9390 “Boshqa operatsion daromadlar”- ushbu passiv va vaqtinchalik schyotning kreditida yuqorida keltirilgan schyotlarga olib borilmagan boshqa operatsion daromadlar, masalan inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, turli qoplama summalar va boshqalar, aks ettiriladi. Bunda mos ravishda TMZ va pul mablag‘larini aks ettiruvchi schyotlar ( 0100,1000,2800,2900,5000 va boshqalar) debetlanadi. Yil yakunida 9390-schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Korxonalarning asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarining analitik hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha olib boriladi.
10.4.Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning hisobi
21-son BHMSga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”
9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”
9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”
9540 “Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar”
9550 “Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar”
9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar”
9590 “ Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar”
Ushbu passiv va vaqtinchalik schyotlarning kreditida nomlari yuqorida zikr etilgan daromadlarning turlari hisoblash tamoyiliga muvofiq aks ettiriladi.
Royalti ko‘rinishidagi daromadlar deganda korxonalarning nomoddiy aktivlarini, masalan kompyuterlar uchun dasturlar ta’minotini, litsensiyalar va boshqalarni ijaraga
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com
183
berishdan va hamkorlikda foydalanishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu daromadlarni hisoblanishi 4850 “Olinadigan royalti” schyotining debetida va 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9510-schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Dividendlar – bu aksiyalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar uchun hisoblangan daromad. Ushbu daromadni hisoblashga asos bo‘lib aksionerlik jamiyatining dividendning hisoblanganligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi hisoblanadi. Ushbu xabarnomada jami hisoblangan dividend summasi, undan ushlangan dividend solig‘i summasi va to‘lanadigan dividend summasi aks ettiriladi. Agar xabarnomada dividend solig‘ini ushlanmaganligi uqtirilgan bo‘lsa, u holda ushbu soliqni dividend olgan korxona to‘lashi lozim. Hisoblangan didivend ko‘rinishidagi daromadlar 4840 “ Olinadigan dividendlar” schyotining debetida va 9520 “Dividend ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9520- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |