C02 konsentratsiyasini tezkor usul - shprits usulida aniqlanishi mumkin: 10,0 yoki 20,0ml lishpritsga 1 yoki 2,0ml (aniq bo‘lishi kerak) rang berilgan kuchsiz ishqoriy eritma olinadi, keyinsh pritsning to‘liq hajmigacha tekshiriluvchi havo olinadi.Shpritsni 10-15 marta kuchli chayqatiladi,chunki shpritsga olingan ishqoriyeritma havo tarkibidagi C02 o‘ziga yutib olishi kerak. Agar shpritsdagi eritma rangsizlanmasa, shpritsdagi havoni asta chiqarib, o‘rniga yangi havo namunasi olinadi va yana chayqatiladi, shu tariqa shpritsdagi eritma to’liq rangsizlanib ketguncha davom ettirilaveradi. Shpritsga olingan havo namunalarining soni sanab borilishi shart (A). Huddi shunday tajribani tashqaridagi toza atmosfera havosi bilan ham bajariladi, u yerda olingan havo namunasining soni (B) bilan ifodalanadi.So‘ngra xona havosi tarkibidagi karbonat angidrid gazining konsentratsiyasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
X=A/Bx0.03%
bu yerda:0,03 - atmosfera havosidagi C02 ning konsentratsiyasi.
Undan tashqari C02 konsentratsiyasini “Termo-gidro-C02-metr”asbobi yordamida aniqlash mumkin.
Havoning bakteriologik ifloslanganligini aniqlash usullari
Havodagi mikroblar sonini aniqlash uchun bir nechta usullardanfoydalanish mumkin: sedimentatsiya ya’ni cho‘ktirish, filtrlash, havooqimining urilishiga asoslangan usul (Krotov usuli).Sedimentatsiya usulidan foydalanganda oziqli muhitga ega bo‘lganPetri kosachasi tekshirilish joyida 3 daqiqaga ochiq holda qoldiriladi,so‘ngra kosacha yopiladi, ag‘dariladi va 24 soatga termostatga qo‘yiladi.Keyin kosachada unib chiqqan koloniyalar soni sanaladi. Bu usul yordamida lm 3 havo tarkibidagi mikroblarning sonini aniqlashga imkon bermaydi, shuning uchun bu usul yoki bu xona havosidagi mikroblarning dinamikada o‘zgarishini taqqoslab baholash uchun qollanishi mumkin,masalan bir kun davomidagi o‘zgarishi; bu usulni qo‘llash uchun havo namunasini olish bir xil sharoitda bajarilishi kerak (bir xil oziqli muhit,bir xil joyda va namuna olish vaqti bir xil bo‘lishi kerak).Filtrlash usuli havo tarkibida bo‘lishi mumkin bo‘lgan mikroblarni suyuq oziqli muhitga olishni ko‘zda tutadi, bundan so‘ng suyuq oziqlimuhitni qattiq oziqli muhitga qayta ekish talab etiladi. Bu o‘z o‘rnida tajriba o‘tkazish muddatini cho‘zilib ketishiga sabab bo‘lib va olingan natijalarning aniq bolmasligi bilan bogliqdir.
Havoning mikrobli ifloslanishini aniqlashdagi eng yaxshi usul tekshiriluvchi havo oqimini ovqat muhit yuzasiga urilishiga asoslangan usuldir va bu maqsadda Krotov apparatidan foydalanish mumkin Usulning mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchi havo muhiti Krotov apparati yordamida uning qopqog‘idagi ponasimon teshik orqali so‘riladi va aylanib turuvchi o‘matilgan stolchadagi sterillangan ochiqoziqli muhit yuzasiga uriladi.Havoni tortish belgilangan tezlikda amalga oshiriladi, bu esa teklimiuvchi havoning hajmini aniqlashga imkon beradi. Keyin, mikroblar bir xilda ekilgan Petri kosachasini termostatga qo‘yiladi; 24 soat( so‘ng kosachada unib chiqqan mikrob koloniyalari sanaladi havo hajmini hisobga olib, lm3 havoga qayta sanaladi.Mikroorganizmlaming turini aniqlash lozim bo‘lganda yuqoridagi usullardan biri tanlanishi mumkin. Masalan, havo tarkibidagi stafilokokklarni aniqlash uchun tuxum sarig‘ini agar, streptokokklami aniqlash uchun esa, gensian ko‘k bo‘yoqli qand-qonli agardan foydalanish mumkin (Garro muhiti).
Kasalxona xonalari havosining tozaligi katta sanitariya-gigiyenikahamiyatga ega: birinchi navbatda bemorlaming umumiy holatiga ta’sirqilsa, ikkinchidan kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish uchunmuhimdir. Shu bilan birga havo muhitining tozaligi tibbiy xodimlarningeng muvofiq mehnat sharoitlarini yaratish uchun ahamiyati katta. Shunga bogiiq holda kasalxona xonalari havosining bakteriologik va kimyoviy tozaligini muntazam nazorat qilib turish zarurdir. Bu omillarning uslubiy asosini bilish har qanday shifokor uchun shart hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |