Moliya munosabatlari - bu iqtisodiyot sub'ektlarining moliya resurslari hususidagi o'zaro aloqalari. Bu aloqalar YAIM va milliy boylikni taqsimlab ishlatish jarayonida yuzaga keladi.
Moliya mehanizmi - bu turli moliya vositalari bo'lib, soliq, subsidiya, subvenciya, transfert, jarima, dotaciya, sanaciya, moliyaviy me'yorlar va boshqalardan iborat. Bular iqtisodiy faollikni ra?batlantirish yoki iqtisodiy noshudlikni jazolash uchun qo'llaniladi. Shuningdek, ular vositasida ijtimoiy yordam amalga oshiriladi.
Moliya siyosati - bu iqtisodiyot sub'ektining moliyaviy resurslarini topish, ularni taqsimlash va sarflashga oid yo'l-yo'riqlari va sa'y-harakatlarining majmuasidir. O'z moliyaviy siyosatini faqat davlat emas, balki firmalar va honadonlar ham yurgizadi va bunda sub'ektlar o'z manfaatidan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |