Debet 9430 «Boshqa operatsion harajatlar»
|
- 50000
|
Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi»
|
- 50000
|
Asosiy vositalarni sotishdan ko‘rilgan zararlar, agar bu asosiy vositalar 3 yildan kam ishlatilgan bo‘lsa, Soliq Kodeksiga muvofiq (22–modda) foyda solig‘i bo‘yicha soliq bazasiga qayta qo‘shiladi.
Agar asosiy vositalar qoldiq qiymat bo‘yicha sotilsa, u holda ham korxona QQS to‘lovchi hisoblanmaydi, sotishdan na foyda olingan, na zarar ko‘rilgan bo‘ladi.
Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishning hisobi. Asosiy vositalar to‘liq amortizatsiya qilinganligi yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar ekspluatatsiya qilish holatini yo‘qotgan bo‘lsa korxona tomonidan likvidatsiya qilinishi mumkin. Buning uchun korxona rahbari buyrug‘i bilan likvidatsiya komissiyasi tuziladi. Likvidatsiya komissiyasi tarkibiga korxona xodimlaridan tashqari qiziquvchi organlar (hokimiyat va boshqalar) vakillari ham kiritilishi mumkin. Komissiya likvidatsiya natijalarini maxsus likvidatsiya dalolatnomasi (OS-4 shakl) bilan rasmiylashtiradi. Ushbu dalolatnoma likvidatsiya natijalarini buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirishga asos bo‘ladi.
Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishdan korxona zarar yoki foyda ko‘rishi mumkin.
Asosiy vositalarni likvidatsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar ikki turga bo‘linadi:
1.Asosiy vositalarni amortizatsiyalanmay qolgan qismini qoplashdan ko‘rilgan zararlar.
2.Likvidatsiya qilishga ketgan qo‘shimcha harajatlardan ko‘rilgan zararlar. Birinchi tur zararlar amortizatsiyasi to‘liq hisoblanmagan asosiy vositalarni
likvidatsiya qilish natijasida vujudga keladi. Ko‘rilgan zarar amortizatsiyalanmay qolgan (Aq) summadan iborat bo‘lib, u asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatidan (Bq) jamlangan amortizatsiyani (Aj) chegirish yo‘li bilan topiladi, ya’ni:
Aq = Bq – Aj (1)
Ikkinchi tur zararlarga likvidatsiyani amalga oshirishda sarflangan moddiy harajatlar, mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy sug‘artaga ajratmalar, turli transport va boshqa xizmatlar uchun ketgan harajatlar kiradi. Bu turdagi harajatlar likvidatsiya harajatlari (Lx) hisoblanib, ular BXMS № 5 ga muvofiq likvidatsiya qilingan asosiy vositaning likvidatsion qiymatini (Lq) topishda hisobga olinadi. Likvidatsion qiymat (Lq) likvidatsiyalan olingan aktivlar (La) qiymatidan likvidatsiya harajatlarini (Lx) chegirib tashlangandan keyin qolgan qiymatidir, ya’ni:
-
Likvidatsiya natijasida ko‘rilgan umumiy zararlar yoki harajatlar (Xl) birinchi tur zararlardan (Aq) tugatilgan asosiy vositalarning likvidatsion qiymatini (Lq) chegirish yo‘li bilan topiladi, ya’ni:
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
72
Xl = Aq – Lq (3)
Asosiy vositalarni likvidatsiya qilish natijasida ko‘rilgan zarar yoki harajatlar korxonaning asosiy faoliyatiga bevosita aloqador hisoblanmaydi. Shuning uchun likvidatsiya bilan bog‘liq harajatlarni va likvidatsiya natijasida ko‘rilgan zararlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish yoki sotish harajatlariga qo‘shib bo‘lmaydi. Shuning uchun likvidatsiya natijalarini aniqlash va hisobga olish uchun schetlar rejasidagi maxsus 9210 «Asosiy vositalarning chiqimlari» scheti ko‘zda tutilgan. Ushbu schetning debetida likvidatsiya qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati (Bq), likvidatsiya qilish uchun qilingan harajatlar (Lx) jamlanadi. Bu schetning kreditida jamlangan amortizatsiya (Aj), likvidatsiya natijasida olingan moddiy aktivlarning qiymati (Lq) va likvidatsiya natijasida ko‘rilgan umumiy zararni (harajatlarni) hisobdan chiqarish aks ettiriladi. Mahsulot (ish,xizmat)ni ishlab chikarish va sotish buyicha harajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida Nizomga muvofiq likvidatsiyadan ko‘rilgan zarar korxonaning asosiy faoliyatiga doir bo‘lmagan boshqa turdagi davr harajatlariga, bir vaqtning o‘zida foyda solig‘i bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlarga kiritiladi. Hisob siyosatida likvidatsiyaga doir harajatlarni va likvidatsiya natijasida ko‘rilgan zararlarni harakatdagi qonunlar, BHMS lar va Nizomga mos ravishda yagona tartibda ochib berishga erishish uchun ularni qo‘yidagi shartli misolda ko‘rib chiqaylik.
Aytaylik, korxona avariya holatiga kelib qolgan binoni likvidatsiya qildi. Binoning boshlang‘ich qiymati (Bq) – 650000 so‘m. Likvidatsion qiymat ko‘zda tutilmagan. Likvidatsiya sanasiga jamlangan amortizatsiya (Aj) – 550000 so‘m. Likvidatsiya harajatlari (Lx):qulatish krani xizmati -30000 so‘m, yoqilg‘i sarfi- 3000 so‘m ,
hisoblangan ish haqi harajatlari-20000 so‘m, ijtimoiy sug‘artaga ajratmalar - 7740 so‘m. Likvidatsiya natijasida qabul qilingan va baholangan qurilish materiallari – 95000 so‘m.
Likvidatsiya natijalari korxonaning hisob siyosatida qo‘yidagi tarzda yoritilishi kerak.
1. Asosiy vositani boshlang‘ich qiymatini (Bq) hisobdan chiqarish
-
Debet 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi»
|
- 650000 so‘m
|
Kredit 0120 «Binolar, inshoatlar va uzatish qurilmalari» – 650000 so‘m
|
2. Likvidatsiyaga qilishga ketgan harajatlar (Lx)
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |