20-amaliy mashg‘ulot. Oltinni qayta ishlash zavodlari zaxiralari qoldiqlarining mikro ekotizimlari
OIF sanoat chiqindilari keng miqyosdagi toksik birikmalardan iborat bo’lib, ular tarkibiga oddiy sianidlar va har xil metallardan iborat (mis, ruh, kumush, oltin va h.) kompleks sianid moddalari, tiotsianatlar va boshqalari kiradi. CHiqindilardagi Q:S mutanosibligi 1:1-2,5 va pH kursatkichi 8,0 dan 11,0 gacha farqlanadi, sianidlar miqdori – 200 dan 600 mg/l etadi.
OIF-ning yangi sianli chiqindilari urganilganida, ekstremal sharoitlarga qaramasdan, ular tarkibida kup miqdorda bakteriyalarning har xil guruhlari va mikroskopik zamburug‘lar borligi aniqlandi. OIF va NKMK sanoat chiqindilari urganilganida (jadval 3.2.1.), ularning tarkibida tiosulfatoksidlovchi neytrofillar-avtotrof va miksotroflari, nitrifitsiyalovchilar, denitrifitsiyalov-chilar, ammonifitsiyalovchi bakteriyalar, oligonitrofillar va mikroskopik zamburug‘lar borligi aniqlandi. Tion bakteriyalari turkumidan miksotroflar, geterotroflardan-Bacillus va Pseudomonas turkumlaridan iborat bakteriyalar va mikroskopik zamburug‘lardan Aspergillus va Penicillium turkumlariga kiruvchi zamburug‘lar turlari borligi aniqlandi.
Aytish joizki, bakteriyalar va sianidlar miqdori orasida bog‘liklik bor: sianidlar qancha kup bulmasin (Marjonbuloq OIF va NKMK), mikroorganizmlar miqdori shunchalik darajada kamayadi. «Uzbekzoloto» OIF barcha oqava chiqindilari xlorlanganidan keyin urganilganida, mikroorganizmlar miqdori keskin kamayib ketishi, yoki umuman yuqligi kuzatildi. Har xil OIF –larning yangi sianli sanoat chiqindilari urganilganida, ulardan 28 xil mikroorganizmlar guruhlari ajratib olindi va ularning asosiy hususiyatlari–sianidlar tarkibidagi uglerod va azot elementlari evaziga o’sish va ko’payish imkoniyatlaridan iborat edi. Eng faol sianidlarni parchalovchi mikroorganizm B. cereus bo’lib, uning bilan keyingi tajribalar olib borildi, va uning rivojlanishi uchun ishlab chiqarish chiqindilaridan har xil ozuqaviy muhitlar tanlovi uyushtirildi.
Sianidlarni biodestruksion parchalash jarayonlarini intensivlash borasida har xil ozuqaviy qushilmalar sinaldi: gushtli shurva (bulon), M belkozini, paxta shroti va guruch pustlog‘i. Sianidlarning faol parchalanishi asosan M belkozinli va guruch pustlog‘i bor ozuqaviy muhitlarda kuzatildi. Bunda, sianidlar miqdorining muhitdagi pasayishi ayrim aminokislotalar miqdorinining kamayishi va lizin bilan metionin miqdorlarining ko’payishi bilan kuzatildi. Adabiytlardagi ma’lumotlar tasdiqlashicha sianidlar biodestruksiyasi ayrim ferment va aminokislotalar biosintezi bilan bog‘liq bo’lib, ular sianidlar detoksikatsiyasi tizimini shakllantiradi.
Eng qizig‘i, sianidlarni parchalovchi barcha ajratib olingan mikroorganizmlar turlari, oltin Eritish hususiyatlariga ham ega bo’lib, M belkozini qushilgandan keyin mikroorganizmlar biomassasi ko’payib, ularning sianidlarni parchalab, oltinni Eritish hususiyatlari ham ortdi. Eng faol shtammlardan B. cereus, va V.megaterium turlari bo’lib, rodanidoksidlovchi va mikroskopik zamburug‘lar ulardan kamroq oltin Erituvchi hususiyatlarga ega edi.
Ushbu tadqiqotlar asosida sianidlarni parchalash bilan birgalikda, bir vaqtning Uzida pulpaning qattiq fazasidan oltinni ishqorlash tadqiqotlari ham olib borildi va bularning natijasida oltinni ajratib olish 78-84% foiz,
kumushni – 43-52% foiz va sianidlarni parchalash 95-98% foizga etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |