Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Jinsiy organlar sistemasining rivojlanishi



Download 2,45 Mb.
bet82/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Jinsiy organlar sistemasining rivojlanishi. Umurtqalilarda erkaklik va urg’ochilik jinsiy organlari mezoderma hujayralaridan hosil bo’ladi. Dastlab birlamchi buyrakning ustioda, ichakning yaqinida jinsiy vakil hosil bo’ladi. Vakillar hujayralar to’plami ko’rinishida bo’lib, bir necha qavatdan iborat. Gonadalar rivojlanib, mezodema hujayralari yupqalashadi.
Jinsiy vakil ikki xil hujayralardan iborat bo’ladi: ko’pchilik hujayr alar epiteliy hujayralariga o’xshaydi va tayoqchasimon shaklda bo’ladi. Hujayralarning boshqa xili xaltasimon shaklda bo’lib, yadrosi yirik bo’ladi. Bu hujayralar birlamchi jinsiy hujayralar hisoblanadi.
Bu hujayralar jinsiy bezlarga migrasiya qiladi va bezning selomiga tarqaladi. Ular ko’payib, ingichkalashadi va ularni boshqa hujayralardan farqlab bo’lmaydi. Jinsiy bezlarning hujayralari bu hujayralar bilan to’ladi. Ular urug’donda spermatozoid uchun, tuxumdonda tuxum hujayra uchun dastlabki hujayra hisoblanadi.
Sut emizuvchilar embrional taraqqiyotining dastlabki davrida jinsiy organlar differensiallashmagan bo’ladi. Erkak va urg’ochi embrioning jinsiy organlari bir hil joylashgan bo’ladi. Gonositlar sariqlik xaltasining endoderma qavatida joylashgan va u yerdan o’zining definitiv joyiga migrasiya qiladi. Odam embrionida jinsiy bezlar homiladorlikning 3-4- haftasida birlamchi buyrak hosil bo’ladigan hujayralardan paydo bo’ladi.Agar embrion urug’don hosil bo’lish tomonga taraqqiy etsa, u holda 7-8 haftalarda urug’ yo’llari bilan birgalikda urug’donning mag’iz qatlami ham hosil bo’ladi. 10 haftalik embrionda tuxum hujayra dumg’aza oldida bo’ladi va tug’ish oldidan tuxumdonga migrasiya qiladi. Jinsiy bezning tuxumdon tomonga qarab differensiallanishi 14- haftadan keyin sodir bo’ladi. Tuxumdonnning ichki qismidagi mezenxima hujayralari zichlashib, u yerdagi gonositlar o’ladi, ustki qismidagi gonositlar esa folikulyar hujayralar bilan o’ralib folikulalarni hosil qiladi. Bu jarayonlar embrionning 30- haftasidan keyin tugallanadi.
Jinsiy kanallar ham har ikkala jinsda bir hil joylashadi. Myuller kanallari embrionning 5-6- haftasida urogenital qavatning epiteliy hujayralaridan hosil bo’ladi. Volf kanallarining pastki qismi embrionning 8- haftasida myuller kanallari bilan birgalikda urogenal sinusni hosil qiladi. Erkak embrionda myuller kanali 1-2- haftada yo’qolib ketadi. Urg’ochi embrionda myuller kanalining yuqori qismidan tuxum yo’li, ularning ikkalasining qo’shilish joyida esa bachadon hosil bo’ladi.
Ekak embrionlarda tashqi jinsiy organlar shakllanishi 20- haftada tugallanadi, urg’ochi embrionda esa tashqi jinsiy organlar 20-21 haftadan keyin tugaydi. Jinsiy shakllanish borishi keng miqyosda yadrodagi xromasomalar va unda joylashgan genlar orqali belgilanadi. Ammo embriogenez faqat irsiy omillarga emas, balki embrionga ta’sir etuvchi tashqi muhit omillariga ham bog’liq bo’ladi. Gipofiz va jinsiy bezlarning gormonlari jinsiy belgilar hosil bo’lishiga ta’sir etadi. Shakllanish jarayonida ta’sir etuvchi genlarning buzilishi noto’g’ri rivojlanishga olib keladi.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish