Bog'liq O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
Nol simga ulash . Tok o’tkazmaydigan qismlarda kuchlanish paydo bo’lganda undan jarohatlanishni oldini olish uchun bu qismlarga tarmoqning nol simi ulab qo’yiladi, faza simlaridan biri korpusga tegib qolganda, shu faza bilan nol simi qisqa tutashadi va u orqali katga tok oqadi. Bu tok eruvchan himoyalagich yoki boshqa himoya vositasiga avtomatik ta’sir etib, uni ishga tushiradi, ya’ni shikastlangan fazani avtomatik tarzda uzadi. Bu usul odatda nol simi yerga ulangan kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan uch fazali to’rt simli tarmoqlarda qo’llaniladi (7.4-rasm). 7.3-rasm. Uskuna va elektr qurilmalarni 7.4-rasm. Nol simga ulash sxemasi himoyalovchi yerga ulash sxemasi 1- tok iste’molchisi; 2-himoya qurilmasi. 1-yerga ulagichlar; 2- tutgich; Rasm 7.5. Chorva komplekslarida potentsiallarni tenglashtirish usuli Bitta tarmoqdan ta’minlanuvchi elektr qurilmalar korpuslarini yerga va nol simga ulash 122 mutlaqo mumkin emas. Chunki bunda yerga ulangan qurilma fazalaridan birining himoyasi shikastlanib korpusga tegib qolganda uning yerdagi simi orqali katta tok o’tib, yer bilan korpus orasida kuchlanish paydo bo’lib qoladi. Bu tok miqdor jihatdan nolga ulash rejimidagidan kam bo’lganligi uchun himoya vositasini ishga tushira olmaydi. Ammo bitta elektr uskunasi bir vaqtda nol simga va yerga ulash xavfsizligi nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki bunda yerga ulab qo’yilgan himoya nol simi yerga qayta ulanib qoladi. Elektr qurilmalarni kutilmagan va elektr halokat holatida avtomatik tarzda o’chirishni ta’minlash uchun himoyalovchi avtomatik ajratgichlardan keng foydalanadilar. Uzgichlarning ishonchli ishlashi yerga ulash simlari kesimining to’g’ri tanlanishiga bog’liq. Yerga ulash simining PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
kesimi to’g’ri tanlanganda korpus yoki nol simga tutashganda eng yaqin saqlagich eruvchan quymasining nominal tokidan 3 marta va avtomatik uzgich tokidan 3 marta katta tok paydo bo’ladi. Qishloq xo’jaligida elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish uchun quyidagi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: • ishlab turgan butun elektr jihozlarini iste’molchilarning elektr qurilmalarini ishlatishda rioya qilinadigan texnik ishlatish qoidalari va texnika xavfsizligi qoidalari talablariga javob beradigan holatga keltirish; • mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, elektr qurilmalar bilan ishlash xavfsizligini oshiradigan qo’shimcha tadbirlar ko’rish; • elektr asboblarni, tezda almashlab ulashlarni, ta’mirlash ishlarini pasaytirilgan kuchlanishga o’tkazish; • ishlatiladigan shaxsiy himoyalanish vositalarini takomillashtirish; • texnika xavfsizligi bo’yicha ishchilar malakasini oshirish va har yili texnik sinovlarni o’tkazishda; • ishlab chiqarish sexlarida barcha nuqtalarida yer potentsiallarini bir xilligini ta’minlash.