odamga bir kishi tamonidan yordam ko’rsatilayotgan bo’lsa, 2:15 nisbatida ish
ko’rishni, ya’ni o’pkaga 2 marta jadal nafas berilgandan so’ng ko’krak qafasi bir soniya
oralatib 15 marta bosish tavsiya etiladi. Agar yordamni 2 kishi berayotgan bo’lsa, biri
yurakni massaj qilsa 2-chisi sun’iy nafas berishi lozim. Ikkala yordamchining harakati
o’zaro kelishilgan bo’lishi kerak. Nafas berish ko’krakni bosish bilan bir vaqtda amalga
oshirilmaydi, chunki o’pka yorilib ketishi mumkin.
15.9-rasm. Elektr tok ta’siriga tushganlarga birinchi yordam
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
ko’rsatish usullari va choralari
194
15.10-rasm. Jarohatlanganlarga sun’iy nafas berishdan oldingi jarayon
Buning oldini olish uchun 1:5 nisbatda ish tutiladi, ya’ni yordamchi 1 marta nafas bersa,
ikkinchisi 5 marta yurakni massaj qiladi.
Yurakning tashqi massaji juda oddiy va bemorning hayotini saqlab qolishda yordam beradi.
Yurakning masaji vrach kelgunicha yoki odam o’lgunicha qo’llaniladi. Yurak massajini barcha
insonlar bilishi shart. Ayniqsa avtobus, taksi haydovchilari, DAN xodimlari bilishlari shart.
Buning oldini olish uchun 1:5 nisbatda ish tutiladi, ya’ni yordamchi 1 marta nafas bersa,
ikkinchisi 5 marta yurakni massaj qiladi.
Sun’iy nafas oldirish «og’izdan og’izga» va «og’izdan burunga» usullarida bajariladi.
«Og’izdan og’izga» usuli «og’izdan burunga» usulidan afzalroqdir, chunki burun yo’llaridan
shilimshiq va suyuqlikni yo’qotish qiyin bo’ladi. Ba’zi hollarda sun’iy nafas berish vositasi
sifatida
plastmassali naychalardan ham keng foydalanadilar.
15.10-rasm. Yurakni tashqi massaj qilish usuli
Agar jabrlanuvchining nafas olishi to’xtagan bo’lsa yoki u qiynalib nafas olayotgan bo’lsa, u
holda unga sun’iy nafas oldiriladi va yuragi o’qalanadi. Sun’iy nafas oldirish, bemor o’ziga
kelguncha davom ettiriladi. Bir me’yorda nafas olish boshlangach, sun’iy nafas oldirish
to’xtatiladi.
Yurakni o’qalash - bu bemor ko’krak qafasining pastki uchdan bir qismini bir maromda
siqishdan iborat. Bu usul turli sabablarga ko’ra yurak urishi to’xtaganda qo’llaniladi. Buning
uchun
bemorni qattiq yuzaga, chalqanchasiga yotqiziladi. Yordam ko’rsatuvchi tizzada turib kaftini
ko’krakning pastki qismiga qo’yadi. Ikkinchi qo’lning kaftini birinchisining ustiga qo’yib,
ko’krak
qafasini pastki tomondan bir maromda tez-tez bosadi, bunda faqat qo’lining kuchi emas, balki
tanasining og’irligidan ham foydalaniladi. Bosish tezligi daqiqaiga 50-60 marta takrorlanishi
kerak.
Yordam ko’rsatishda ikki kishi qatnashishi kerak - biri yurakni ustidan o’qalaydi, ikkinchisi -
sun’iy
nafas oldiradi.
Dastlab bemorning og’zi ochiladi va zarur bo’lsa dastro’mol, doka yoki har qanday
yumshoq mato bilan og’izda suyuqlik qolmaydigan qilib tozalanadi. Yordam ko’rsatuvchi
bemorning bosh tomonida tizzada turib, bir kaftini bemorning bo’yni ostiga qo’yadi, ikkinchi
qo’lini peshonasiga bosib, boshini iloji boricha orqaga og’diradi, so’ngra barmoqlari bilan
bemorning burun-kataklari yonidan siqib og’iz ochiladi. Boshni orqaga oldirish til tushib ketib,
nafas yo’lini berkitmasligi uchun zarur. Yordam beruvchining o’zi havo tortib, og’zini (doqa
orqali
qilish ham mumkin) bemorning ochiq og’ziga zich qo’yadi va bemorning ko’kragi ko’tarilgunga
qadar unga kuchli havo puflaydi. Puflangan havo qaytib chiqishida halal bermaslik kerak.
Daqiqaga
195
12-20 marta havo puflash tavsiya etiladi. Bu davr bemor mustaqil nafas olishi boshlangunga
qadar
davom ettirriladi.
Suvga cho’kkanlarga birinchi yordam ko’rsatish avvalambor o’pkadagi suyuqlikni haydab
chiqarishdan boshlanadi. Ya’ni jarohatlangan shaxs tili og’iz bo’shlig’idan tortib olinib
dastro’mol
yoki yopishqoq lenta bilan fiksatsiya qilinib nafas yo’li ochiladi. Shundan keyingina
jarohatlangan
shaxs tizzaga qorin bo’shlig’i orqali joylashtirilib tananing orqa qismidan pastdan yuqori tomon
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
qo’lning kaft qismi bilan sekin massaj qilinadi. Qorin bo’shlig’idan suyuqlik haydab
chiqilgandan
keyin, jarohatlangan sun’iy nafas beriladi.
15.11-rasm. Suvga cho’kkanlarni tilini fiksatsiyalash va organizmdan
suyuqlikni haydab chiqarish usuli
Quturgan hayvonlarni tishlashi natijasida birinchi yordam ko’rsatayotganda oqayotgan
qonni tez to’xtatishga harakat qilmaslik kerak, negaki virus hayvonning so’lagi orqali o’tib,
bosh
va orqa miya hujayralarini shikastlantiradi. Inkubatsion oraliq 12-60 kun davom etadi.
Tishlangan
joy terisi atrofiga keng qilib bir necha marta dezinfektsiyalovchi aralashma (yod-spirtli
aralashma,
vino-spirti bilan, kaliy permanganat aralashmasi) yordamida ishlov berilib, so’ng
zararsizlantirilgan
bog’ichni bog’lab qo’yiladi.
Ilon chaqishi inson hayoti uchun juda xavfli bo’lib, u chaqqandan so’ng og’riq, qizarish va
qon oqishi, og’izda qurish paydo bo’ladi, chanqash, uyqu tortish, ko’ngil aynish, tomir tortishi,
so’z
buzilishi, yutilish, ayrim vaqtlarda qo’zg’aluvchi qismlarning falajlanishi vujudga keladi.
Chaqqan
vaqtning birinchi ikki daqiqasi ichida, chaqqan joyidan yuqoriroq qismidan qon to’xtatadigan
jgut,
buramalar qo’yiladi, so’ng chaqqan joydagi teri qon chiqquncha kesiladi va shu joyda so’rib
tashlash uchun banka qo’yiladi. Keyin yaraga kaliy permanganat yoki natriy gidrokarbonat
aralashmalari yordamida ishlov berilib, boylagich bilan bog’lab qo’yiladi. Og’riqni qoldirish
uchun
analgin, amidopirin ishlatiladi va ko’p suyuqlik (sut, choy, suv) ichiriladi. Agar vaqtni boy
berilsa,
hiqildoqda shish paydo bo’lishi va yurakning urishi to’xtashi mumkin.
Qishloq xo’jaligi ishlarini bajarish vaqtida ari va asalarilar ko’p chaqishi mumkin. Buning
ko’p marta takrorlanishi o’limga olib kelishi mumkin. Shuning uchun teridan arilar ignasini
sug’urib tashlab, yara joyiga zararsizlantiruvchi aralashma bilan ishlov berish lozim. Og’riq va
shishni kamaytirish uchun teriga gidrokartizonli surtma surtiladi.
196
Do'stlaringiz bilan baham: |