I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi



Download 0,89 Mb.
bet11/189
Sana16.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#495700
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   189
Bog'liq
BK20.01.2016

21-modda. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona nazorati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta’minlash uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkaziladigan bojxona operatsiyalari majmui bojxona rasmiylashtiruvi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qonunchilikda nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emas.
(21-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
22-modda. Shartli chiqarib yuborilgan tovarlar
Shaxsning belgilangan talablar va shartlarga rioya etish majburiyatlariga bog‘liq tarzda tovarning chiqarib yuborilishi shartli chiqarib yuborish hisoblanadi.
Quyidagilar shartli chiqarib yuborilgan tovarlar deb hisoblanadi:
a) bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berilganligi munosabati bilan foydalanilishi va tasarruf etilishi cheklangan tovarlar;
b) boj olinmaydigan savdo, bojxona hududida qayta ishlash, vaqtincha olib kirish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar;
v) bojxona to‘lovlari shartli bojxona qiymatini aniqlash asosida to‘langan tovarlar;
g) bojxona to‘lovlari davriy bojxona to‘lovlari shaklida to‘langan tovarlar;
d) zarur hujjatlar (bundan muvofiqlik sertifikati va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlar mustasno) va ma’lumotlar taqdim etilmagan tovarlar;
e) bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga muvofiq rasmiylashtirilgan tovarlar.
Mazkur moddaning ikkinchi qismi “a” bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan faqat bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish shartlariga muvofiq bo‘lgan maqsadda foydalanilishi mumkin. Mazkur tovarlardan ular nima maqsadda shartli chiqarilgan bo‘lsa, faqat o‘sha maqsadda foydalanilishi lozim. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar to‘langan taqdirda shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Mazkur moddaning ikkinchi qismi “d” bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlarni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan ularni sotish yoki o‘zga usulda boshqa shaxsga o‘tkazish orqali berish taqiqlanadi, mazkur tovarlarni olib kirishga doir cheklovlar ushbu tovarlarning sifati va xavfsizligi tekshirilishi munosabati bilan belgilangan hollarda esa, har qanday shaklda foydalanish (ishlatish) taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlar, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartli chiqarib yuborishning shartlari bo‘yicha majburiyatlar bajarilguniga qadar shartli chiqarilgan hisoblanadi.
(22-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish