I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar



Download 0,89 Mb.
bet52/189
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#495700
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   189
Bog'liq
BK20.01.2016

118-modda. Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. Qonunchilikda belgilangan tovarlarning alohida toifasini bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirilayotganda qo‘shimcha ravishda bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etiladi.
(118-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda tranziti amalga oshiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
119-modda. Bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq bojxona hududi bo‘ylab olib o‘tiladigan tovar bilan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar
Bojxona tranziti bojxona rejimida turgan tovar bilan oraliq bojxona organi nazorati ostida quyidagi yuk operatsiyalarini va boshqa operatsiyalarni bajarishga yo‘l qo‘yiladi:
tovarni bojxona hududiga olib kirgan transport vositasidan olib, shu hududdan olib chiqadigan transport vositasiga yuklash;
bojxona tranziti bojxona rejimining amal qilish muddatini to‘xtatib turish uchun, shu jumladan tovar tashilayotgan transport vositasi buzilib qolgan taqdirda shunday qilish uchun vaqtincha saqlash joylarida tovarni tushirish va vaqtincha joylab qo‘yish (saqlash, turkumlarga bo‘lish yoki turkumlarga to‘plash va boshqa shu kabi operatsiyalar). Tovarni vaqtincha joylab qo‘yish muddati mazkur operatsiyalarni bajarish uchun ketadigan vaqtdan yoxud transport vositasini ta’mirlash-tiklash ishlariga ketadigan vaqtdan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi, biroq bu muddat tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining eng ko‘p muddatlaridan oshmasligi kerak.
O‘zining faoliyat ko‘rsatish zonasida bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan ruxsat etilgan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar amalga oshiriladigan bojxona organi oraliq bojxona organi hisoblanadi.
Agar bajariladigan operatsiyalar tovar ustidan bundan buyongi bojxona nazoratini amalga oshirish imkoni bo‘lmasligiga olib kelsa, oraliq bojxona organi ushbu tovar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlashga haqli.
Avariya, yengib bo‘lmas kuch ta’siri yoki bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq tovarning tashilishiga to‘sqinlik qiladigan boshqa holatlarda, tashuvchi tovarning va transport vositasining but saqlanishini ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘rishi, eng yaqin bojxona organiga ushbu holatlar va tovar turgan joy to‘g‘risida darhol xabar qilishi, shuningdek tovarni eng yaqin bojxona organiga yoki bojxona organi ko‘rsatgan boshqa joyga tashib o‘tishi yoki tashilishini ta’minlashi shart.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish