Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik


IX-BOB. VALYuTA BOZORI STATISTIKASI



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

IX-BOB. VALYuTA BOZORI STATISTIKASI 
 
9.1. Valyuta bozorlarini tashkil qilinishi va  
klassifikatsiyasi 
 
Valyuta bozori deb, foyda olish maqsadida chet el valyutalarini sotib olish, sotish, 
ularni 
qarzga 
olish, 
ko’chirish,  konvertatsiyalash,  almashtirish  va  saqlash 
operatsiyalarining yig’indisiga aytiladi. 
Valyuta  bozorining  asosi  poydevori,  sutumgo’shasi  tovar,  xizmat  va  kapitalni 


 
206 
milliy  ishlab  chiqarish  hajmi  hisoblanadi,  valyuta  birjalari  esa,  uning  tuzuvchi,  amalga 
oshiruvchi, ro’yxatga oluvchi yoki boshqacha qilib aytganda, qaynatuvchi qozoni bo’ladi. 
Hozirgi  kunda  birjalar  (ular  soni  dunyoda  10.000  oshiq)  o’zining  keng  tarqalgan 
shahobchalariga  ega  bo’lib,  mijozlar  nomidan  yoki  ularni  topshirig’i  bilan  hamma 
valyuta  operatsiyalarini  bajaradilar:  valyutani  sotish  va  sotib  olish;  valyuta  bozorini 
kon’yunkturasini baholash; valyuta kurslarini belgilash va chop qilish va h.k. 
Valyuta  bozorlari  xarakteri,  mazmuni,  turi  va  bajaradigan  operatsiyalari  bo’yicha 
quyidagilarga  bo’linadi:  milliy  va  xalqaro  bozorlar;  konversion  (almashtirish) 
operatsiyalari bozori; oltin bozori; valyuta qimmatli qog’ozlari (avuarlar) bozori; maxsus 
huquqlarni bo’yniga olish (shartnoma talablarini) bozori; oltin va valyuta avuarlarini o’z 
ichiga  oluvchi  xususiy  zaxira  valyuta  mablag’lari  bozori  (mamlakatni  valyuta  zaxira 
fondi  nazarda  tutilmoqda);  shartli  zaxira  valyuta  mablag’lari  (MVFga  bo’lgan  qarzni 
talablar  va  qisqa  muddatli  valyuta  almashtirish  bo’yicha  o’zaro  shartnoma  talablari 
keyingi  "svop"  operatsiyalar  bozori  ham  deb  ataladi)  bozori;  valyuta  zonalari  bo’yicha: 
dollarli,  funt  sterlingli  va  h.k.  bozori;  yagona  valyuta  bozori.  Oxirgi  bozorga  misol 
"Evro"  bozori  bo’la  oladi.  ESning  11  (Avstriya,  Belgiya,  Finlandiya,  Frantsiya, 
Germaniya,  Irlandiya,  Italiya,  Lyuksenburg,  Gollandiya,  Portugaliya,  Ispaniya) 
mamlakati  2001  yil  1  yanvaridan  ushbu  valyutaga o’tdi.  Ko’pchilikni  fikricha  bu bozor 
jahon  valyuta  bozoriga  aylanishi  kerak.  Bu  fikrni  albatta  kelgusi  hayot  ko’rsatadi  va 
tasdiqlaydi. 
Hozirgi kun xalqaro valyuta tizimi asosan suzuvchi kurslariga asoslangan. Buning 
sababi  iqtisodiy  rivojlanishning  notekisligidir.  Umuman  olganda  birorta  valyuta  tizimi 
yo’qki, uni biz mutloq barqaror valyuta tizimi deb atasak.  
Xalqaro  valyuta  tizimining  zaifligiga  sabab,  hamma  milliy  valyuta  tizimlarining 
zaifligidir. Milliy valyuta tizimlarining quvvatsizligi ularni real iqtisodiy jarayonlar bilan 
chambarchas bog’liq emasligida, har tomonlama va ko’p mehnat talab qiladigan iqtisodiy 
islohotlar,  o’zgarishlar  o’tkazish  o’rniga  yuzaki,  oddiy  monetar  xiyla-nayranglarning 
ishlatilishidadir. 
Valyuta  tizimining  bugungi  evolyutsion  rivojlanishi  tarixi,  shu  jumladan  jahon 
valyuta tizimi tarixi yuqoridagi gaplarni yorqin isbotdir. 
Oliy valyuta hisob-kitoblarini tarixi XVII asrdan boshlanadi degan fikrlar mavjud. 
Bu  fikrlar  albatta  asossiz  emas.  Siyosiy  iqtisod  fanining  otasi  hisoblanmish,  ma’lum 
ma’noda  statistikaning  ixtirochisi  hisoblanadigan  V.Petti  (XVII  asr)  asarlarida  xalqaro 
valyuta almashuv jamiyatlari tuzish g’oyalarini uchratamiz. Lekin valyuta hisob-kitoblari 
bo’yicha  asosiy  ish  XIX  asrni  o’rtalaridan  boshlangan.  Bu  vaqtga  kelib  milliy  fond 
birjalari, xalqaro kimoshdi va birjalar va h.k. ish boshladi. Boshlanishda (1914 yilgacha) 
xalqaro  valyuta  munosabatlari  oltin  standartlariga  asoslandi,  ya’ni  1  funt  7,322385 
gramm  oltinga  teng  hisoblanardi.  Bu  oltin  standartlari  tizimini  uzoq  saqlanib  qolishi  va 
yutug’i shu davrdagi davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning nisbiy yaxshiligi, aholining 
ish  bilan  bandlilik  darajasining  yuqoriligi,  pul  va  boshqa  resurslarning  bir  davlatdan 
ikkinchisiga  katta  to’siqlarsiz  xarakati  va  boshqa  omillar  bilan  izoxlanadi.  Ana  shu 
ishlarning  hammasi  bilan  birga  davlat  banklari  u  paytda  bahoning  barqarorligiga  va 
ishsizlikning  o’zgarishiga  javob  bermas  edi,  ular  faqatgina  milliy  valyuta  kurslarini 
nazorat  qilishardi.  Oltin  standartlarning  samarador  valyuta  tizimi  ekanligiga  yana  bir 
isbot, ikkinchi jahon urushidan keyin juda ko’p davlatlar shu tizimga qaytish talabi bilan 


 
207 
chiqishdi. 
Birinchi  jahon  urushi  boshqa  tizimlar  qatori  valyuta  tizmining  ham 
nobarqarorligiga  olib  keldi  va  buning  natijasida  oltin  standartlar  tizmindan  oltin 
qo’yilmalari tizmiga o’tildi. 1922  yildan boshlab oltin valyuta tizimiga o’tiladi. Agarda 
oltin  qo’yilmalar  tizimida  valyutalar  faqat  oltinga  almashtirilsa,  endi  valyutalar  faqat 
oltinga  emas  mustahkam  valyutalar    avuarlariga    (to’plangan    zaxiralariga)    ham 
almashtiriladigan  bo’ldi.  Mustaxkam  valyuta  deb  funt  sterling  va  AQSh  dollari  qabul 
qilindi. 
1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi ta’siri ostidi bu tizim emrildi va 1944 
i.  (iyul)  Bretton-vudsda  (AQSh)  bo’lib  o’tgan  konferentsiya  bu  tizimni  rasmiy  ravishda 
bekor qildi va shu paytdan boshlab boshqariladigan mustaxkam valyuta kurslari tizimiga 
o’tilganligini  e’lon  qildi  (Bu  tizim  Bretton-vuds  tizimi  ham  deb  ataladi).  Bu  tizimni 
koordinatsiyalash  ishlari  keyinchalik  XVF  (xalqaro  valyuta  fondi,  1947  yilda  tuzilgan) 
topshirildi. 
Bretton-vuds valyuta tizimi asosini paritet valyut kurslari tashkil qiladi. Ular AQSh 
dollarida  belgilanib,  1  troys  untsiya  oltinga  35  dollar  almashtirilardi.  Rasmiy 
paritetlardan ozod valyuta kurslarini farqi boshida 0,5% ga, keyinchalik 1,5%, xatto 2,5% 
gacha farq qilishi mumkin edi. Bu farqlar belgilangan norma chegarasidan chiqsa banklar 
bu holatni o’zgartirishga majbur edilar. Agarda milliy valyutalarning qiymati chegaradan 
oshsa  davlat  banklari  o’z  zaxiralari  hisobidan  dollarni  bozorga  chiqarishlari  kerak  va 
teskarisi. 
Bu  tizim  60  yillarning  oxirigacha  faoliyat  ko’rsatdi  va  1967  y.  funt  sterlingni 
devalvatsiyasi,  1969  y.  evropa  valyutalari  parametrlarni  qayta  ko’rib  chiqilishi,  1971  y. 
AQSh  dollarini  oltinga  konvertatsiya  qilishni  tugatilishi  va  h.k.  munosabati  bilan 
butunlay  emriladi.  1971  y.  dekabr  oyida  Smitson  bitimi  tuzildi.  Bu  bitim  bo’yicha 
Bretton-vuds  tizimidan  butunlay  voz  kechilib,  valyutalarni  suzuvchi  kursi  tizimiga 
o’tildi.  Bu  tizim  (Yamay  tizimi  ham  deb  ataladi)  bugungi  kungacha  mavjud.  Uni 
ustunliklari  va  salbiy  tomonlari  (ayniqsa  1999  yildan  boshlab  Evropa  davlatlarini  bir 
valyut  birligiga  o’tishi  -  "Evro"ga  munosabati  bilan)  to’g’risida  matbuotda  juda  ko’p 
fikrlar mavjud.  
Valyuta  bozorining  xarakterlovchi  ko’rsatkichlarni  hisoblash  va  tahlil  qilish 
metodlari  yig’indisi  valyuta  bozori  statistikasining  predmetidir.  Bu  predmetga  muvofiq 
valyuta bozori statistikasi quyidagi vazifalarni echadi:  

 
Valyutalar, valyuta bozorlari va kurslari haqida boshlang’ich ma’lumotlarni 
to’plashni tashkil etish; 

 
Valyuta kurslarini aniqlash va ular bo’yicha o’rtacha kurslarni hisoblash; 

 
Valyuta kurslari makonda va zamonda o’zgarishini taxlil qilish; 

 
Valyuta  kurslarining  darajasiga  va  o’zgaruvchanligiga  ta’sir  qiluvchi 
omillarni aniqlash va baholash; 

 
Valyuta kurslarini prognoz qilish; 

 
Valyuta bozori bo’yicha ma’lumot manbalarini takomillashtirish va valyuta 
kurslari bo’yicha ma’lumotlarni uzluksiz chop qilib borish. 
 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish