madaniyat, tarix, etnografiya, millatlararo unosabatlar kabi sohalarda tadqiqot va loyihalarga
katta hissa qo’shayotganligi dalolat beradi.
7
Fanning iqtisodiyot va jamiyat uchun ahamiyatini faqat aniq va muayyan yutuqlargina belgilab
bermaydi. Ilmiy bilimlar chegara bilmaydi va zamonaviy dunyoda kuchli milliy fanlarga ega
bo’lmagan holda ham ko’plab fan mevalaridan foydalanish mumkin. Biroq shunday bilimlar
turlari borki, ularni na xorijiy adabiyotlardan va na xorijiy ekspertlardan olib bo’ladi. Bu bilimlar
fanning mamlakat rivojlanishidagi tizimni shakllantiruvchi funksiyalari bilan bog’liq.
Fan ta’lim tizimi, san’at va ommaviy axborot vositalari orqali dunyo, jamiyat va tabiatga
zamonaviy dunyoqarashga ega oqilona fikrlovchi shaxsni shakllantiradi.
Fan va ta’lim ilmiy va texnologik bilimlar «egasi» bo’lgan kadrlarni yaratib, ularsiz iqtisodiyot
ham, fan-texnika majmui ham rivojlanaolmaydi. «Kadrlar» pozitsiyasini yo’qotish jamiyatning
intellektual tanazzulga yuz tutishiga olib keladi.
Kuzatuv va tadqiqotlar bilan butun mamlakat hududini qamrab oluvchi fan xo’jalik va jamiyat
hayoti munosib o’rin oluvchi real tabiiy va texnogen muhit haqida ishonchli bilimlar beradi.
Iqtisodiyotning nodavlat sektori ilmiy-texnik loyihalar yaratishdan hali unchalik manfaatdor
emas. Bundan tashqari, u fundamental tadqiqotlarning biron-bir jiddiy qismini moliyalashtirishni
o’z zimmasiga olmaydi. Davlat mablag’larini ajratishning qaytuvchan modelini joriy qilish;
innovatsion faoliyat marketingini davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash; fan yutuqlarini sanoatga
joriy qilish hamda fundamental tadqiqotlar o’tkazishda sanoat va bank kapitali ishtirokini
rag’batlantiruvchi choralar ishlab chiqish; ilmiy shaharchalar, qo’riqxonalar, madaniy-tarixiy
yodgorliklarni qo’llab-quvvatlash — mana shular fundamental tadqiqotlarni iqtisodiy ta’minlash
bazasini kengaytirishda davlat tomonidan qo’llanuvchi vositalarning to’liq bo’lmagan
ro’yxatidir.
Shu bilan birga fundamental fan salohiyati davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanmasdan
muvaffaqiyatli rivojldana olmaydi. Bunday qo’llab- quvvatlash kelajakdagi yutuqlar uchun
zamin hozirlash, o’ziga xos ilmiy maktablarni saqlab qolish, ilmiy natijalardan foydalanish
bo’yicha barqaror ijtimoiy motivatsiyalar yaratish, ilmiy mehnat nufuzini oshirish uchun zarur.
Cheklangan resurslar sharoitlarida mamlakat fanining ilg’or pozitsiyalarini saqlab qolish yo’lida
yetakchi tashkilotlar, istiqbolli bo’linmalar va ayrim tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlashga
resurslarni qayta taqsimlash va markazlashtirish zarur. Kelajakda fundamental tadqiqotlarni
davlat tomonidan ta’minlash yagona ilmiy-texnologik va innovatsion siyosat doirasida
o’tkazilishi lozim.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: