SXEMASI
Foydalanilayotgan qisqartirishlar:
NDX — navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari; MBP — mobil boshqaruv punktlari;
FVB — FV boshqarmalari; FV - bo’limlari;
TNX — tezkor navbatchilik xizmatlari; LNKT — laboratoriya nazorati kuzatish
tarmog’i;
TVBM — tang vaziyatlarda boshqaruv markazi; BP — boshqaruv punkti.
10.1-rasm. O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar davlat boshqaruv tizimini
Davlat tizimining asosiy maqsadi boshqarish organlarini, Respublika va mahalliy boshqaruv,
korxona, tashkilot idoralarni kuch va vositalarni birlashtiradi va aholini, hududlarni favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni sodir bo’lishini oldini olish va
oqibatlarini
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
148
tugatish masalalarini hal etishga asoslangan. Mazkur tizim vakolatiga atrof - muhitni muhofaza
qilish, tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlardan davlat iqtisodiyotiga etkaziladigan
zararni kamaytirish masalalari ham o’rin olgan.
Davlat tizimi 14 ta hududiy, 22 ta funksional va 1 ta axborot - boshqaruv quyi tizimlaridan
iborat. Davlat tizimi 3 darajada faoliyat ko’rsatadi, bular Respublika, mahalliy va ob’ekt
darajalaridir. Qayd etilgan har bir darajalarda bo’lishi shart bo’lgan beshta bo’g’inlar mavjud.
Jumladan, har bir daraja tarkibida rahbar organlar, kundalik boshqaruv organlari, favqulodda
vaziyat oqibatlarini tugatish kuch va vositalari, favqulodda vaziyatni bartaraf etishda zarur
bo’ladigan moliyaviy va moddiy vositalar zaxirasi hamda axborot, aloqa va ma’lumotlar bilan
ta’minlash tizimidan iborat.
FVDT o’z ish faoliyatini uchta ish kuni tartibi (rejim) da olib boradi. Kundalik ish faoliyati
tartibida barcha tashkilotlar, ob’ektlar, hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilish
amalga
oshiriladi, kuch va vositalarni tayyorlashni takomillashtirish, aholini muhofazalanish harakatiga
o’rgatish ishlari olib boriladi.
Kuchaytirilgan yoki yuqori tayyorgarlik ish kuni tartibida faoliyat ko’rsatish favqulodda
vaziyat yuzaga kelish xavfi tug’ilganda yoki sharoit yomonlashgani to’g’risida ma’lumot olingan
taqdirda joriy etiladi.
Favqulodda vaziyat ish kuni tartibida, favqulodda vaziyat sodir bo’lsa, uning oqibatlarini
tugatish maqsadida qo’yiladi. Davlat tizimining bunday faoliyat ko’rsatish rejimlariga
ko’rsatma
berish huquqi Respublika Prezidenti, Fuqaro muhofazasi boshliqlari (O’zbekiston Respublikasi
bosh vaziri, Qoraqalpog’iston Vazirlar mahkamasi raisi, Toshkent shahri va viloyatlar
hokimlari)
vakolatiga kiradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, favqulodda vaziyat sodir bo’lib, uni bartaraf etishda
Sog’liqni saqlash, Ichki ishlar, Mudofa vazirligi, O’zkimyo, O’zbekiston Havo yo’llari,
O’zbekiston
temir yo’llari va boshqa tashkilotlarning bo’limlariga ehtiyoj sezilganda ularni jalb qilish
maqsadga
muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |