34
U ikkita B termometridan tashkil topgan. Termometrlardan birining
simobli boshchasi mato bilan qoplangan bo'lib, uni pipetka yordamida
namlab turiladi. Quruq termometr havo haroratini ko'rsatadi. Nam
termometr ko'rsatkichlari havo namligiga bog'liq, namlik nechog'lik kam
bo'lsa, uning harorati shuncha kam bo'ladi, chunki havoda namlik
kamaygan sayin nam matodan suvning bug'lanishi ko'payadi va simob
idishchasining yuzasi ko'proq soviydi. Nam termometr ko'rsatgichlariga
havo harakatchanligining ta'sirini bartaraf qilish uchun asbobning
boshchasiga soat mexanizmli ventilator o'rnatilgan. U termometrlarning
idishchalari turadigan A naychalarida havoning doimiy tezligini vujudga
keltiradi. Bu naychalar termometrlarni mexanik shikastlkrdan saqlab va
asbob ko'rsatgichlarini o'zgaritirishi mumkin bo'lgan w nurianishlarni
qaytarib, himoya rolini ham o'ynaydi. O'lchashdan oldin pipetka D ga suv
to'ldiriladi va nam termometrning matoli qobig'i ho'llanadi. Bunda asbobni
vertikal (to'ntarmaslik kerak) tutib turiladi va o'lchash nuqtasiga
o'rnatiladi.
3—5 minut o'tgach, termometrlarning ko'rsatkichlari ma'lum
darajani ko'rsatadil. Bu ma'lumotlar yoziladi, so'ngra maxsus jadvallar
bo'yicha yoki namlik nomogrammasi yordamida namlik hisob qilinadi.
Nisbiy namlik miqdori jadval bo'yicha, quruq va nam termometrlar
miqdorlarining ayirmasi gorizontal bo'ylab joylashtirilgan va nam
termometr ko'rsatgichi vertikal bo'ylab joylashtirilgan bo'lib, ularning
miqdorlari kesishgan katakda oldindan hisoblab qo'yilgan qiymat
keltirilgan bo'ladi.
Nomogramma bo'yicha esa nam va quruq termometrlarning
o'rsatgichlari kesishgan nuqtadan aniqlanadi.
Ish joylari, shamollatish teshiklari, deraza oldidagi havo
harakatining tezliklarini o'lchash uchun parrakli yoki kosacbali
anemometrlardan foydalaniladi (2-rasm).
35
2-rasm. Kosachali anemometr.
havo tezligining 1 dan 10 m/s gacha o’llchash imkonini
beradi.Asbobning ishlash prinsipi quyidagicha asbob o’qi unga mahkam
o'rnatilgan parraklari bilan harakatlanayotgan havo ta'sirida aylana
boshlaydi, havo harakati tezligi qancha katta bo'lsa, u shunchalik tez
aylanadi. O'q tishsimon g'ildiraklar sistemasi orqali strelkalarga ulangan.
Markaziy strelka birlik va o'nliklarni, mayda millarning strelkalari
bo'linmalarning yuzdan va mingdan bir ulushlarini ko'rsatadi. Yon
tomonida joylashgan richag yordamida o’qni tishsimon g'ildiraklari
sistemasidan uzish yoki ulash mumkin.
O'lchash oldidan millar ko'rsatkichlarini o’qdan uzib qo'yilgan
holda yoziladi. Asbobni o'lchash nuqtasiga o'rnatiladi va o'q unga
mahkamlangan parraklar bilan birga aylana boshlaydi. Sekundomer
bo'yicha vaqt belgilab olinadi va asbob ulanadi. Bir minut vaqt o'tgandan
keyin o’qni uzib qo'yiladi va ko'rsatgichlar yana yoziladi. Ikkinchi yozib
olingan ko'rsatgichlardan birinchisini ayirib, ayirmani. 60 ga (bir
minutdagi sekundlar soni) bo'lib, strelkaning biri sekund ichida o'tgan
bo'linmalari soni topiladi. Keyin asbobga qo'shib beriladigan grafik
bo'yicha havo harakatining bir sekunddagi metrlar tezligi aniqlanadi.
36
3-rasm. Termoanemometrning umumiy ko'rinishi.
Havo harakatining aks|ri korxonada talab etiladigaii kichik
tezliklarini (sekundiga bir metrdan kam) o'lchash 'uchun
termoanemometrlardan (3-rasm) foydalaniladi. U shuningdek, havo
haroratini o'lchash imkonini ham beradi. Termoanemo-metr—yarim
o'tkazgichlardan yasalgan batareyali asbobdir. O'lchash asosi asbob
datchigi qarshiligining o'zgarishiga asoslangan bo'lib, bu o'zgarish harorat
va havo harakatining tezligi o'zgarganda sodir bo'ladi. Asbobga uning
tuzilishi va o'lchash texnikasi bayon etilgan tavsiyanoma ilova qilinadi.
Havoning kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari va tarkibida har xil
moddalarning bo'lishi, havodan, nafas olib mehnat qilayotgan kishilar
uchun juda, muhim. Chunki havoning tozaligi'inson salomatligini
saqlovchi muhim omil hisoblanadi.
Yer atmosferasi quruq havo bilan ma'lum miqdordagi suv
bug'larining aralashmasidan tashkil topgan. Quruq atmosfera havosining
tarkibida 78 foizi azot, 20,9 foizi kislorod, 0,93 foizi argon, 0,03 foizi
karbonat angidridi va uncha ko'p bo'lmagan miqdorda geliy, neon, kripton
ya boshqa gazlar bor.
Ma'lumki, inson uchun eng muhimi havo tarkibida
kislorodning bo’lishidir. havoning holatini bosimi, zichligi, harorati,
absolyut namligi, namlik sig'imi, nisbiy namligi, issiqlik sig'imi va
boshqdlar bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: