Boshlang’ich kapital -
investitsiya qilish uchun to’plangan dastlabki summa
yoki ish boshlash uchun kerak bo’ladigan sarmoya.
Brakeraj
– maxsus davlat tashkilotlari yoki hakam brokerlar tomonidan
tovarning sifati, bezatilishi va transportbop qilib o’ralishi belgilangan standart yoki
shartnoma shartlariga mos kelishini tekshirilishi.
Broker (makler, komissioner, kurte) -
moliyaviy aktivlar sovdosidagi
vositachi (dallol), mijoz topshirig’iga ko’ra va uning hisobiga oldi-sotdi bitimini amalga
oshiradi. Mijoz bilan tuzilgan shartnoma asosida oldi-sotdining ma’lum foizi miqdorida
mukofot oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |