Gumanitar fanlar axborot texnologiyalari kafedrasi


Xalqaro vaziyatning o‘zgarishi



Download 3,25 Mb.
bet17/105
Sana12.12.2022
Hajmi3,25 Mb.
#884145
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi majmua

Xalqaro vaziyatning o‘zgarishi XXI asr bo‘sag‘asida jahon tapaqqiyotininr mazmuni tubdan o‘zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan - SSSR va AQSH etakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning blokning o‘zaro muxoliflik muvo’zanatiga asoslangan edi. Dunyoda "sovuq urush" siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. XX asrning 90-yillariga kelib, sotsialistik dunyoning echakchisi bo‘lgan ulkan imperiya - SSSR parokanda bo’ldi., sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava SHartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O‘zbekiston davlati bunyod etildi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi. Xalqaro vaziyatda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lsada, dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo‘lmoqda.
Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o‘sdi. Mamlakatlar o‘rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg‘or texnologiya, erkin sarmoyalarni to‘plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar mavjud. Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o‘rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam o‘zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo‘lgan. Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va diniy ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar o‘rtasida "xaqiqiy" va "soxta" dindorlik belgilari bo‘yicha qarama-qarshilik chiqarishga, millatlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar o‘rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga urinmoqdalar. Xalqaro terroristlarning O‘zbekiston, AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda.
• "Sovuq urush" siyosatiga chek qo‘yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo‘lsada, bu turdagi ommaviy qirg‘in qurolining ko‘p miqdorda saqlanayotganligi,yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlar sonining ko‘payib borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda.
• Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog‘lom ekologik vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat boshiga xavf solib turibdi.
• Tobora kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik,yashirin kurol oldi-sottisi insoniyatni tashvishlantirmoqda. Bularning barchasi dunyo hali ham ilgaridek mo‘rt bo‘lib turganligidan dalolat beradi. Bizni qurshab typran olam g‘oyat murakkab va muammoli bo‘lib keldi, ho’zir ham shunday bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatig daxldor bo‘lib qoldi. Hatto ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi. Davrimizning muhim xususiyati aholi talab extiyojlarining g‘oyat darajada o‘sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy - texnikaviy hamkorlik qilish ob’ektiv zaruriyat bo‘lib qoldi. Ho’zirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo‘linmasdir. SHu boisdan barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro aloqadadir.
O‘zbekiston xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtai nazaridan va o‘z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay jug‘rofiy-strategik imkoniyatlarga ega.
• Qadim zamonlarda SHarq bilan G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk ipak yo‘li O‘zbekiston xududi orqali o‘tgan. Bu erda savdo yo‘llari tutashtan, tashqi aloqalar hamda typli madaniyatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham Evropa va Osiyoni bog‘laydigai yo‘llar Markaziy Osiyodan, uning o‘rtasida joylashgan O‘zbekistondan o‘tmoqda.
• Markaziy Osiyoda jug‘rofiy-siyosiy jihatdan markaziy o‘rin tutgan O‘zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvo’zanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega.
• O‘zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan.
• Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada etakchi o‘rida turadi.
• Tabiiy-iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xomashyo zahiralari va strategik materiallarga ega, dexqonchilik madaniyati rivojlangan, o’ziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlashga qodir.
• O‘zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o‘zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega.
• YUrtimizning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat sivilizaliyasida salmoqli o‘rin egallab, dunyoning ma’naviy va siyosiy jarayonlariga ta’sir o‘tkazish salohiyatga ega. Jug‘rofiy-siyosiy jihatdan O‘zbekistonda qiyinchiliklar tug‘diruvchi omillar ham mavjud.
Jumladan:
• O‘zbekiston o‘zining jug‘rofiy-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo‘lga qo‘yilmagan mintaqada joylashgan. O‘zbekiston fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim xalqaning strategik markazida joylashgan. SHu boisdan bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina yirik davlatlar va bizga qo‘shni davlatlarning geografik manfaatlari bir-biri bilan kelishmasligi kuzatilmoqda.
• YAna bir noqulaylik shundan iboratki, O‘zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatlar kurshab turibdi. Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstrimizm, etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirib kelinayotgan, ichki mojaro avj olgan Afgoniston kabi beqarorlik o‘chog‘i bilan chegaradosh.
• Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirilgan. Janubiy yo‘nalishda transport komunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat. Bu bir necha davlatlar hududidan o‘tadigan olis yo‘l bo‘lib, O‘zbekistonning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib, mahsulotlarning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi.
• Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqulay omildir.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo‘lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, horijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko‘ndalang bo‘lib turardi. Bu osongina echiladigan vazifalar emas edi. Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jumladan, O‘zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat edi. SHu bois davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlarga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyoplovchi birorta ham o‘quv yurti yo‘q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni talab qilmoqda edi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalari nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida tashqi siyosat qoidalari qonunlashtirildi va u jahondagi ko‘plab mamlakatlar bilan hamkorlik jarayonlari ortga qaytmasligining huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekistonni xalqaro huquq sub’ekti sifatida belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi, «CHet el investitsiyalari va xorijiy ivestorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko‘lamli hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi. Tashqi aloqalarni ta’minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo‘li asos qilib olindi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
• mafkuraviy qarashlardan qati nazar hamkorlik uchun ochiqlik,umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga
sodiqlik;
• davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
• nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
• kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
• inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
• ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;
• davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;
• tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
• davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;
• tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish xisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.
Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat cifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. SHuningdek, O‘zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda - AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O‘zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish irodasi va taklifiga ko‘ra 1992 yil 2 martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a’zosi bo’ldi.. Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bo‘lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27 sentyabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga qo‘hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa macalalap bo‘yicha bir qator takliflar o‘rtaga qo‘yildi.
1993 yil 24 oktyabrda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O‘zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida O‘zbekiston BMTning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi bo‘yicha oliy ko‘mitasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish jamg‘armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqiyoti tashkiloti, O’ziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga a’zo bo’ldi..
O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yil 15-16 sentyabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan Toshkent kengash-seminari bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtarishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan Bayonot jahon xalqlarini, xususan Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi. O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo mintaqasini yadro kurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasi minbaridan turib so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish g‘oyasini ilgari surgan edi. O‘zbekistonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
1997 yil 15-16 sentyabr kunlari Toshkentda "Markaziy Osiyo –yadro qurolidan xoli zona" mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. Ushbu masala yuzasidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi. Markaziy Osiyo mintaqasining yadro qurolidan xoli zonaga aylanishi mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlaydi. 2000 yil oktyabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaroo konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001 yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus qo‘mitasi ta’sis etildi. 2002 yil 18-20 oktyabr kunlari BMT Bosh kotibi Kofe Annanning O‘zbekistonga tashrifi mamlakatimizning xalqaro jamiyatdagi o‘rni mustahkamlanib, obro‘-e’tibori ortib borayotganining dalilidir.

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish