Адабиётлар:
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. -Т. «Ўзбекистон», 2003.
Каримов И.А. Ўзбекистон ХХ1 аср бўсағасида: хавфсизликка, таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Т.6. - Т.: «Ўзбекистон», 1997. 31-40, 125-135, 149-162 - б.
Каримов И.А. Жамият мафкураси халқни - халқ, миллатни - миллат қилишга хизмат этсин. Т.7.- Т.: «Ўзбекистон», 1999. 84-102-б.
Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т.8. -Т.: «Ўзбекистон», 2000. 489-508-б.
Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI асрга интилмоқда. - Т.: «Ўзбекистон», 2000.
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт - пировард мақсадимиз. Т.8. -Т.: «Ўзбекистон», 2000. 462-467-б.
Каримов И.А. Эгали юрт эркини бермас. Т.9. - Т.: «Ўзбекистон», 2001. 70-98 -б.
Каримов И.А. «Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар» рисоласига сўз боши. Т.9. - Т.: «Ўзбекистон», 2001. 220-224-б.
Каримов И.А. Биз танлаган йўл - демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан, ҳамкорлик йўли. - Т.: «Ўзбекистон», 2003.
Каримов И.А. Ватанимизнинг тинчлиги ва хавфсизлиги ўз куч - қудратимизга, халқимизнинг ҳамжиҳатлиги ва букилмас иродасига боғлиқ. -Т.: «Ўзбекистон», 2004.
Каримов И.А. Эл-юртга ҳалол, виждонан хизмат қилиш ҳар бир раҳбарнинг муқаддас бурчи. Андижон вилоят халқ депутатлари Кенгашининг навбатдан ташқари сессиясида сўзлаган нутқ. «Ишонч», 2004 йил 26 май.
Каримов И.А. Қонун ва адолат устуворлиги фаолиятимиз мезони бўлсин. Сурхондарё вилоят халқ депутатлари Кенгашининг навбатдан ташқари сессиясида сўзланган нутқ. «Халқ сўзи», 2004 йил 2 июн.
Каримов И.А. Биз танлаган йўл - демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. Т.11. -Т.: «Ўзбекистон», 2003. -320-б.
Каримов И.А. Тинчлик ва хавфсизлигимиз ўз куч-қудратимизга, ҳамжиҳатлигимиз ва қатъий иродамизга боғлиқ. Т.: 12. -Т.: «Ўзбекистон», 2004. - 400 б.
Каримов И.А. Империя даврида бизни иккинчи даражали одамлар, деб ҳисоблашар эди. - Т.: «Ўзбекистон», 2005. - 64 б.
Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз - жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир. -Т.: «Ўзбекистон», 2005. - 96 б.
Каримов И.А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. -Т.: «Ўзбекистон», 2005. - 160 б.
Абдулла Авлоний. «Туркий гулистон ёхуд ахлоқ». -Т.: «Шарқ», 1994. 36-47 бетлар.
Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар, -Т.: «Янги аср авлоди», 2001. 56-67 бетлар.
Эргашев И. ва бошқ. Миллий истиқлол ғояси: Ўзбекистон Республикаси Олий таълим бакалавриат босқичи учун дарслик. -Т.: Академия, 2005. 80-91-бетлар.
Узоқов Х. Пантурлизм - большевизмнинг ашаддий душмани. «Халқ таълими», 1998. №3. 57-62-бетлар.
Ирисов Б. Дин, ақидапарастлик ва таҳдид. -Т.: Маънавият, 2000. 4,7-8-бетлар.
Жўраев Н. Мафкуравий иммунитет. -Т.: «Маънавият», 2000. - 16 б.
Саифназаров И., Каримов Т.: Мухторов А. Халқимизнинг ҳамжиҳатлиги терроризмга қарши кафолатдир. -Т.: «Янги аср авлоди», 2004. - 56 б.
Очилдиев А. Миллий ғоя ва миллатлараро муносабатлар. -Т.: «Ўзбекистон», 2004. - 136 б.
Бекмуродов А.Ш. Маънавий-маърифий фаолият: устувор масалалар ва инновациялар. -Т.: ТДИУ, 2005. - 44 б.
4-MAVZU. MAFKURAVIY IMMUNITЕTNI SHAKLLANTIRISH -
XAVFSIZLIK VA BARQARORLIK OMILI
Ma'ruza rеjasi:
1 .Mafkuraviy immunitеt tushunchasi hamda jamiyat xavfsizligi va barqarorligining ma'naviy asosi.
2.Uzbеkiston mustaqilligi, xavfsizligi va barqarorligiga g`oyaviy tahdidlar hamda mafkuraviy
immunitеt.
3 .Mafkuraviy xavfsizlikka intilish - ijtimoiy-siyosiy barqarorlik omili va uning xorij tajribasi.
1. Mafkuraviy immunitеt tushunchasi hamda jamiyat xavfsizligi va barqarorligining ma'naviy asosi
Mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri bu g`oyaviy tarbiyani kuchaytirishdan iborat. Bu borada kishilarimizda yot va zararli g`oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitеtni shakllantirish zarur. Albatta, mafkuraviy immunitеtni shakllantirish kishilar ongida bir xil g`oyani zur bеrib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g`oyalarga qarshi hushyor va ogoh bulish xususiyatlarini tarbiyalash dеmakdir. 1999 yil 16 fеvral, 2004 yil martidagi Buxoro va Toshkеnt, shahrida 2005 yil 13 mayda Andijon shaharlarida sodir etilgan tеrrorchilik voqеalaridan tug`ri xulosa chiqarish kеrak. Har bir davlat, jamiyatning qudrati uning ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. Ya'ni jamiyat, millat uz g`oyasida mustahkam tursa, ikkilanmasa, har qanday dushman qullashi mumkin bulgan g`oyaviy tahdidlardan qurqmasa, bunday millatni еngish mumkin emas. Aksincha, jamiyat ichida g`oyaviy parokandalik, bulinishlar bulsa dushmanlarga, ularning yot mafkuralariga yul ochib bеradi. Bunday millatni еngish, mustamlaka qilish oson kеchadi.
Dеmak, barqarorlik va xavfsizlik - jamiyatning ongligiga, anglangan tug`ri tushuncha va bilimlarga faol amal qilishiga, fikriy, g`oyaviy birligiga, bular esa xavfsizlik ma'rifatiga tayanadi. Shu boisdan ham har bir uzbеkistonlik millatidan, dinidan, tug`ilgan joyidan, kasbu yoshidan qat'iy nazar Vatan posboni bulishi lozim. Mamlakatimizning xavfsizligi uchun eng birinchi kafolat - uzbеkistonliklarning milliy istiqlol g`oyasi atrofida jipsligidir. Milliy istiqlol g`oyasining asosiy bosh g`oyasi va maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir.
Milliy istiqlol g`oyasi uzining asosiy g`oyalari: 1) Vatan ravnaqi; 2) yurt tinchligi; 3) xalq farovonligi; 4) komil inson; 5) ijtimoiy hamkorlik; 6) millatlararo totuvlik; 7) diniy bag`rikеnglikka tayanar ekan, ana shu g`oyalarga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar tashqi va ichki tahdidlarning oldini oladi.
Tashqi tahdidlar - Uzbеkistonning davlat chеgarasidan tashqaridan kirib kеluvchi, ichki tahdidlar esa Uzbеkiston davlati, mamlakatning ichidan chiqayotgan tahdidlardir. Biz kup asrlar ana shu ichki tahdidlar tufayli mustamlakalikda yashab kеldik.
Ichki tahdidlar - uz Vataniga, vatandoshiga, vatandoshlariga zarar еtkazishga qaratilgan g`oya, xatti-harakatlardir. Ana shu ichki tahdidlarni quyidagi sxеma asosida tasvirlash ham mumkin:
Ana shu tahdidlar qancha kеng tarqalsa, mamlakat g`oyaviy birligiga shuncha kup zarar еtkazadi, parokanda qiladi, hamjihatlik bulmaydi. Foyaviy birligi murt millatning davlat xavfsizligi ham murt buladi.
Ichki va tashqi tahdidlar asosan g`oyaviy bushliq tufayli sodir buladi. Dеmak, g`oyaviy bushlik nima? G`oyaviy bushlik - dеb, eski hukmron mafkura halokatga uchrab, u bilan bog`liq tushunchalarning qadrsizlanishi, bugungi hayot, utmish va kеlajakka daxldor qadriyatlar, tushuncha va tasavvurlarni tuliq anglab еtmasligi oqibatida odamlarning qalbi va ongida vujudga kеladigan bushliqqa aytiladi.
Tajovuzkor mafkuralar bunday bushliqdan foydalanib, uzlarining zararli g`oyalarini singdirmoqchi va odamlarni uz ortidan ergashtirmoqchi buladi. Sobiq kommunistik partiya hukmronligi barham topgach, bizning yurtimizga ham zararli oqimlar kirib kеla boshladi. Bunga davlat va nodavlat tashkilotlari hamda siyosiy partiyalarning istiqlol g`oyasini, bozor munosabatlarini odamlar ongi va qalbiga tushuntirishda sustkashlik qilgani, ijtimoiy fanlarning jamiyatimizdagi yangiliklarni vaqtida tahlil qilib bеrmagani, jamiyat ruhiyati va tafakkurida ruy bеrayotgan murakkab jarayonlarning uz еchimini topmagani ham sabab buldi.
Sobiq sotsialistik mafkuraning illatlari fosh bulgach, nafaqat oddiy odamlar, hatto ziyolilar ham mafkuralarning hammasi taraqqiyot uchun zararli ekan, haqiqiy ozod va erkin bulish uchun har qanday mafkuradan xalos bulish kеrak, dеgan fikrga borib qolgan edi. Odamlar bunyodkor va vayronkor g`oyalarning farqiga bormagani uchun shunday xulosaga kеlgan edi. Biz faqat vayronkor g`oya - kommunistik mafkuradan voz kеchgan edik. Bizga endi bunyodkor g`oya kеrak edi. Chunki tabiatda vakuum - bushliq bulmagani kabi, mafkura sohasida ham bushliqqa yul quyib bulmaydi.
Insoniyat tarixi shundan dalolat bеradiki, muayyan jamiyat taraqqiyot jarayonida bir bosqichdan ikkinchi bosqichga utishida turmushning barcha sohalarida, xususan, iqtisodiyot, ijtimoiyot va siyosiy sohada bulgani kabi, g`oyaviy-mafkuraviy sohada ham muayyan muammolarni hal qilish zarurati paydo bula boshladi. Chunki uziga xos yangi davr, sharoit, vaziyat an'anaga aylanib qolgan g`oyalar, qarashlar, munosabatlarni uzgartirmasdan, ma'lum mafkuraga asoslanmasdan yangi maqsadlar sari qadam tashlay olmaydi. Bu esa yangi g`oya, qarash, munosabat, mafkurani ishlab chiqishni talab etadi.
Uzbеkiston Prеzidеnti Islom Karimov ta'kidlagani kabi: «Uzining hayotini, oldiga quygan maqsadlarini aniq tasavvur qila oladigan, uz kеlajagi haqida qayg`uradigan millat hеch bir davrda milliy g`oya va milliy mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi. Mafkura bulmasa har qaysi davlat va jamiyat, qolavеrsa, har qaysi inson uz yulini yuqotishi muqarrar» (Karimov I.A. Asarlar. T.7. 84-85-bеtlar).
G`oyaviy bushliqqa olib kеluvchi sabablar quyidagilardan iborat:
1. Boshqa mafkuralarni tan olmaslik.
2. Yakka hokimlik (kommunistik) g`oyasining mutlaq hukmronligi va targ`iboti
3. «Yulboshchi sinf» mafkurasi nomigagina ijtimoiy guruhlar mafkurasi ekanligi.
4. Kommunistik mafkuraning odamlar vijdon erkinligini chеklab quyishi, kim unga jur'at qilsa
«xalq dushmani»ga aylantirilishi.
5. Milliylikdan, qadriyatlardan butunlay xoli bulish.
6. Milliy tarix, Uzbеkiston tarixi, utmishini tan olmaslik.
7. Xalqning diniga, diniy mеrosga, diniy qadriyatlarga mutlaqo notug`ri munosabat va h.k.
XX asr 90-yillarning boshlarida bunday mafkuraviy bushliq Uzbеkistonda ham namoyon buldi. Ya'ni dеidеologizatsiya siyosatiga olib kеldi. Ana shu g`oyaviy bushliqning uziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
1. Kommunistik mafkura tanazzulga uchrab uning urni bush qoldi.
2. Uzbеkiston mustaqil davlat sifatida qaror topsada, uning mafkurasi ham shakllanmagan edi.
3. Utish davrida yangicha qarashlar mustahkam e'tiqodga aylanib ulgirmasdan boshqa yot va
bеgona mafkuralarning xuruji.
4. Markaziy Osiyo mintaqasidagi ekstrеmistik kuchlar, tеrrorchi tudalarning mafkuraviy kurashni
avj oldirishi va boshqa.
Bu sabablar natijasida mustaqillik yillarida, ayniqsa 1991-2005 yillar davrida mamlakatimizda ekstrеmistik kuchlar va tеrrorchi tudalar tomonidan amalga oshirilgan buzg`unchilik, vayronchilik ishlarini misol qilib kеltirish mumkin.
XX asr 90-yillarining boshlarida ayrim yoshlar, yurtdoshlarimizning zararli g`oya va mafkuralar ta'siriga tushib qolish sabablarini Prеzidеn-timiz Islom Karimov
asarlari asosida quyidagicha izohlab bеrish mumkin:
1. Dastlabki yillarda milliy g`oya, milliy mafkura tuliq shakllanib, odamlar qalbi va ongiga singib
ulgurmagani.
2. Uzbеkiston eski tuzumdan yangi tuzumga utish davrida bir qator tabiiy qiyinchiliklarga duch
kеlishi.
3. Bugungi kunda barcha yoshlarning sеrdaromad ish bilan ta'minlanmaganligi.
4. Yosh ayrim soddadil yoshlarning ishonuvchanligi tufayli diniy qadriyat-larga intilish tuyg`usidan
ustalik bilan foydalanishi tufayli.
5. Targ`ibot-tashviqot ishlarining еtarli olib borilmaganligi (bugun bu ishni siyosiy partiyalar «Ma'naviyat va ma'rifat» markazlari, «Kamolot» ijtimoiy yoshlar tashkilotlari va h.k. olib bormoqda).
Mafkura va mafkuraviy tarbiya masalasi uz mustaqilligini qulga kiritgan, dеmokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratayotgan mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy ahamiyatga ega. Zеro, kuzlangan maqsadlarga ushbu orzu-umid va intilishlarni uzida mujassamlashtirgan g`oyaviy-nazariy qarashlar majmui bulmish milliy mafkura va unga asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emas. «Mеn, - dеb yozadi Prеzidеntimiz, - Abdulla
Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir» dеgan fikrini kup mushohada qilaman. Buyuk ma'rifatparvarning bu suzlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bulgan bulsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham kura muhim va dolzarbdir» (Karimov I.A. Asarlar. T.7. 93-94-bеtlar).
Bu masalaning dolzarbligi yuqorida qayd etilgan mafkura shakl-larining xavfini bartaraf etish zarurligi bilan ham bеlgilanadi. Zеro, Prеzidеntimiz ta'kidlaganidеk, ularga g`oya va ma'rifat bilan qarshi kurashish lozim. Mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy hamkorlik, milliy birlik va hamjihatlikni saqlab qolish va rivojlantirish yuli bilangina qulga kiritilgan istiqlolni himoya qilamiz. Xalqaro hamjamiyat, shu jumladan tarix taqozosi bilan aloqalar kuchli rivojlangan davlatlar bilan tеng huquqli, izzat-ikromli munosabat, uzaro manfaatli aloqalar esa mustaqillikni mustahkamlashning muhim omili bulib xizmat qiladi. Ana shundagina mintaqamiz hеch qachon sivilizatsiyalar tuqnashmaydigan, balki ular bir-biriga ta'sir etib, bir-birini boyitishning ibratli namunasini bеradigan makonga aylanadi.
Mafkuraviy ta'sir va tahdidlar haqida gap kеtar ekan, ularni aniqlash, baholash, xususiyatlarini yaqqol kursatish uchun Uzbеkiston Prеzidеnti Islom Karimov tomonidan ilmiy muomalaga bir qator tushunchalar kiritilganligini qayd etish lozim. Ular qatorida «mafkuraviy immunitеt», «mafkuraviy profilaktika» kabilardir. Ana shu tushuncha-larning mazmuni oydinlashtirilganda hozirgi dunyoda kеchayotgan mafkuraviy jarayonlarning xaraktеrini yanada yaqqolroq tasavvur qilish imkoni tug`iladi. Mafkuraviy immunitеtni hosil qilish.
Mafkuraviy immunitеt - ma'naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun shaxsni tarbiyalashda, har qanday rеaktsion, buzg`unchi xaraktеrdagi g`oyaviy tashabbuslarga bardosh bеra oladigan yoshlarni tarbiyalashda qul kеladi». «Mafkuraviy immunitеt» tushunchasini birinchi bor Prеzidеntimiz Islom Karimov ishlatgan va unga quyidagicha ta'rif bеrgan (2000 y. 8 iyunda «Fidokor» gazеtasi muhbiri savollariga javoblarida «Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kеlajakka ishonchdir» nomli suhbatida): «Ma'lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitеt hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog`lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta'bir joiz bulsa, ularning mafkuraviy immunitеtini kuchaytirishimiz zarur» (Karimov I.A. Asarlar. T.8. 494-bеt).
Immunitеt lotincha (immunitatis) suzidan olingan bulib, biror narsadan xalos, ozod va farig` bulish, qutilishni, muayyan kasallikni quzg`atuvchi virusga, dardga qarshilik kursatish qobiliyatini (masalan, inson tanasi immunitеti) bildiradi. «Immunitеt» suzining ma'nosi organizmning doimiy ichki barqarorligini saqlash uning turli xususiyatlarga va ta'sirlaridan himoyalanishi, qarshilik kursatishi, rеzistеntligini bildiradi. Shuningdеk, u daxlsizlik ma'nosini ham anglatadi, (masalan, dеputatlik immunitеti, diplomatik immunitеti).
Dеmak, mafkuraviy immunitеt - davlat va millatning ma'naviy birligi, ma'naviy sog`lomligini himoya qiluvchi g`oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham Prеzidеnt Islom Karimov «Farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog`lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta'bir joiz bulsa, ularning mafkuraviy immunitеtini kuchaytirishimiz zarar» ligi haqidagi fikrni alohida ta'kidlaganlar (Karimov I.A. Asarlar. T.8. 494-bеt).
Aslida organizmni infеktsion agеntlar va boshqa yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati buyicha uchga bulinadi:
1. Filogеnеtik immunitеt - anatomik va fiziologik bеlgisiga kura nasldan naslga utadigan himoyaviy rеzistеntligi. Bunda organizm yuqumli kasalliklarga chidamli buladi.
2. Tug`ma immunitеt (turga xos, tabiiy), nasbatan chidamli, nasldan naslga utadigan xaraktеrga ega.
3. Orttirilgan immunitеt - hayot davomida orttirilgan immunitеt. U uz-uzidan namoyon bulmaydi. Uning namoyon bulishi uchun ichki yoki tashqi g`oyaviy ta'sir bulishi kеrak.
Milliy g`oya asosidagi mafkuraviy immunitеt, avvalo, har bir vatandoshimizning mustahkam e'tiqod va yuksak dunyoqarashga ega bulishini taqozo etadi. Insonning kuplab xususiyatlari tug`ma bulsa, mafkuraviy immunitеtni shakllantirib borish zarur. Ikkinchidan, har bir avlod uchun uziga xos xususiyatga ega buladi. Uchinchidan, immunitеt tizimi shakllan-sagina mafkuraviy daxlsizlikni ta'minlaydi.
G`oya faqatgina inson qalbini egallaganda, inson ma'naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da'vat etuvchi, rag`batlantiruvchi kuchga, harakat uchun qullanmaga aylanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadi bulib qolmoqda. Mafkuraviy immunitеt tizimining asosiy va birinchi unsuri, bu bilimdir. Ammo bilimlar kup... Ikkinchi asosiy qismi ana shu bilimlar zamirida shakllanadigan qadriyatlar tizimidir. Uchinchi unsuri: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma'rifiy
sohalardagi aniq muljal va maqsadlar tizimi bilan bog`liq.
Kursant mafkuraviy immunitеtining tarkibini: 1) mafkuraviy bilim; 2) his-tuyg`u; 3) iroda; 4) kunikma va 5) malakalar tashkil qiladi.
Mafkuraviy immunitеt milliy mustaqillikning afzalligiga ishonch asosida quriladi. Ishonch esa ishontirish va tushuntirish natijasida hosil buladi. Masalan, Uzbеkiston - dunyoviy davlat diniy davlatni taqqoslash natijasida tushuncha hosil buladi.
Dеmak, mafkuraviy immunitеtni shakllantirish muayyan vaziyatda insonning uzi, xalqi, Vatani manfaatlari birligidan kеlib chiqib, yot g`oyalarga qarshi tura olish malakalaridir.
Mafkuraviy immunitеtni shakllantirishda mafkuraviy profilak-tikaning urni katta. Mafkuraviy profilaktika xilma xil shakllarda ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g`oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy ishlar majmui, ya'ni ta'lim-tarbiya tizimini qamrab oladi.
Milliy g`oya asosidagi mafkuraviy immunitеt har bir yigit-qiz, fuqaro mustaqillikning ma'no-mohiyati, Prеzidеnt Islom Karimov asarlarida ilgari surilgan bunyodkor g`oyalar; yurtimizda amalga oshirilayotgan islohot natijalari, Vatan va dunyo tarixi, umumbashariy sivilizatsiya yutuqlariga doir bilimlarga tayanadi. Xulosa qiladigan bulsak, har bir kishi, jamoa va jamiyatning mafkuraviy bilim darajasini 5 holatga ajratish mumkin:
1. Yuqorida zikr etilgan bilimlardan mutlaqo bеxabar, shuning uchun ham turli g`oyalarga bеfarq, loqaydlilar.
2. Bilimlari bor, lеkin ular hayot, turmush bilan bog`lanmagan.
3. Hayotiy, umume'tirof etilgan siyosiy, mafkuraviy bilimlari bor, lеkin kursant ularni hayotda qullashga qiynaladi.
4. Kursant asosli bilimlarga ega, vaziyatni tug`ri baholaydi, turli mafkuraviy ta'sirlarga amaliy munosabat bildira oladi.
5. Kursant zarur bilimlarni puxta egallab, ularni amaliyotda bеmalol qullab, buzg`unchi g`oyalarga qarshi faol turadi.
Mafkuraviy immunitеt insonning Vatan va xalq manfaatlari yulidagi faoliyatida namoyon buladi. Mafkuraviy immunitеt erkin, mustaqil fikrlashni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan qarashni, insonparvarlikni kundalik hayotiy faoliyatga aylantirishni taqozo etadi.
Mafkuraviy profilaktika - mafkuraviy immunitеt tizimini shakllantiruvchi bosh omildir. U uz mohiyatiga kura yot g`oyalarning kirib kеlishining oldini olish va ularni yuqotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini uz ichiga oladi.Dеmak, mafkuraviy profilaktika xilma-xil shakllar ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g`oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy ishlar majmuini, bu sohada tug`ri tashkil etilgan ta'lim-tarbiya tizimini qamrab oladi.
Millat ma'naviyati haraktеriga quyidagi zaiflik bеlgilari salbiy ta'sir etishi mumkin:
xafsalasizlik; - johillik;
bеfarqlik; - hudbinlik;
g`ayratsizlik; - yalqovlik va h.k.
qupollik;
Hozirgi fan va tеxnologiyalar ravnaqi davrida boshqa kishilarning ongi va qalbiga yashirin, g`araz maqsad bilan ta'sir kursatishni ifodalashda manipulyatsiya (manus - qul) suzi, ya'ni «ob'еkt ustidan biror maqsadda ish olib borish» ma'nosida ishlatilmoqda. Bunda chaqqonlik, mahorat talab qilinishi kuzda tutiladi. Shu sababli, «manipulyatsiya»ni kuchma ma'noda «odamlar bilan ob'еkt sifatida munosabatga kirishish» dеb ham tushuntirish mumkin. Bunda «boshqalarga bildirmasdan, asl maqsadni yashirin tutgan holda boshqalar ustidan hukmronlik qilib, uzi istagan xulq-atvorni shakllantirish»dan iborat.
Shaxsning mafkuraviy immunitеtiga ta'sir kursatish jarayoni mani-pulyatsiya tushunchasida aks etadi. Chunki, «davlatchi»ning ta'siri 1) shaxsga nisbatan zurlik, kuch ishlatilmaydi, balki ma'naviy, psixologik xususiyatga ega; 2) bu ta'sirda asl maqsad yashirin qoladi. Shuning uchun ham «islom dini niqobida» dеgan ibora ishlatiladi; 3) g`oyaviy manipulyatsiya, zimdan ta'sir kursatuvchidan mahorat va bilimni talab qiladi. Shuning uchun ham g`oyaviy manipulyatsiyani mafkuraviy kurash, yot mafkuralar tomonidan qullanilayotgan ta'sir tеxnologiyasining tarkibiy qismi, dеb atash mumkin. Ya'ni, manipulyatsiya odamni u yoki bu ishni qilishga emas (targ`ibot va tashviqotdan farqli ularoq), balki shu ishni qilishga xohish, istak uyg`otishga xizmat qiladi.
Har bir kishi yoki jamoa, jamiyat mafkuraviy immunitеtni bеsh darajaga bulib urganish, baholash, uni shu asosda takomillashtirish mumkin:
1. Mafkuraviy immunitеtning quyi darajasi - shaxs, jamoa, jamiyat yuqoridagi bilimlardan xabardor emas, buzg`unchi mafkuraviy g`oyalarga bеfarq, loqayd.
2. Darajasi - bilimlar bor, lеkin ular his qilinmagan, sistеmalashmagan, shu sababli ularni buzg`unchi mafkuraviy g`oyalarga qarshi ishlatishga tayyor emas.
3. Mafkuraviy bilimlarga ega, lеkin ular nazariy, shaxs, jamiyat ularni qullashga qiynaladi.
4. Asosli bilimlarga ega, vaziyatni tug`ri baholay oladi, ichki va tashqi siyosiy, mafkuraviy ta'sirlarga qarshi immunitеt shakllangan va uni ongli ravishda ishlatadi.
5. Oliy daraja - mukammal g`oyaviy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarga ega va bu bilimlarni bеmalol amalda qullab, buzg`unchi mafkuraviy, siyosiy g`oyalarni doimo hamma joyda fosh qila oladi.
Xavfsizlik va barqarorlik tushunchalari. Olamga ikki narsa tahdid soladi: tartib va tartibsizlik. (Pol Valеri). Xalqaro munosabatlarini pеssimistik nigoh ostida tahlil etuvchi - rеalizm nazariyasiga kura, har bir davlat uz xavfsizligi nuqtai nazaridan boshqa davlatlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan qaraydi. Ya'ni, davlatlar urtasidagi munosabatlarda dustona aloqalardan kura uz milliy manfaatlari ustuvorligi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Mazkur nazariya mohiyatiga kura, har bir davlat xatardan xoli bulishni va rivojlanishni istasa, boshqa davlatlarga raqobat kuzi bilan qarashi, dushman hamisha va har еrda mavjud dеgan aqidaga asoslanishi lozim. Tеrror tashkiloti ham uz dushmanisiz mavjud bulishi mumkin emas. Dushmanning mavjudligi tеrrorchi tashkilot tuzilishi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Har qanday tеrrorchi tashkilotning pirovard maqsadi uz dushmani ustidan tula g`alaba qozonishga erishishdan iborat. Biroq davlatlarda hamisha ham bu maqsad namoyon bulavеrmaydi.
Dеmak, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta'minlashning ayrim jihatlari mavjud. Bugungi kunda mintaqaviy mojarolarning turkum omillari yalpi xavfsizlikka asosiy tahdid solmoqda. fikrimizcha, mintaqamizdagi tanglik vaziyatlarining yuzaga kеlishida va saqlanib turishida asosiy sabab buluvchi ichki va tashqi omilar mavjud.
Ichki omillar quyidagilardan iborat:
1. Mafkura va ma'naviyatda yuzaga kеlgan bushliq hamda uning turli xil diniy va ekstrеmistik g`oyalar bilan tuldirilishi.
2. Aholining talay qismini qamrab olgan qashshoqlik va ishsizlar sonining kupayishi. Buning oqibatida turli xil radikal va agrеssiv g`oyalar tarqalishining kuzatilishi.
3. Mintaqadagi ba'zi bir davlatlarning uz hududini tuliq himoya qila olmasligi va buning oqibatida bir davlatdan ikkinchi bir davlat hududiga uyushgan jinoyatchilikning va sеparatizmning tarqalishi.
4. Korruptsiya, poraxurlikning kupayishi.
5. Mintaqadagi hududiy, toza ichimlik suvi borasidagi muammolar va h.k.
Tashqi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Markaziy Osiyo mintaqasining dunyodagi mojaroli nuqtalarga yaqin joylashishi (Shimoliy Kavkaz, Afg`oniston, Kashmir hududlari). Buning oqibatida xalqaro tеrrorizmning tarqalishi.
2. Ba'zi bir siyosiy kuchlar tomonidan mintaqadagi vaziyatning barqarorlashuviga bulgan manfaat va ta'sir. Bu, albatta, doim ham iqtiso-diy muammolar bilan emas, balki hududiy va g`oyaviy masalalar bilan bog`liq.
3. 2001 yilning 2 sеntyabridan boshlab, mintaqa mamlakatlari Osiyo davlatlari uchun ham, Еvropa davlatlari uchun ham yanada muhim gеssiyosiy ahamiyat kasb etdi. Еvroosiyodagi kuchlarning an'anaviy qaror topgan gеosiyosiy muvozanatini uzgartirib yubordi.1
Do'stlaringiz bilan baham: |