5. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarni yutuq va natijalari.
Mustaqillik yillarida iqtisodiy islohotlar haqida gapirar ekanmiz, yuz bergan institutsional o'zgarishlar haqida ham qisqacha to'xtash o'rinlidir.
1991-1996-yillar mobaynida iqtisodiy islohotlarning barcha yo'nalishlarida salmoqli institutsional o'zgarishlar sodir bo'ldi. Xu-susan turarjoylar, savdo, xizmat ko'rsatish sohasi, matlubot jamiyati obyektlari va turli tarmoqlarning mayda korxonalarini xususiylashtirish amalda tugallandi. O'rta va yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni faol boshlab yuborildi.
1996-yil 12-martda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo'llab-quvvatlash maqsadida, shu jumladan, individual mehnat faoliyati bilan band bo'lgan jismoniy shaxslarni ham hisobga olib borish, ularning manfaatlarini himoya qilish, ishlarini tashkil etishda yordam ko'rsatish vazifasini o'z zimmasiga olgan tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning Respublika Palatasi tashkil qilindi. Hozirda joy-larda uning hududiy bo'limlari ham faoliyat ko'rsatmoqda.
O'zbekistonda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning noyob, o'ziga xos tizimi ish olib bormoqda. Unga davlatning o'zi rahnamo-lik qilmoqda. Bu tizimga muvofiq xususiylashtirishdan tushgan deyarli barcha mablag'lardan iqtisodiyotning nodavlat sektorini shakl-lantirish va mustahkamlash uchun foydalanilmoqda.
Mamlakat tovar-xomashyo birjasi o'z faoliyatini ancha kengay-tirdi, undagi bitimlar hajmi 1995-yilda 7,7 mlrd. so'mga yetdi. 1995-yilda 8481 obyektni 859,8 mln. so'mga sotgan Respublika ko'chmas mulk birjasi ham milliard dovonidan oshish arafasida turibdi.
To'plangan tajriba katta-katta sanoat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish imkonini berdi. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya-ishlab chiqarish birlashmasi ochiq turdagi davlat-aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Qishloq xo'jaligi mashinasozligining 15 ta korxonasi yuqori investitsiya salohiyatiga ega bo'lgan xo'jalik tuzilmasi - «O`zqish-loqxo'jalikmashxolding»ni tashkil etdi. Uning tarkibiga Toshkent traktor zavodi ishlab chiqarish birlashmasi, «Toshqishmash» ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent agregat zavodi, «Chirchiqqishmash» «O`zbekqishmash» singari aksionerlik jamiyatlari kirdi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tishda O'zbekiston hukumati tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning samarali yo'llarini qidirib topa boshladi. Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning davlat Dasturidan tashqari O'zbekistonda xalq xo'jaligining barcha tarmoq-larida, shu jumladan, qishloq xo'jaligida alohida tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari qabul qilindi.
1994-yili Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrini qamrab oluvchi mintaqaviy dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirila boshlandi.
I. Karimov 1995-yil 4-iyulda bo'lib o'tgan idoralararo Kengashda tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash xususida qo-nun qabul qilish kerakligini uqtirdi.
Shunday Qonun Oliy Majlisning iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo'mitasi tomonidan tayyorlandi va 1995-yil 21-dekabrdagi Oliy Majlisning IV sessiyasida qabul qilindi.
Ushbu Qonun kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirishning huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslarini belgilab berdi, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi huquqlarini ro'yobga chiqarishga qaratildi.
Qishloqda haqiqiy mulkdorlarning shakllanishida fermer va dehqon xo'jaliklarining yana ham rivojlantirilishi alohida ahamiyatga egadir. Respublikada fermer xo'jaliklarining umumiy soni 1992-yildagi 6 mingdan 1998-yilda 23 minggacha oshdi, ushbu xo'jaliklardagi qoramollar soni 42 ming boshdan 168 ming boshga-cha oshdi. Fermer va dehqon xo'jaliklariga ajratilgan qishloq xo'jalik yerlari maydoni oshmoqda. Agar 1995-yilda fermer xo'jaliklari 308 ming gektar yerga ega bo'lsa, 1998-yilda ularga 447 ming gektar yer tegishli bo'lgan, dehqon xo'jaliklari maydoni esa shu davrning ichi-da 534 ming gektardan 573 ming gektargacha oshgan.
Bu boradagi islohotlar izchil amalga oshirilishi tufayli hozirgi paytda respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo'jaligi faoliyat ko'rsatmoqda va ularda salkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda.
Agar 2000-yilda yetishtirilgan paxta hosilining 21 foizi fermer xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2006-yilda bu ko'rsatkich 85 foizdan oshib ketdi, boshoqli don ekinlari yetishtirish bo'yicha esa 2000-yilda 15 foizni tashkil etgan bo'lsa, o'tgan yili 75 foizdan iborat bo'ldi.
Birgina 2006-yilning o'zida 666 ta shirkat xo'jaligini qayta tashkil etish hisobidan 74 mingta fermer xo'jaligi tuzildi, ularning yar-midan ko'pi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashganini ta'kidlash lo-zim.
Mamlakatimizda keyingi yillarda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda xususiylashtirish jarayoniga katta e'tibor berilganini birgina 2005-yil yakunlari asosida ham yaqqol ko'rish mumkin.
Masalan, 2005-yilda moddiy resurslar va tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish va ulardan foydalanish tizimini liberallashtirish yo'lida hal qiluvchi qadam qo'yildi.
Bugun to'la ishonch bilan aytish mumkinki, tadbirkorlarga, avvalo, kichik biznes subyektlariga asosiy, shu jumladan, talab katta bo'lgan moddiy resurslardan foydalanish imkonini beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi.
Aynan ana shunday odamlar jamiyatimizning tayanchi bo'lib, uning ijtimoiy asosini tashkil etadi. Chunki aynan shular demokratik va bozor islohotlarini davom ettirish va chuqurlashtirishdan, mamlakatni barqaror va izchil rivojlantirishdan ko'proq manfaatdor ekanini ta'kidlash zarur.
Shunday qilib, mamlakatimizning 2008-yildagi iqtisodiy rivojlanish natijalari o'tgan davr mobaynida demokratik yangilanish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo'lida ulkan qadamlar qo'yilganini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |