Qarz (zayom) - shartnoma bo’yicha tomonlardan biri boshqasiga qarzni
qaytarish va foiz olish sharti bilan mablag’ni beradi.
Qarz muddatidagi vekselning daromadliligi - daromad summasini qarz
summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Qarz qog’ozi konversiyasi - qarz qog’ozi shartlarini o’zgartirish yoki oldin
chiqarilgan qarz qog’ozining muddati va foiz stavkasi xajmini o’zgartirish mao’sadida
yangi qarz qog’ozi bilan almashtirish.
Qarzdorlik koeffitsienti - qarz summasini emitentning moliyaviy barqarorligini
xarakterlaydigan shaxsiy mablag’lari summasiga nisbati.
Qimmatli qog’oz - aktsionerlik jamiyati kapitalida xissa borligini yoki pul
qarzga olinganligini tasdiqlovchi va egasini ma’lum darajada daromad olishini
tasdiqlovchi yuridik xujjat.
Qimmatli qog’ozning yopilish bahosi - shunday bahoki, bu baho bo’yicha
ma’lum qimmatli qog’oz oldi-sotdisini oxirgi bitimi amalga oshiriladi.