Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. “Ijtimoiy psixologiya” insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishlari xolatini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning psixologik ta’riflarini o‘rgansa. “Yosh psixologiyasi” esa inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog‘liq omillarini ham o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) muammolarini o‘rganishda va ijtimoiy tarbiyaning uslubiyotini tadqiq etishda ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi.
Shu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari sotsiologiya tomonidan o‘rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi sotsiologik nazariya, usul va vositalardan ham foydalanadi.
Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqilgan holda ijtimoiy pedagogikaga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi.
Bundan tashqari, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersa ham bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator fazifalarga ega bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
Nazariy vazifa: ijtimoiy pedagogik bilimlarni to‘plab zamonaviy jamiyatda o‘rganayotgan jarayon va xodisalarning to‘liq tasvirini tuzishga intilishda namoyon bo‘ladi.
Amaliy vazifalarga: - ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy-pedagogik va psixologik yo‘nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi. Bunday ishlar qatoriga bolalar (yoshlarda) ongida, xatti-harakatida ijobiy fazilatlarning shakllanishiga yaqindan yordam beruvchi, yo‘l – yo‘riq, shakl, vositalarini aniqlash va ularni tadbiq etish, har qanday vaziyatdan mustaqil chiqib ketishning samarali yo‘llarini aniqlash, atrofdagi kishilar bilan muomala qilishni o‘rganish, hayot mazmuni va maqsadini aniklashga doir tavsiyalar berish; ularda jamiyatdagi xuquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish, hamda mustaqillik, o‘ziga ishonch xissini shakllantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |