Aktsiyaning daromadliligi - dividend summasining aktsiyani sotib olish
bahosiga nisbatining foiz ko’rinishidagi ifodasi.
Aktsiyaning qo’shimcha daromadliligi - qo’shimcha daromad summasining
sotib olish bahosiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Aktsiyaning jami daromadliligi - jami daromadning sotib olish bahosiga
nisbatining foizdagi ifodasi.
Aktsiyaning hisoblangan bahosi - aktsionerlik kapitali miqdorining chiqarilgan
aktsiyalar soniga nisbati.
Aktsiyalar sertifikati - investorning ma’lum miqdordagi aktsiyalarga bo’lgan
huquqini tasdiqlovchi hosilaviy qimmatli qog’oz.
Aktsiyalarni nazorat paketi - egasiga aktsionerlik jamiyatida haqiqiy
hukmronlikni ta’minlaydigan aktsiyalar miqdori.
284
Allonj - vekselga qo’shimcha varaq, unga indossament va aval qo’yiladi
(yoziladi).