16-amaliy mashg‘ulot. Bakteriyalar bilan eritish texnologiyalari va ularni amaliyotga tadbiq etish
Odatda uyumda tanlab eritish eski tashlandik rudalar, balansdan tashkari kambag‘al rudalar uchun qo‘llaniladi. Bakterial-kimyoviy tanlab eritish uchun yangi xosil qilinadigan uyum aniq tuzilgan loyixa asosida amalga oshiriladi. Uyumni shakllantiriladigan maydonni sement yoki boshqa suv utkazmaydigan materiallar bilan qoplanadi, agar tuproq zinch bo‘lsa eritmalar bilan metallning yo‘qolishi minimal bo‘ladi va unday xolatlarda eski uyumlar tabbiy to‘proq sharoitlarida amalga oshiriladi chunki, uyumni yangi maydonda qayta shakllantirish metallning tan narxini oshirib yuboradi.
To‘dalarda tog‘ jinslari kattaligi ulchamlari moslanmaydi ochiq kon qazuv ishlarida ularning o‘lchami 1000-1500 mm etadi. Yangidan shakllantiriladigan balansdan tashqari rudalarni uyumda tanlab eritish uchun rudani maydalaniladi va ishlab chiqilgan loyiha tartibga mos ravishda uyum shakllantiriladi.
To‘dani miqdori odatta yuz million hattoki milliard tonnagacha etishi mumkin, uyumni miqdori esa odatta yuz ming tonnadan oshmaydi.
Ochiq kon ishlarini amalga oshirib kon ishlarini amalga oshirishda iqtisodiy afzalligi uchun ko‘pgina davlatlarda kon qoplama tog‘ jinslari xajmi keskin oshdi va bu to‘dalarda ko‘p miqdordagi mis, rux, uran va boshqa qimmatli komponentlar yig‘ilgan.
Hozrgi kunda tudani yuqori mexanik qattiq suv o‘tkazmaydigan tuproqli maydonlarda shakllantirish maxsus tayyorlangan maydonlarda tashkil etish boshlangan.
Uyumni shakllantirish uchun maydonni tayyorlashga juda e’tibor qaratiladi: tuproq o‘smlik qoplamasini yuqotilganidan so‘ng,suv o‘tkazmaydigan qatlam yotqiziladi, bunda asosan mavjud bo‘lgan materiallardan foydalaniladi. (beton, asfalt, gudron aralashmasi, boyitish mahsulotlari chiqitlari va b.)
Tayyorlangan maydonga dastlab birinchi qatlam uchun angcha yirik (200-300 mm) o‘lchamli ruda joylashtitiriladi va u aeratsiyani yaxshi bo‘lishini ta’minlaydi. Umumiy uyum ancha mayda o‘lchamli maydalangan materiallardan (8-30mm) yoki yirik va mayda o‘lchamli materiallar aralashmasidan, shuningdek katta bo‘laklarning butun uyum baladligi buylab teng taqsimlanadiki bu eritmaning suzuvchanligini va aeratsiyasini butun baladlik bo‘yicha ta’min etadi. Rudaning mayda o‘lchamlari ko‘p bo‘lganida yoki tuproq miqdori ko‘p bo‘lib, o‘lchami 5-8 mm dan kichik bo‘lsa ular elakdan o‘tkaziladi. Tudaning eni 10-20 dan 100-200 m. Uzunligi 100-800 m. va undan ortiq bo‘lishi mumkin.
Uyumda aeratsiyaning va sulfidlarning yaxshi oksidlanishi uchun uning baladligini 60 m. dan oshirmaslik tavsiya qilinadi. CHunki atmosfera havosi 60 m. gacha masofaga borib etadi.
Tanlab eritishga tayyorlangan tuda uni sug‘orishdan oldin namlanadi va bu uning oktivligini oshiradi. Bu jarayonda rudaning g‘ovakligi katta ahamiyatga ega. Rudada enshgil maydalanuvchi ruda jinslarining va tuproqli materiallarning ko‘p bo‘lishi bakterial-kimyoviy eritmani sizib o‘tishni, metallarni tanlab eritish effektivligini keskin pasaytiradi. Qaytadan shakllantirilgan tudaning g‘ovakligi 40% atorofida bo‘lib, keyinchalik ruda ning o‘zi zinchlashishi natijasida uning g‘ovakligi pasaya boradi (1- yildan keyin 30% gacha tushadi). Eski 30-40 yillik tudalarning filtratsiya xususiyatlari yangisiga nisbatan 8 martagacha past bo‘ladi. Birmuncha murakkab sharoitlarda esa tudaning asosini shakllantirish uchun qo‘shimcha tadbirlani amalga oshiriladi.Bunga misol qilib (AQSH) “Byutt” ruda konini keltirish mumkin, qaysiki u juda o‘tkazuvchan tupoqda joylashgan . O‘tkazmaydigan qatlamni hosil qilish uchun tuproqni yuza o‘simlik bilan qoplangan qatlamini olib tashlanib, yuza tekslanib,zichlagich (katok) orqali zinchlanib, yirikligi 25 mm., qalinligi 100 mm. shlak qatlami bilan qoplandi. Qatlam zinchlanib, asfalt quyildi. Undan kyin ikkilamchi 6 sm. asfalt qatlami yotqizildi va uni buzulmasligi uchun 320 mm mayin tog‘ massasi tushalib , shundan kiyin 1,5 – 1,8 m. misning yirik o‘lchamli xom oshyosi yotqiziladiki u havo airatsiyaning yaxshi bo‘lishini va mahsulot eritmasining sizib o‘tmasligini ta’minlaydi.
Tudani shakillantirishning asosini tashkil etishning soddalashtirilgan, ishonchli usuli quyidagicha deb sanaladi:
O‘smlik qatlamini yuqotish,maydonni zichlash, 0,6 m. tuproq qatlamini yotqizish va uni mustahkamlash.
Uyumni asosini shakllantirish uchun odatda chuqur tayyorgarlik ko‘riladi.
Masalan: «Blyuberd» (AQSH) ruda konida dastlabki yillarda uyumning asosi quyidagicha tayyorlandi: buldozer bilan o‘simlik qatlami surilib, maydon birmuncha qiya holatiga keltirilib, tuproq ustiga beton yotqizildi va bitumlandi shundan sung graviya qatlami yotqizildi va unga polietilen quvrlari o‘rnatildi.
2. Mikroorganizmlarni ishlatish orqali uyumlardan va tudalardan misni, uranni, va oltinni ajratib olish jarayoni texnologiyasi hozirda chuqur o‘zashtirilgan. Ayniqsa mis rudalarini uyumda kimyoviy yoki bakterial kimyoviy tanlab eritish keng yoyilgan. Faqat AQSH ning o‘zida 15 dan ortiq korxonada 5000 mln.t massali tuda va uyumlarda bakterial- kimyoviy tanlab eritish qo‘llanmoqda.
Hozrgi vaqitda misni uyumlarda tanlab eritib ajatib olish texnologiyasi buyicha chet ellarda va vatanimizda etarlicha tajriba to‘plangan va u mis xomoshyolarini qayta ishlashda mustaqqil jarayon sifatida yoki boshqa jarayonlar bilan mutonosiblikda qo‘llanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |