«informatika va axborot texnologiyalari»



Download 4,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/209
Sana24.03.2022
Hajmi4,39 Mb.
#508036
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   209
Bog'liq
Информатика ва АТ

 
Adabiyotlar ro‘yxati: 
22[180-204], 38[3-94], 39[152-166]
 


129 
Ma‘ruza№17. Algoritmlarning asosiy turlari 
Reja: 
1. Algoritm turlari 
2. Chiziqli algoritmlar 
3. Mantiqiy ifodalar 
4. Тarmoqlanuvchi algoritmlar 
5. Siklik (takrorlanuvchi) algoritmlar 
Ma‘ruzada yoritiladigan tayanch so‘zlar va tushunchalar: chiziqli algoritm, psevdokod, 
mantiqiy ifoda, tarmoqlanuvchi algoritm, siklik algoritm.
 
 
1. Algoritm turlari 
Тuzilish xususiyatiga ko‘ra algoritmlar uchta asosiy turga bo‘linadilar: 
1.
Chiziqli; 
2.
Тarmoqlanuvchi; 
3.
Siklik (takrorlanuvchi)

Algoritmlarning turli-tumanligi ulardagi bo‘laklangan ko‘rsatmalar yuqoridagi uchta turdan 
biriga mos kelishi bilan aniqlanadi. Shuning uchun har bir algoritmning strukturasini va uni 
tuzilish tamoyillarini bilish muhimdir. 
Misol sifatida
ax
2
bx c 0
kvadrat tenglamani yechish algoritmining blok-sxemasi 1-
rasmda keltirilgan. 
1-rasm. Kvadrat tenglamani yechish algoritmi 
2. Chiziqli algoritmlar 
Masalaning yechish bosqichlariga mos ko’rsatmalari qat’iy ketma-ketlik asosida 
bajariladigan algoritm 
chiziqli algoritm
 deyiladi.
Ya‘ni chiziqli algoritm ko‘rsatmalari berilgan tartib bo‘yicha ketma-ket bajariladi va 
tarmoqlanish yoki takrorlanish jarayonlarisiz tashkil etiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun 
ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan 
ko‘rsatiladi. 
Chiziqli algoritm strukturasi 2-rasmda keltirilgan. 
2-rasm. 


130 
Chiziqli algoritmlar sxemalarini tuzishga doir misollar bilan tanishib chiqaylik. 
1-misol.
Ikki 
A va B o‘zgaruvchilari berilgan. Ularning qiymatlarini almashtirish talab 
etiladi, ya‘ni, A o‘zgaruvchi B o‘zgaruvchining qiymatini, B esa - A o‘zgaruvchining qiymatini 
qabul qilishi kerak.. 
Yechish

1.
A va B qiymatlari berilgan. Qo‘shimcha Q o‘zgaruvchisidan foydalanib, natijani A, V 
lardan chiqarish kerak. 
2.
Misolni yechish metodi: EHM da har bir qiymat xotiraning alohida yacheykasida
(o‘zgaruvchiga biriktirilgan) saqlanadi. Shuning uchun misol ikki yacheyka qiymatlarini 
o‘zaro almashtirish masalasiga keladi. 
Ushbu masalani yechishdan avval shunga o‘xshash quyidagi masalani ko‘raylik. Ikki piyola 
mavjud. Biriga suv va ikkinchisiga sut to‘ldirilgan. Piyollardagi bu ichimliklar o‘rnini 
almashtirish talab etiladi. Hayotiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu masalani yechish uchun yana 
bita piyola zarur. Ushbu qo‘shimcha piyolaga birinchi piyoladagi suvni to‘ldirib, so‘ngra unga 
ikkinchi piyoladagi sut to‘ldiriladi. 
Хuddi shu masalaga o‘xshash yuqoridagi misol ham yechiladi. Buning uchun qo‘shimcha 
Q o‘zgaruvchi (qo‘shimcha piyola kabi) kiritamiz. 
Misolni yechish uch bosqichga ajraladi. Ularga mos bloklar 3-rasmda tasvirlangan.

Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish