9.3. Favqulodda vaziyatlarda yuzaga keladigan
zararlanish o’chog’lari, ularning turlari
Respublikamiz hududlarida ko’chki jarayoni tarqalgan eng ko’p ko’chki maydonlari
Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Fargona, Samarqand va Namangan viloyatlari
hududlariga
to’g’ri keladi.
Uzoq muddatli jala yog’ishi va muzliklarning qisqa muddatda kuchli erishi oqibatida daryo
o’zanlaridagi suv miqdori keskin ko’payib ketadi. Natijada suv bilan aralashgan (qum, shag’al,
dag’al bo’lakli jinslar) oqim paydo bo’lishi natijasida maydonning quyi qismlarida katta kuchga
ega
bo’lib ko’pgina qo’poruvchilik ishlarini amalga oshiradi. Ko’rinib turibdikii sel o’chog’i paydo
bo’lishining asosiy ko’rsatkichi gidrometeorologik sharoit hisoblanadi.
Yer ko’chishi yonbag’irning qiyalygiga, tog’ jinsi tarkibiga, atmosfera yog’inlari miqdoriga
bog’liq holda rivojlanadi. Yonbag’ir qiyaligi qanchalik katta bo’lsa, ko’chkining tezligi
shunchalik
katta bo’ladi. Ko’p hollarda ko’chki ekzogen jarayonlardan sel, jarlanish, cho’kish hodisalari
bilan
uyg’unlashib ketadi. Yer ko’chishi oqibatida aholi yashaydigan hududlar va qishloq xo’jaligi
ekinlari dalalari zaralanadi va nobud bo’ldi. Kommunikatsiya va ta’minot tizimi izdan
chiqishiga
olib keladi. Tuproqning hosildor qatlami zararlanadi.
Bundan tashqari suv havzalari atrofidagi yonbag’irlarda ko’chki sodir bo’lishi qoyalardan
tog’ jinslari o’pirilishi bilan xavzadagi suv toshib chiqishi va to’g’onlarning bexosdan buzilib
ketishi oqibatida toshqinlar sodir bo’lishi mumkin. Odatda bunday toshqinlar juda xavfli
bo’ladi.
Toshqinlarning yana bir turi shamolning katta tezligi bilan bogliq bo’lib, dengiz suvini
qirg’oqlarga
ma’lum balandlikda bostirib kelishidan paydo bo’ladi. Selli toshqinlar odatda qisqa vaqtda
paydo
bo’lib, asosiy xususiyatlaridan biri shitob bilan suv kelishi oqibatida suv inshootlari atrofini,
qirg’oqlarni, ba’zan to’g’on va ko’priklarni yuvib ketadi.
Halokatli suv bosishning shikastlovchi omillari va ko’rsatkichlari suv omborining
o’lchamlariga, to’g’onning balandligiga, urib ketgan to’lqinning tezligi va balandligiga, yer
yuzasining relyefiga va boshqa sharoitlarga ham bog’liq bo’ladi.
Ayniqsa zilzila tufayli vujudga keladigan favqulodda holat o’chog’lari eng xavli va og’ir
vaziyatlardan biri bo’lib, uning natijasida nafaqat vayronagarchilik va aholini nobud bo’lishini
kuzatish mumkin, balkim zilzila tufayli vujudga keladigan ikkilamchi favqulodda vaziyat
o’chog’ini ko’rish mumkin, ya’ni bunga turli kassaliklar o’chog’ini vujudga kelishi, ishlab
chiqarish
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
vositalari ishlamasligi va yo’llar vayronagarchiligi tufayli oziq-ovqat tanqisligi, zaharli va xavli
ob’ektlarda shikastlanishlar tufayli turli zararli moddalarni atmosferaga tarqalishi va h.k..
Ayniqsa kimyoviy va radiatsion xavfli inshootlardagi halokatlar natijasida radioaktiv va
kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning atrof - muhitga tarqalishi, tufayli, turli xavfli
o’choqlarni
144
vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Radiatsion, kimyoviy va biologik vositalardan foydalanadigan ishlab chiqarish korxonalari
hududlarida vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish lozim va ko’riladigan
talafotlarning oldini olishga, moddiy zararni qisman bo’lsa ham kamaytirishga erishish mumkin.
Odamlarni vujudga kelgan xavf oldida aniq, tez harakat qilishga, qutqarish ishlarini unumli
o’tkazish uchun barcha yoshdagi fuqarolar, o’z ishlash faoliyatlaridan qat’iy nazar muhofaza
tadbirlarini bilish uchun o’qitilishi, kerak bo’lsa malakasini oshirib borishi lozim. Shu sababli
yuqorida ko’rib o’tilgan kimyoviy va radiatsion xavfli inshootlarda sodir bo’lishi mumkin
bo’lgan
halokatlarning kelib chiqishi sabablarini tahminlash va baholash to’g’risidagi ma’lumotlarni
tahlil
qilish natijasida kerakli chora - tadbirlar ishlab chiqish va aholi o’rtasida o’quv mashqlarini
reja
asosida tashkil etish o’z samaradorligini beradi.
Nazorat uchun savollar
1. Favqulodda vaziyatlar deganda nimani tushunasiz?
2. Favqulodda vaziyatlarni vujudga kelish sabablari nimadan iborat?
3. Qanday turdagi favqulodda vaziyatlarni bilasiz?
4. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish mumkinmi?
5. Favqulodda vaziyatlar vazirligi vazifalari nimadan iborat?
6. Tabiiy ofat, texnogen va antropogen halokatlar deganda nimani tushunasiz?
7. Halokat va katastrofalar deganda nimani tushunasiz?
8. Halokat va katastrofalarni vujudga kelish sabalari?
9. Radioaktiv zaharlanish to’g’risida nimalarni bilasiz?
10. Radioaktiv zaharlanish omillari va sabalari nimadan iborat?
11. O’zbekiston hududida vujudga keladigan va kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar
turini aytib bering.
145
Do'stlaringiz bilan baham: |