Atamaning o’zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning mazmuni
|
Ishlab chiqarish xarajatlari
|
Expenses of production
|
Издержки
производства
|
Ishlab chiqarish xarajatlari - tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflardir.
|
Ichki xarajatlar
|
Inner expenses
|
Внутренние издержки
|
Ichki xarajatlar - korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar.
|
Tashqi xarajatlar
|
Outer expenses
|
Внешние издержки
|
Tashqi xarajatlar - tashqaridan jalb qilingan resurslarga to’lovlarni amalga oshirishga ketgan xarajatlar.
|
Doimiy xarajat
|
Daily expense
|
Постоянние издержки
|
Doimiy xarajat - ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydigan, u o’zgarganda ham miqdorini o’zgargirmaydigan xarajatlar.
|
O’zgaruvchi xarajat
|
Changing expense
|
Переменчевый
расходы
|
O’zgaruvchi xarajat - ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir etadigan xarajatlar.
|
O’rtacha xarajatlar
|
Medium expense
|
Средние издержки
|
O’rtacha xarajatlar - mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlar.
|
Qo’shimcha xarajatlar
|
Additional expense
|
Дополнительныеавленный стоимости
|
Qo’shimcha xarajatlar - mahsulotning navbatdagi qo’shimcha birligini ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar.
|
To’g’ri xarajatlar
|
Straight expenses
|
Прямый расходы
|
To’g’ri xarajatlar - mahsulot tannarxiga bevosita qo’shilib, uning tarkibiga kiradigan xarajatlar.
|
Egri xarajat
|
Bent expense
|
Косвенный расходы
|
Egri xarajat - mahsulot tannarxiga ustama bo’lib, narxda aks etadigan xarajatlar.
|
Iqtisodiy yoki sof foyda
|
Economic or pure income
|
Экономический или чистый прибыл
|
Iqtisodiy yoki sof foyda - yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin kolgan qismi.
|
Foyda me’yori
|
Norm of benefit
|
Норма прибыла
|
Foyda me’yori - foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo’lgan nisbatining foizdagi ifodasi.
|
Ish haqi
|
Salary
|
Заработная плата
|
Ish haqi - ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasi.
|
Vaqtbay ish xaqi
|
Timely salary
|
Почасовая заработная плата
|
Vaqtbay ish xaqi - ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib, to’lanadigan ish haqidir.
|
Ishbay ish haqi
|
Price-rate basis salary
|
Cдельная заработная плата
|
Ishbay ish haqi - ishlab chiqargan mahsuloti miqdoriga yoki bajargan ishihajmiga qarab to’lanadigan ish haqidir.
|
Nominal ish haqi
|
Nominal salary
|
Номинальная заработная плата
|
Nominal ish haqi - pul shaklida olingan ish haqi summasi.
|