President Kennedy was assassinated in Dallas, 1963. – Prezident Kennedi 1963 yili Dallasda o’ldirilgan.
● Kishi kasbi yoki unvonini bildirgan otlar gapda of predlogi bilan birikib kelsa the bilan ishlatiladi.
The President of the Federal Republic of Germany
He’s the president of FIFA, football’s ruling body.
The president of Citibank Corporation
The director of studies
● Kishi kasbi yoki unvonini bildirgan otlar gapda aniqlovchi bo’lak orqali aniqlanib kelganda oldidan the ishlatiladi.
Tony was the engineer who designed this bridge. – Toni shu ko’prikni qurgan muhandis.
4. Fan nomlari oldidan artikl ishlatilmaydi.
History/Mathematics/Literature/Biology/English/Botany
I got a “5” in history yesterday. – Kecha tarixdan “5” oldim.
I loved literature at school. – Maktabda adabiyotni yoqtirardim.
Mathematics is my beloved subject. – Matematika mening sevimli fanim.
If you want to study physics, you have to be good at maths.
● Literature so’zi fan ma’nosida emas, biror bir davrning, davlatning adabiyoti ma’nosida kelsa oldidan the ishlatiladi.
The literature of the 19th century
The literature of Modern America
● History so’zi fan ma’nosida emas, biron-bir davlatning, narsaning yoki voqeaning tarixi ma’nosida kelganda oldidan the ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |