88.Respublikamiz ilm va fan sohalaridagi yangi chiqqan qanday qonunlarni bilasiz?
2016– 2017-yillar O‘zbekiston ilm-fanida tom ma’noda tub islohotlar davri bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30- de- kabr kuni ilk bor mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ilm-fanga e’tibor yanada kuchayishi belgilandi. Prezidentning 2017-yil 17-fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy- tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida 9 ta ilmiy- tadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi . Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda o‘tkazilgan edi. O‘tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki martadan ko‘proqqa qisqardi va 2017-yilga kelib akademiyaning atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi tarixiy farmoni bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a’zolari tasdiqlandi. • Bugungi kunda ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi 400 ta muassasa ro‘yxatga olingan bo‘lib, fan sohasida 36 ming mutaxassis, jumladan, 2 mingdan ortiq fan doktori va 9 mingdan ortiq fan nomzodi faoliyat olib bormoqda.
90.Respublikamizda ilmiy faoliyati davomida yuqori natijaga erishgan akademik va professorlarni bilasiz?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarorida Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza va mahorat darslarini (master klass) o‘tish ta’kidlab o‘tilgan. Hozirda mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bunga ko‘ra, universitetning akademik, professorlar va fan doktorlari (15 nafar) ro‘yhati shakllantirildi.
Andijon davlat universiteti va Qirg‘izistonning O‘sh davlat universiteti (O‘shDU) o‘rtasida imzolangan memorandumga ko‘ra 15 nafar professor-o‘qituvchilarga O‘shDU ta’lim yo‘nalishlari talabidan kelib chiqqan holda ilmiy ma’ruzalar o‘qish taklif etilmoqda. Kuni kecha akademik S.Zaynobidinov, professorlar: I.Asqarov, M.Umarxo‘jaev va G‘.Xoshimovlar O‘sh davlat universitetida bo‘lib, doktorantlar, yosh ilmiy tadqiqotchilar, magistrantlar hamda bitiruvchi talabalarga ilmiy ma’ruza darslarini o‘qib qaytdilar. Professor I.Asqarov O‘shDUning tabiatshunoslik va geografiya fakulteti talabalariga kimyo fani yutuqlari va organik birikmalar bo‘yicha ma’ruza darslarini o‘tdi. Professorlar M.Umarxo‘jaev va G‘.Xoshimovlar O‘shDUning xalqaro tillar va madaniyat fakulteti doktorantlari, yosh tadqiqotchilari, magistrant va bitiruvchi talabalariga xorijiy til o‘qitishning dolzarb muammolari, tilshunoslikning yangi ilmiy yo‘nalishlari, qiyosiy tadqiqotlar, lug‘atshunoslik, talabalar bilimini baholash mezonlari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidilar.
Professor M.Umarxo‘jaev magistrant va doktorantlarga hozirgi zamon germanistikasi muammolari, leksikologiya va fraziologiya bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar o‘qidi. Professor G‘.Xoshimov xalqaro tillar va madaniyat fakulteti 4-bosqich talabalariga tarjima nazariyasining dolzarb muammolari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidi. Andijon davlat universiteti vakillarida O‘shDUning tarjima nazariyasi ilmiy laboratoriyasini faoliyati katta ta’surot qoldirdi
Do'stlaringiz bilan baham: |