§ 14. QUTQARUV VA SHOSHILINCH TUZATISH-TIKLASH
ISHLARINI TASHKIL QILISH VA OLIB BORISH
Reja:
14.1. Qutqaruv va shoshilinch tuzatish-tiklash ishlarini olib borish va tashkil qilishdan maqsad.
14.2. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishning kuch va vositalari.
14.3. Qutqarish ishlarini tashkil qilish bo’yicha fuqaro muhofazasi boshlig’i va shtabining
vazifalari.
14.4. Zilzila, suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlarda, hamda texnogen- falokatlarda qutqarish
ishlari
Tayanch iboralar:
qutqarish ishlari, zararsizlantirish, fuqaro muhofazasi qo’shinlari,
qidiruv qutqaruv markazi, maxsus harbiylashtirilgan qidiruv qutqaruv qo’shinlari, davlat suvda
qutqaruv xizmati, 050 xizmati.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuni. Toshkent, 20 avgust 1999.
2. O’zbekiston Respublikasi «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» ga Qonuni. 26 may 2002.
3. Akimov N.I., Ilin V.G. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida grajdan mudofaasi».
Toshkent «Mehnat» 1989.
14.1. Qutqaruv va shoshilinch tuzatish-tiklash ishlarini olib borish va tashkil qilishdan
maqsad
Qutqaruv va shoshilinch tuzatish - tiklash ishlari murakkab sharoitlarda kuchli
vayronagarchilik va nurab tushish ehtimoli bo’lgan hollarda; kimyoviy va bakteriologik
zararlanganda; kuchli yong’inlarda; baxtsiz hodisa yuz berganda o’tkaziladi.
Yalpi qirg’in qurollarining oqibati, qurolning turiga, qo’llanilishiga, ob’ektning portlash
o’chog’idan uzoq yaqinligiga, relefga, ob’ektlarning chidamliligiga bog’liq bo’ladi.
Agar favqulodda vaziyatlar yoz vaqtida vujudga kelsa, katta ekinzorlar, chorva mollari, suv,
suv havzalari va boshqalar radioaktiv modda bilan zaharlanishi mumkin. Zararlangan
o’choqlarda
qutqaruv ishlarini olib borish uchun razvetka ishlari olib boriladi. Aholi punktlari hududni
zararsizlantirish, radiatsiyaga qarshi pana joylarni, omborxona va boshqa imoratlarni, suv va
suv
xavzalarini zararlanishdan qo’riqlash va himoya qilish kerak bo’ladi. Bunday ishlar har qanday
sharoitda odamlarni qutqarish va shikastlanganlarga yordam berish maqsadida olib boriladi.
Maqsad moddiy boyliklarni qutqarish, himoya qilish, keyinchalik ob’ektlarning ishlab chiqarish
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
sharoitlarini tiklash.
Qutqaruv ishlarini muvaffaqiyatli o’tishi uchun razvetka ishlarini o’z vaqtida tashkil etish,
bor kuch va vositalarni tezlik bilan ishga hozirlash, shaxsiy tarkibni jismoniy va psixologik
tayyorgarligini kuchaytirish, shikastlanganlarga birinchi yordamni ko’rsatish, hamda aholini
faol
ishtirokini ta’minlashdan iborat.
Qutqaruv ishlarini muvaffaqiyatli bajarish maqsadida FM boshlig’i, shtab xodimlari,
xizmatchilar, guro’h qo’mondonlari guro’hlarning ish olib borish harakati va marshrutini
oldindan
bilishi kerak. Razvetka uyushtirish bu FM boshlig’i, shtab boshlig’i bo’linma boshliqlarining eng
birinchi vazifasidir. Razvetka vazifalarini FM boshlig’i belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |