Keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd


II.6. Changning zararli ta'siri



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/594
Sana18.01.2022
Hajmi4,05 Mb.
#384971
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   594
Bog'liq
ХФХ O.R.YULDASHEV

II.6. Changning zararli ta'siri 

 

Mashinasozlik  sanoatida  changning  hosil  bo'lishi,  quymalarni,  

tozalash  va  kesish,  charxlash,  mahsulotga  sayqal  berish  va  silliqlash, 

detallarni qum oqimi bilan tozalash ishlarini bajarganda hosil bo'ladi.  

Ishlab  chiqarish  changining  ishchilar  salomatligiga   zararli ta'siri 

ko'p  omillarga  bog'liq  bo'ladi.  Ularga  birinchi  navbatda  chang 

zarralarining  fizik-kimyoviy  xossalari,  kattaligi  va  shakli,  havodagi 

changning  miqdori,  smena  davomida  ta'sir  etish  muddati  hamda  kasbda 

ishlash  davri,  muhit  va  mehnat  faoliyati  kabi  boshqa  omillarning  bir 

vaqtda ta'sir etishi kiradi. Masalan, tashqi harorat ko'tarilganda yoki kishi 




 

 

40 



jismoniy  mehnat  bilan  shug'ullanganda  tez-tez  nafas  olish  natijasida 

organizmga  chang  kirish  darajasi  oshadi.  Bir  vaqtda  chang  tarkibida 

radioaktiv  aerozollarning    bo'lishi  va  havodagi  boshqa  gazlar  ta'siri 

changning organizmga, zararli ta'sirini kuchaytiradi. Organizmning chang 

ta'siriga  ko'rsatgan  zararlanishida  shaxsiy  farqlanish  bo'ladi,  bu  nafas 

yo'larming filtrlash xususiyati, biologik qarshilik va boshqalarga bog'liq. 

Chang  ajralishning  gigienik  ta'siridan  tashqari  yana  boshqa  salbiy 

tomonlari  bor:  u  texnologik  jihozlarning    yemirilishini  tezlashtiradi, 

qimmatbaho  materiallarni  ishdan  chiqarib  iqtisodiy  zarar  yetkazadi. 

Bundan  tashqari    ishlab  chiqarish  muhitining  umum  sanitariya  holatini 

yomonlashtiradi, jumladan, deraza va yorituvchi  asboblarni  ifloslantirishi 

oqibatida    yorug'likni  kamaytiradi.  Changning  ba'zi  turlari,  masalan, 

ko'mir, yog'och changlari yong'in va portlashning yuzaga kelishiga sharoit 

yaratadi. 

Changlarning kimyoviy tarkibi va eruvchanligi, changlarning katta-

kichikligi  (dispersligi),  zarrachalarning  shakli, ularning  qattiqligi  tuzilishi 

(kristall,  amorf),  elektr  zaryadlanish  xossalari  organizmga  ta'sir  qilishda 

ahamiyatga molikdir.  

Changlarning  organizmga  ta'sirining  ko'p  xil  ko'rinishda  bo'lishini 

ularning kimyoviy tarkibi belgilaydi. Changning asosiy ta'siri, eng avvalo, 

nafas olganda vujudga keladi. Changli havo bilan nafas olish asosan nafas 

organlarining  zararlanishi:  bronxit,  pnevmo-konioz  yoki  umumiy 

zararlanish  (zaharlanish,  allergiya)  rivojlanishini  vujudga  keltirishi 

mumkin.  Ba'zi  bir  changlar  qo'shimcha  kasalliklar  tug'dirish  xususiyatiga 

ega. Changning bu . asosiy bo'lmagan ta'siri yuqori nafas yo'llari, ko'zning 

shilliq  qavati,  teri  qoplami  kasalliklarida  ko'zga  tashlanadi.  Changning 

o'pka  yo'liga  kirishi  pneymoniya,  sil,  o’pka  rakining  kelib  chiqishiga 

sharoit yaratishi mumkin.



 

Kremniy (II) oksid (ayniqsa, uning kristall turi), silikatlar (kremniy 

kislotasining  tuzlari),  ko'mir,  ba'zi  blr  metallar  (alyuminiy  va  boshqalar) 

ning  changlari  hamda  bar  xil  changlar  aralashmasi  masalan,  mineral-

metallar 

changlarining 

aralashmasi, 

pnevmokonioz 

rivojlanishida  

kimyoviy  tarkibiga  ko'ra  xavfli  bo'ladi.  Bu  changlar  amalda  erimaydigan 

bo'lib, nafas olganda nafas tizimining chuqur bo'limlarida tutilib qoladi va 

kasallikni 

yuzaga 

keltiradi, 

o'pkada 

biriktiruvchi 

to'qimalarini 

rivojlanishiga olib keladi. Shu nuqtayi nazardan erkiiy kristall kremniy (II) 

oksidi,  ya'ni  kvars  changi  va  uning  boshqa  turlari  eng  xavfli  chang 

hisoblanadi.  Qo'shimcha  kasallik  tug'diruvchi    changlarning  xavfliligi 

ularning  eruvchanligi  bilan    to'g'ri  proporsional  bo'la  olmaydi.  Masalan, 



 

 

41 



kvarsga  qaraganda  amorf  kremniyning  eruvchanligi  yuqori,  lekin 

kvarsning qo'shimcha kasallik tug'diruvchi xavfi katta.   

Eriydigan changlar nafas yo'llarida tutilib so’riladi va qonga o'tadi, 

organizmga  ko'rsatadigan  keyingi  ta'sirimlarning  kimyoviy  tarkibiga 

bog'liq.  Masalan,  qand  changi  zararsiz,  qo'rg'oshin,  mis  va  boshqa 

metallarning changi zaharlovchi ta'sir ko'rsatadi.   

Changlarning  katta-kichikligi,  ularning  havodagi  turg'unligi,  nafas 

yo’lariga    kirish  va  qancha  chuquriikka    kirib  borish  imkoniyatini 

belgilaydi.  10—20  mkm  kattalikdagi  zarrachalar  Nyuton  qonuniga 

bo'ysingan  holda  yerga  tortilish  kuchi  ta'sirida  ma'lum  tezlik  bilan  yerga 

qo'nadi.  Nafas  olinganda  ular  nafas  yo'llarining  yuqori    qismlarida  

ushlanib    qoladi.  Mikroskopik  tavsifdagi  zarrachalar  (0,25—10  mkm) 

havoda  ancha  turg'un  bo'lib,  bir  xilda  lezlik  bilan  yerga  tushadi.  Nafas 

olganda alveollarga ularning asosan 5 mkm gacha kattalikdagi zarrachalari 

kiradi.  Ultra  mikroskopik  zarrachalar  kattaligi  0,25—0,1  mkm  va  undan 

kichik  bo'Igan  zarrachalar  Broun  harakati    qoidalariga  bo'ysingan  holda 

havoda uzoq vaqt aylanib yuradi.  Ularning bir-biriari bilan to'qnashishlari 

natijasida  yiriklashib  (koagulatsiya),  yerga  qo'nishi  mumkin.  Nafas 

olingan  havodagi  ultra  mikroskopik    zarrachalarning  60—70%  i  o'pkada 

ushlanib  qoladi.  Bu  zarrachalarning  fizik-  kimyoviy  aktivligini 

belgilaydigan  solishtirma  yuzasining  katta  bo'lishiga  qaramay,  changli 

shikastlanishlarning  rivojlanishida  hal  qiluvchi  rol    o'ynamaydi,  chunki 

ularning  massasi  katta  bo'lmaydi.  Moddalar  juda  yuqori  darajada 

maydalanganda  ularning  eruvchanligining  ortishi  va  o'pkada  ushlanish 

vaqtining  kamayishi  natijasida  o'pka  to'qimasiga  changga  o'xshash  ta'sir 

etishi zaiflashadi, lekin zaharli ta'siri kuchayadi. 



 

Chang  zarralarining  shakli  har  xil  bo'lishi  mumkin:  sferik,  yassi, 

noto'g'ri.  Aerozollar  hosil  bo'lishida  chang  zarralari  miqdorining  ko'p 

qismi  dumaloq  shaklga    ega  bo'ladi.  Dezintegratsiya  aerozollarida  esa 

noto'g'ri,  ko'p  burchakli,  yassi  shaklda  bo'ladi.  Zarrachalarning  shakli 

aerozolning  turg'unligiga  va  oiganizmdagi  holatiga  ta'sir  etadi.  Chetlari 

o'tkir  tishli  chang  izarrachalari  o'pka  to'qimalarini  jarohatlaydi  degan 

tushinchaf  noto'g'ri  ekanligi  isbotlandi,  chunki  ular  yopishqoqr  limfa 

muhitida bo'ladi, bu ularning yuqorida aytib o'tilgan xislatlardan  mahrum 

qiladi.  Biroq  shisha  tola,  slyuda  kabi  chang  turlari  nafas  yo'llariga 

kiiganda  yuqori  nafas  yo'llari  hujayralarini  mikro  zararlash  xavfi  aniq 

bo'ladi. Ular ko'zning shilliq qavatini va teriga ta'sir ko'rsatishlari mumkin.  

Chang  zarralarining  qattiqligi  ularning  zararli  ta'sirida  aytarli  rol 

o'ynamaydi.  Masalan,  korund  va  karboruundga  o'xshash  juda  qattiq 




 

 

42 



moddalarning  changi  ulardan  anchasyumshoq  bo'lgan  kvars  changiga 

nisbatan kam zararlidir. 

Chang 

zarrachalarining 



elektr 

bilan 


zaryadlangan 

bo'lishi 

aerzollarning    tuig'unligiga  va  uning  biologik  aktivligiga    ta'sir  qiladi. 

Qattiq  materiallarning  changishi  vaqtida    chang  zarrachalarining    90—

98%  i  musbat  yoki  manfiy  zaryadlanadi.  Ancha  yirik  zarrachalar  ko'p 

zaryadli bo'ladi. 

 

Chang  zarralarining  adsorbsion  xususiyatlari  ba'zida  ta'sirlash 



xususiyatiga  ega  bo'lgan    zaharli  gazsimon  moddalarning  chang  bilan 

kirishiga  sabab  bo'ladi.  Havo  muhitining  changli  bo'lishi,  uni  mikrob  va 

bakteriyalar bilan ko'p urug'lanishiga sabab bo'ladi. 

Changning    zararli  ta'siri  pnevmokoniozlar  deb  ataluvchi  kasb 

kasalligiga  olib  keladi.  Ular  silikoz,  silikatoz  va  boshqa  shakllarga 

ajralgan.  Silikoz—erkin  kremniy  (II)  oksidi  changining  ta'siridan 

rivojlanadigan  pnevmokoniozning  ko'p  uchraydigan  va  xarakterli 

shaklidir.  Silikatoz—kremniy  kislota  tuzlarining  changi  nafas  olish 

yo'llariga  kinganda  vujudga  keladi,  antrakozko'mir  changi  bilan  nafas 

olganda  vujudga  keladigan  pnevmokoniozdir.  Shuningdek,  nafas  olish 

organlariga  ba'zi  bir  metallarning,  masalan,  alyuminiy,  temir,  aralash 

tarkibli ichanglar kiiganda ham pnevmokonioz rivojlanishi mumkin.  

Changli havo bilan nafas olganda ancha yirik chang zarralari yuqori 

nafas  yo'llarida  ushlanib  qoladi,  asosan  5  mkm  va  undan  kichik  bo'lgan 

chang zarralari nafas yo'llarining chuqur bo'limlariga tushadi. Organizmda 

ushlanib qolgan changlar miqdori chuqur nafas olganda, masalan, og'ir ish 

qilganda, shuningdek, havodagi chang miqdori ortib ketganda ko'payadi.

 

Silikoz  juda  changli  sharoitda  odatda  ko'p  yil,  ko'pincha  og'ir 

jismoniy  ish  bajarganda  rivojlanadi.  Bu  kasallik  tog’  ishchilarining  kasb 

kasalligi bo'lib, qadimdan ma'lum. 

 

Silikoz  kasalligi  halloslash,  yo'tal,  ko'krakda  og'riq  bo'lishidan 



boshlanadi.    Avvalgi  bosqichlarda  bu    belgilar  kam    seziladi,  halloslash 

faqat  jismoniy  ish  bajarganda  paydo  bo'ladi.  Kasallik  kuchaygan  davrda 

nafas yetishmasligi va halloslash oddiy ishlarni bajarganda va hatto tinch 

holatda ham ro'y beradi.  

Ishlab  chiqarishdagi  chang  faqat  pnevmokoniozning  yuzaga 

kelishiga  sabab  bo'lmay,  balki  nafas  yo'llari,  ten  va  shilliq  qavatning 

boshqa  kasalliklarini  iham  keltirib  chiqaradu  Bularga  ten  hujayralarining 

ko'chishi, har xil toshmalar, ekzema, dermatitlar kiradi.  

 



 

 

43 




Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   594




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish