TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
vaqtida ko‘rsatmali qurollardan foydalanish va ko‘rsatmali qurollar vositasida
o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning o‘rganilayotgan tarixiy
faktlarni, voqea va hodisalarni aynan o‘zini yoki ularning tasvirlarini ko‘rish yordamida
o‘rganishlari tushuniladi
1
. Ta’lim muassasasida ham, muzey ekspozitsiyasida ham
ko‘rsatmali metod asosida o‘quvchilarda bugungi kun va o‘tmish to‘g‘risida yorqin va aniq
tasavvur hosil bo‘ladi, o‘quvchilarning eshitish faoliyatiga ko‘rish va sezish organlarining
faoliyati ham qo‘shiladi. Shu bilan ularning bilimi yana-da chuqurlashadi, mustahkamlanadi.
Avvalo, ko‘rsatmali qurol o‘quvchilarning bilim olishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qituvchining bayoni har qancha to‘liq bo‘lganda ham, o‘quvchilarning voqealar
to‘g‘risidagi tasavvurlari to‘la bo‘lmaydi. Shuningdek, bezaklardan foydalanmay turib,
o‘rganilayotgan davrning manzarasini ham to‘la, aniq va chuqur tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Muzey ekspozitsiyasida qo‘yilgan har bir eksponat ko‘rsatmalilik darajasi bilan o‘quvchi
ongida yaxshi saqlanadi. Ko‘rsatmali metod vositalar orqali usulga yondashadi. Predmet
ko‘rsatmalilik, tasviriy ko‘rsatmalar, shartli ko‘rsatmali qurollar, texnika vositalar.
Ko‘rsatmali metod yuqoridagi vositalar asosida usulni qo‘llay oladi. Ular quyidagilar:
suratlarni tahlil qilish, ma’lumotlarni to‘ldirish, ma’lumot almashish, xaritalarni to‘ldirish,
filmlar ko‘rish, ovozli ma’lumotlar eshitish, munozara tashkil qilish.
Ko‘rsatmali metod ko‘magida o‘quvchilarda tarixiy tushunchalarni shakllantirishga,
ularni nazariy xulosalash va umumlashtirishga, yakunlarini, ijtimoiy rivojlanishning obyektiv
qonuniyatlarini, o‘zaro aloqalarni yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi, shuningdek,
o‘quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Ta’lim muassasalarining o‘quv faoliyatida “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish jarayonini
takomillashtirish uchun o‘sha jarayonning mazmuni bo‘lgan darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv
reja, o‘quv dastur, ta’lim standartini muzey pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalangan
holda hisobga olish lozim.
O‘zbekiston tarixi yoshlarda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
demokratik islohotlarning mohiyati va natijalarini, milliy, huquqiy davlatchilikni barpo etish,
demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish
jarayonlarini o‘rgatadi va yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi,
jamiyatda o‘z o‘rnini to‘g‘ri belgilashga ko‘maklashadi. Eng muhimi, davlatning amalga
oshirayotgan barcha sohalardagi islohotlarining mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |