236
45-MAVZU. XIZMAT YOZISHMALARI. XATLAR.
Xizmat yozishmalarining vazifasi. Xizmat xatlarining turlari. So’rov xati. Iltimos
xati. Javob xati. Ilova xat. Da’vo xati. Talab xati. Axborot xati. Kafolat xati.
Xizmat yozishmalari - mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda muassasa
faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks
ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan
guruhlari bilan uzviy aloqadordir. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari
hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin alohida guruh sifatida
tasniflangan va bu mantiqan o‘rinli. Har qanday yozishmada, umuman ko‘p hujjatda
adres yozishga to‘g‘ri keladi. Adres aksariyat hujjatlarning tarkibiy qismi -
rekvizitidir.
Taklifnoma – biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llaniladigan
yozma axborot. Taklifnomaning zaruriy qismlari:
1.Nomi (taklifnoma).
2.Matn:
a)taklifnoma turiga qarab: taklif qilinayotgan shaxsning familiyasi yoki ismi va
otasining ismi;
b)taklif
qiluvchi muassassaning nomi;
v)qanday tadbirga taklif qilinayotganligi.
3. Tadbirni o‘tkazilish sanasi va vaqti.
4. O‘tkazilish joyi.
5. Imzo (tadbirni tashkil etgan tashkilotning nomi).
Xatlar-muassasalar orasidagi xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy
hujjatdir. Xat orqali bajariladigan masalalar ko‘lami keng bo‘lib, bunday
yozishmalar tushuntirishlar, xabarlar, taklifnomalar, iltimoslar, kafolatlar beriladi
yoki qabul qilinadi. Mazmun jihatdan tullicha bo‘lgan bunday hujjatlar
umumlashtirilgan holda xizmat xatlari xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi.
Xatlarni bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlar, so‘rov xatlar, iltimos xatlar).
2) javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat,
axborot xat, kafolat xat va boshqalar).
Xizmat xatlari odatda xatlar uchun tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga
yoziladi. Maxsus bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda xizmat xatlari xos ish
qog‘oziga yoki oddiy qog‘ozga yoziladi. Xizmat xatlari quyidagi zaruriy qismlarni
o‘z ichiga oladi:
1.O‘zR gerbi.
237
2.Muassasaning ramziy belgisi.
3.Mukofotlar.
4.Vazirlik, boshqarma nomi.
5.Tashkilot nomi.
6.Bo‘linma nomi.
7.Tasniflagich bo‘yicha hujjatning xos raqami.
8.Muassasaning xos raqami.
9.Pochta, telegraf adresi,bankdagi hisob- kitob raqami.
10.Sana.
11.Shartli raqam (indeks).
12.Kelgan hujjat shartli raqami.
13.Hujjatning kelish sanasi.
14.Hujjat jo‘natiladigan adres.
15.Munosabat belgisi(rezalyutsiya).
16.Nazorat haqida belgi.
17.Matn sarlavhasi.
18.Matn.
19.Ilovalar haqida belgi.
20.Imzo.
21.Rozilik belgisi (viza).
22.Kelishuv haqida belgi.
23.Bajaruvchi haqida belgi va uning telefon raqami.
24.Bajarilganlik haqida belgi.
Do'stlaringiz bilan baham: