TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2020/2
shakllantirish va korreksiyalashda qо‘llanadigan yordamchi vositalarning tadrijiy rivojlanishi
korreksion (maxsus) pedagogika uchun bolada nutqning talaffuz jihatini normada shakllanish
mexanizmlari, nutqning talaffuz jihatlarida har xil buzilishlar bо‘lgan bolalarning xarakteriga
kо‘ra о‘ziga xos yordamchi ta’lim vositalariga bо‘lgan alohida ehtiyojlari, nutqning akustik
komponentlarini vizuallashtirish vositalariga surdopedagoglar tomonidan qо‘yiladigan
talablar hamda ushbu talablarning tо‘liq qondirilishini ta’minlaydigan texnika rivoji darajasi,
ovozli nutqni vizuallashtirishning yangi avlod vositalari yordamida erishish mumkin bо‘lgan
ta’lim natijalari tо‘g‘risidagi tasavvurlarning rivojlanish tarixi sifatida ham muhim ahamiyatga
ega.
Ma’lumki, nutqning talaffuz jihatini о‘zlashtirish zaminida atrofdagilarning eshitib idrok
etiladigan nutqiga taqlid mexanizmi yotadi.
Atrofdagilarning og‘zaki nutqini idrok etish uchun zarur bо‘lgan sensor kanallarning
saqlanganligi bolada nutqning talaffuz jihatini shakllantirish sharti hisoblanadi. Bu shart
buzilgan holda esa nutqning fonetik elementlari tо‘g‘risidagi axborotning yetishmasligi yuzaga
keladiki, buning о‘rnini bolada talaffuz tо‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish, ta’limda
“aylanib о‘tadigan” yо‘llar va о‘ziga xos vositalardan foydalanish orqali tо‘ldirish mumkin
bо‘ladi.
Shunday qilib, eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning ta’lim sohasidagi alohida ehtiyoji
yordamchi va о‘z xarakteriga kо‘ra о‘ziga xos ta’lim vositalari yordamida qondirilishi mumkin,
zero ular nutqni eshitib idrok etishdagi yetishmovchilikni boshqa – kо‘proq saqlanib qolgan
idrok etish turlari hisobiga tо‘ldirish imkoniyatiga ega.
Bolalar talaffuzidagi har xil buzilishlarni korreksiyalashda zarur bо‘lgan akustik nutq
komponentlarini vizuallashtirish vositalariga qо‘yiladigan pedagogik talablar tizimi maxsus
tashkil qilingan tadqiqotlar jarayonida asoslab berildi va tavsiflandi (Y.B.Zelenskaya).
Talablar tizimiga quyidagilar kiradi:
- nutqning asosiy akustik komponentlarini vizuallashtirish;
- nutqning akustik tuzilishidagi asosiy komponentlarning pribor ekranida bola uchun
axborot obrazlari kо‘rinishida aniq aks etishi;
- vizual tasvirning tovush sadosi tugaganidan keyin ham pedagog uchun qulay bо‘lgan har
qanday vaqt davomida ekranda saqlanishi;
- ishonchli teskari aloqa (real vaqt rejimida interfaol о‘zaro aloqa);
- har qanday nutq elementidagi har qanday jaranglash namunalarining xotirada uzoq vaqt
saqlash hamda ularning tahlilini о‘tkazish uchun zarurat tug‘ilganda ekranga chiqarish
imkoniyatini ta’minlash.
Bu о‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, qachonki ovozli nutqni vizuallashtirish tizimi bola
uchun о‘z talaffuzini nazorat qilishning qо‘shimcha vositasi sifatida olib qaralar ekan,
shundagina ushbu talablar rо‘yxati tо‘liq bо‘la oladi.
Surdopedagog bu tizimdan nutq talaffuzini (shu jumladan, uning motivatsion
komponentlarini) shakllantirish va korreksiyalashning bir butun jarayonini qо‘llab-
quvvatlaydigan ta’lim vositasi sifatida foydalanishi uchun u yana bir talabga javob berishi kerak,
ya’ni bola faoliyatining о‘yin strategiyasini ta’minlashi kerak: bunda materialning sifatli talaffuzi
о‘yin maqsadiga erishish sharti bо‘lib xizmat qiladi, nutqiy faoliyat jarayoni va natijasining
117