sanoat  korxonasida  baxtsiz 

hodisalarning  kelib  chiqishini  va  kasb  kasallik-larining  kamayishini 

ta'minlovchi  chora-tadbirlarning  qanday  amalga  oshirilayotganligini 

nazorat  qiladi.  Jumladan,  ishlab  chiqarish  jihozlari  va  qurilmalarining 

sozlanganligini,  ishchilarning  maxsus  kiyim-bosh,  oyoq  kiyimi,  shaxsiy 

muhofaza  vositalari  bilan  ta'minlanganligini,  maxsus  ovqatlarning  o'z 



 

 

262 



vaqtida  berilishi  (agar  zarur  bo'lsa),  sut  va  sovun  bilan  ta'minlash,  ish 

kunining davom etish soatlari, dam olish kunlari va mehnat ta'tillarini o'z 

vaqtida  berilishi,  tanaffuslar,  ayollar  va  o'smirlar  mehnatidan  to'g'ri 

foydalanish va boshqalar. 

Mehnatni  muhofaza  qilish  komissiyalari  va  jamoat  inspektor-lari 

bajaradigan  ishlarning  tarkibi kasaba  uyushmasi  tomonidan  tas-diqlangan 

qarorlar bilan belgilanadi. 

Mehnatni  muhofaza  qilishning  jamoat  nazoratini  olib  borayotgan 

shaxslarga  va  tashkilotlarga  nisbatan  ma'muriyatning  asosiy  vazifasi 

nazorat  qiluvchi  shaxslarning  takliflarini  qo'llab-quvvatlash  va  ularning 

ishlarini amalga oshirishni tezlatish hamda yordam ko'rsatishdan iborat. 

Ma'muriyatning  kasaba  uyushmasi  tashkiloti  bilan  birgalikda  olib 

borayotgan unumli nazorat usullaridan biri uch bosqichli nazorat usulidir: 

birinchi bosqich ish joylarida, ikkinchi bosqich sexda va uchinchi bosqich 

butun  zavod  bo'yicha.  Bu  usul  kasaba  uyushmasi  aktivi  bilan  ma'muriyat 

o'rtasidagi  mehnatni  muhofaza  qilish  qoidalarini  ish  joyida  tatbiq  qilish, 

mehnat  madaniyatini  yaxshilash  va  ish  sharoitini  sog'lomlashtirish 

borasidagi tadbirlarni birgalikda olib borish imkoniyatini yaratdi. 

Master  nazoratning  birinchi  bosqichini  mehnatni  muhofaza  qilish 

jamoat inspektori va grafik bo'yicha navbatchi o'z-o'zini na-zorat qiluvchi 

ishchi  bilan  birgalikda  o'tkazadi.  Ular  ish  boshlan-gunga  qadar  ishchilar 

bilan  mehnatni  muhofaza  qilish  masalalarida  besh  minutli  suhbat 

o'tkazadilar, so'ngra ish joylari, ish qurollari, to'siq qurilmalarining borligi 

va  to'g'riligini  tekshiradilar.  Aniqlan-gan  kamchiliklar  tuzatiladi.  Ish 

davomida 

ular 


ishchilarning 

tex-nologik 

hujjatlarga, 

xavfsizlik 

texnikasining  qo'llanmalariga  qanday  rioya  qilayotganliklarini  kuzatib 

boradilar,  shuningdek,  ishchilarning  ish  joylariga,  yo'lka  va  o'tish 

joylariga,  havo  muhitining  tozaligiga,  ish  joylarining  yoritilishi 

masalalariga  e'tibor  beradilar,  hamma  kuzatilgan  kamchiliklar  hamda 

ishchilar tomonidan kiritil-gan taklif va mulohazalar ayrim jurnalga yozib 

qo'yiladi.  Master  aniqlangan  kamchiliklarni  yuqotish  chora-tadbirlarini 

ko'radi.  O'zi  bartaraf  qilishi  mumkin  bo'lmagan  ba'zi  bir  kamchiliklarni 

tugatish  chora-tadbirlarini  ko'rish  iltimosi  bilan  sex  boshlig'iga  murojaat 

qiladi.  Master  tartibbuzarlarning  familiyalarini  va  buzilgan  tartibning 

mohiyatini  maxsus  tutilgan  daftarga  yozib  qo'yadi  va  bu  haqda  tartib 

buzuvchini  ogohlantiradi,  har  qanday  tartibbuzarlik  holatlari  keyingi 

smena  boshlanishi  oldidan  o'tkaziladigan  yo'riqnomada  muhokama 

qilinishi shart. 

Nazoratning ikkinchi bosqichini har haftada javobgar rahbar xodinf 




 

 

263 



kasaba  uyushmasi  sex  qo'mitasi  raisi  yoki  sex  qo'mitasining  mehnatni 

muhofaza  qilish  komissiyasining  raisi  bilan  birga  sex  texnika  xizmati 

xodimlari  ishtirokida  amalga  oshiradi.  Ular  sex  tarmoqlarini  aylanib, 

sexda  mehnatni  muhofaza  qilish  ahvolini  ko'zdan  kechiradilar,  oldingi 

galda  belgilangan  va  birinchi  bosqich  nazorati  tomonidan  aniqlangan 

chora-tadbirlarning  qanday  bajarilganligini  kuzatadi,  aniqlangan  barcha 

kamchiliklar  va  bajarilmagan  chora-tadbirlar,  shuningdek,  ishchilarning 

takliflari  sex  jurnaliga  yozib  qo'yiladi.  Ko'rik  o'tkazib  bo'lingandan  keyin 

tartib  buzish  sabablari  muhokama  qilinadi,  aniqlik  kiritilgan  qo'shimcha 

chora-tadbirlar,  bajaruvchi  shaxslar va  bajarish  mud-dati  belgilanadi.  Sex 

komiteti  mehnatni  muhofaza  qilish  komissi-yasi  va  jamoat  inspektorlari 

orqali ko'zda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilib turadi.  

Nazoratning uchinchi bosqichini sanoat korxonasining bosh injeneri, 

zavod  kasaba  uyushmasi  qo'mitasi  raisi,  xavfsizlik  texni-kasi  xizmati 

boshlig'i  (xavfsizlik  texnikasi  injeneri),  bosh  mexanik,  korxona  bosh 

energetiki, tibbiyot bo'limi boshlig'i, sex tibbiyot xodimi amalga oshiradi. 

Ular  sexlarni  maxsus  grafik  bo'yicha  oyiga  bir  marta  aylanib  chiqadi, 

birinchi  va  ikkinchi  bosqich  bo'yicha  o'tkazilgan  nazorat  natijalarini 

tekshiradi,  sexda  hal  qilinmagan  xavfsizlik  texnikasining  jarohatlanishga 

olib  kelishi  mumkin  bo'lgan  holatlarini  aniqlaydi.  Aniqlangan 

kamchiliklarni  tuzatish  chora-tadbirlarni,  shuningdek,  sexda  mehnat 

madaniyatini yuksaltirish vositalarini belgilaydi. 

Tekshirish  natijasi  majlisda  muhokama  qilinadi,  ishlab  chiqarish 

bo'limlari rahbarlarining kamchiliklarni tugatish borasidagi ish-lari haqida 

hisobotlar  tinglanadi,  jamoat  inspektorlari  mehnatni  muhofaza  qilishning 

hal  qilinmagan  masalalarini  o'rtaga  tashlaydilar.  Majlis  xulosasi  asosida 

korxona rahbari tomonidan korxona bo'yicha buyruq chiqariladi. 

Katta sanoat korxonalarida uchinchi bosqich nazoratini bosh injener 

o'rniga  tekshirilayotgan  sex  bo'yicha  bosh  mutaxassislar  boshqarishlari 

mumkin.  Masalan,  bosh  metallurg  quyish,  metallarga  issiq  ishlov  berish 

sexlarini  tekshirish  komissiyasini  boshqarishi  mumkin,  bosh  texnolog 

metallarga 

sovuq 

ishlov 


berish, 

yig'ish 


sexlarining 

tekshirish 

komissiyalarini boshqarishi mumkin. 

Sanoat  korxonalarida  mehnat  qonunlari  buzilmasligining  tar-moq 

nazoratini vazir va birlashmalar bo'ysunish tartibi bilan amalga oshiradi. 

 


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish