15-Ma’ruza
Mavzu: O‘zbekistondagi kam chiqindili oltin oluvchi sanoatidagi biotexnologik usullarini yaratish va ularning ishlab chiqarishdagi roli
Reja
1.Biotexnologik usullar
2.Sanoatda qo‘llash uchun ishlab chiqarilayotgan biotexnologiyalar
O’rganilgan biotexnologik usullar kelajakda Respublikaning barcha OIF-larida qo’llanilishi mumkin. 3.3.1. dagi rasmda oltin va kumushni ajratib olishning prinsipial texnologik loyihasi ishlab chiqilib kursatilgan. Marjonbuloq OIF uchun muljallangan oltin va kumushni, tarkibida oltini bor rudalardan biotexnologik usullari yordamida ajratib olish ko’rsatilgan. Loyihaga texnologik bog‘larning har joylarida biotexnologik usullar ham kiritilgan:
T. ferrooxidansning sanoat kulturasiyordamida flotokonsentratdan oltinni ochish. Bioishqorlash natijasida pirit-arsenopirit konsentratlaridan metallar oksidlanish natijasida ajratilib, engil sianlanuvchi “kek” larga aylanadi. Bakterial oksidlash barcha oltinsulfidli konsentratlar uchun samarali.
Geterotrof mikroorganizmlar yordamida sianidlarning biodestruksiyasi va nodir metallarning bakterial oksidlanishi. Ushbu bosqichda B. cereus mikroorganizmlari yordamida sianidlar miqdori 24 soat ichida 5-8 mg/l –gacha kamayadi va oltin Erituvchi bakteriyalarning keyingi rivojlanishi (3-5 sutka) nodir metallarning ishqorlanishiga olib keladi. Bunda, Eritmaga 78-84% foiz oltin va 43-52% foiz kumush utib, sianidlar miqdori 1 mg/l gacha kamayadi.
Ch. Vulgaris mikrosuvutlari yordamida bir vaqtning Uzida nodir metallarning biosorbsiyasi va sianidlarning bioparchalanishi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun oddiy biologik xavzalar qo’llanilib, ulardagi mikrosuvutlari sianidlar qoldiq miqdorlarini 0,1 mg/l etkazib, Eritmadagi nodir metallarni chuktirib tindirilgan toza Eritma yaratadi.
Ushbu texnologik loyiha, tarkibida oltini bor rudalarning ishlov bYerilishida Marjonbuloq OIF dan tashqari Angren OIF da, Kukpatas, Daugiztov va h. sulfidli konlarining rudalariga ishlov bYerilishida qo’llanilishi mumkin.
Taklif etilgan biotexnologiyalar quyidagilarga yordam bErishadi:
1. qiyin boyitiladigan ruda va konsentratlarni sanoatga kiritishda,
2. OIF larning sianli chiqindilarini geterotrof mikroorganizmlar yordamida oltinning miqdorini ko’paytirishga,
3. biosorbentlar yordamida chiqindi suvlardan oltin va kumushning qoldiq miqdorlarini yig‘ib olishga
4. qimmatli suyuq xlor bilan chiqindi suvlarni zararsizlantirish o’rniga- biodestruktor mikroorganizmlarini qo’llash.
Bundan tashqari, pulpaning qattiq fazasi oltinning bioishqorlanishidan keyin shisha va qurilish materiallari uchun ishlatilishi mumkin (plitalar, g‘isht va h.).
Sanoatda qullash uchun ishlab chiqarilayotgan biotexnologiyalar, oldindan qilingan hisob kitoblar buyicha Marjonbuloq OIF ning bir yillik daromadini 25-40% foizga oshirib, tabiatni muhofaza qilish va ijtimoiy muammolarni hal etishga yordam beradi.
Shunday qilib, biotexnologik usullarini boyitish, oltin va kumushni gidrometallurgik ajratish usullari bilan mohirona birlashtirib, yaqin kelajakda oltin oluvchi sanoatni kam chiqimli texnologiyalar sirasiga kiritib, uni zamon talablariga mos ravishda konlardan samarali
foydalanib, tabiatni muhofaza qilishning ratsional yuriqlarini ishlab chiqarishdan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |