Qurama tog‘lariga qurilayotgan Angren –Pop temir yo‘li
O'zbekiston temir yo'llari tizimida amalga oshirilayotgan loyihalar yuk va
yo'lovchilarni tashish ishida sifatni oshiribgina qolmay, balki iqtisodiyotni
rivojlantirish orqali davlatimiz ravnaqiga ulkan xissa ko'shib, aholining hayot
sifatini yaxshilashga zamin yaratmoqda. So'zimiz isboti sifatida, ko'plab misollarni
keltirish mumkin.
O‘zbekistonda umumfoydalanadigan temir yo‘l transportida 2012 yil 58
mln. tonnadan ortiq turli yuklar tashildi. Bu ko‘rsatkich 2000 yilga nisbatan 137,8
foizni tashkil etgan Umumfoydalanadigan temir yo‘l transporida yo‘lovchi tashish
bo‘yicha Toshkent, Surxondaryo, Sirdaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlari
yetakchilik qiladi. Bu jihatdan vodiyning uchala viloyatini qo‘shib hisoblaganda
ham yuqoridagi viloyatlar salmog‘iga yetmaydi. Umumfoydalanadigan temir yo‘l
transportida 2012 yilda respublikada jami 11,8 mlndan ortiq yo‘lovchi tashilgan.
Tarmoqda yo‘lovchi tashish 2003 -2005 yillarda o‘sib, 2006-2012 yillarda
kamayganligi kuzatiladi. Bu jarayon Farg‘ona vodiysida aksincha 2012 yilda biroz
ortgan.
23
II.2 RESPUBLIKA AVTOMOBIL TRANSPORTINING HOZIRGI
HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida transport
tizimining yana bir muhim qismi bo‘lgan avtomobil transporti va avtomobil
yo‘llari ham o‘rin tetadi. Milliy iqtisodiyotning avtomobil transportidan
foydalanmaydigan birorta sohasi yo‘q. Qisqa masofalarga yuk va yo‘lovchilarni
tashishda, zamonaviy transportning boshqa xillari mavjud bo‘lmagan
manzilgohlarda aholi va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishda, ayniqsa transport
uchun noqulay bo‘lgan tog‘li joylarda avtomobil transportining ahamiyati
beqiyosdir.
Avtomobil yo‘llarining ahamiyatiga qarab aholi joylashuvi shakllangan va
bu jarayon hozirda ham davom etmoqda. Mavjud xalqaro, davlat, viloyat va
mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarda aholi lentasimon zich joylashgan.
Jumladan, xalqaro darajadagi yo‘llar kesib o‘tgan shahar va tumanjarda aholi
zichligi yanada yuqori.
O‘zbekiston hududida avtomobil yo‘llari tarmog‘i ancha keng har 1000 km²
maydonga avtomobil yo‘llarining zichligi 210 km ga yetadi. Qator avtomobil
yo‘llari xalqaro va davlat ahamiyatiga ega. Hozirgi kunda avtomobil yo‘llarining
umumiy uzunligi 115 ming km dan ortiq. SHularning 95,6 foizi qattiq qoplamali
yo‘llardir. Mamlakatimiz hayotida muhim o‘rin tutgan avtomobil yo‘llari
jumlasiga eng avvalo Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa
viloyatlar orqali o‘tgan Katta O‘zbek avtomobil trakti kiradi. 1940 yili qurib
bitqazilgan va 700 km dan ortiq uzunlikka ega bo‘lgan ushbu ravon yo‘l
qanchadan-qancha yuk va yo‘lovchilar tashishga hamda hududlar orasida transport
xizmati ko‘rsatishni yaxshilashga olib keldi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin mavjud avtomobil yo‘llarini
xalqaro andozalarga moslash, yo‘llarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo
24
etilayotgan sanoat rayonlariga xalqaro magistrallar bilan bog‘laydigan yo‘llar
qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi.
SHu bilan birga endilikda avtomobil transportida ham xususiylashtirish,
kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish davom etmoqda.
Transport vositalari-avtobuslar, yuk va engil mashinalarga ega bo‘lgan
jamoa hamda xususiy xo‘jaliklar ko‘paymoqda, ularning yo‘lovchi va yuk
tashishda salmog‘i asta-sekinlik bilan o‘sib bormoqda.
Mamlakat avtotransportining moddiy-texnik bazasi mustahkam-lanmoqda.
Avtotransport parki xorijiy mamlakatlar (Germaniya, Janubiy Koreya)dan
keltirilgan va vatanimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, engil mashinalar
hisobiga tobora yangilanib bormoqda. Avtoxo‘jaliklar, yo‘l qurilishi xo‘jaliklari
zamonaviy texnikalar bilan taminlanmoqda.
O‘zbekiston avtomobil transportida qo‘shni uzoq xorijiy davlatlar bilan bog‘lanish
istiqboli ochilmoqda. Mamlakatimiz O‘rta Osiyo davlatlarining barchasi bilan
xalqaro ahamiyatga molik bo‘lgan yirik avtomagistrallar qurishda tashabbuskor
bo‘lib chiqmoqda yoki bevosita qatnashmoqda
.
Jumladan, u Xitoyga (va Tinch okeani iqtisodiy rayoni ga) chiqish
imkoniyatini beruvchi "Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar" avtomobil yo‘li hamda
25
Hind okeaniga chiqishga imkon beradigan "Termiz -Hirot-Karachi" avtomobil
yo‘li qurilishida va shu yo‘nalishda mavjud bo‘lgan yo‘llarni qayta tamirlashda o‘z
ulushini qo‘shish bilan qatnashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti takidlaganidek, "O‘zbekiston Xitoy va
Pokistonga olib boradigan Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar, shuningdek,
Buxoro-Seraxs-Mashhad-Tehron va Termiz-Hirot-Qandaxor-Karochi avtomobil
yo‘llarini qurish va qayta tamirlash ishlariga hissa qo‘shgan holda qatnashishdan
ham manfaatdor"
Keyingi 4-5 yilda yo‘lovchi va yuk tashish sohasida xususiy sektorning roli
ortib bormoqda. Bugungi kunda Respublikada 25 mingdan oshiq xususiy yuk
avtomobillari, 5 mingdan oshiq avtobuslar va 80 mingdan ortiq engil avtomobillar
hisobga olingan. Agar kuniga avtotransportda 8 mln. dan oshiq yo‘lovchi tashilsa,
shundan 25-30 foizi xususiy avtomobilchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Hozir Respublikada 70 ga yaqin avtobus va taksomotor saroylari barpo
etilgan, ular zamonaviy texnika bilan ta’minlangan.
Respublikamizda “O’rta Osiyo trans” avtomobil firmasining tashkil etilganligi
O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga o’tganligining belgilaridan
biridir.
2013-yilda,Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini rivojlantirish
dasturining amalga oshirilishi doirasida so‘nggi yillarda qariyb 2 ming km
avtomobil yo‘llari, shu jumladan O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga
kiruvchi 1,5 ming km uchastka qurilib, rekonstruksiya qilindi.
Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning markaziy qismi bilan bog‘lovchi
ikkita yer osti yo‘li qurlishini o‘z ichiga olgan Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi eng
yuqori xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yo‘li foydalanishga
topshirildi.
26
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 20 dan ortiq xalqaro transport koridorlari
ishlab turibdi, shundan 2 ta yirik xalqaro avtomobil yo‘li G‘arbiy Yevropa
davlatlarini Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘laydi.
2015-yilning birinchi choragida yo‘l-transport, ishlab chiqarish va axborot-
kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasidagi faol ishlar
davom ettirildi. Xususan, yil boshidan buyon O‘zbekiston milliy avtomagistrali
tarkibiga kiradigan avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish
obyektlarida 164,1 milliard so‘m, jumladan, Respublika yo‘l jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan 72,5 milliard so‘m, O‘zbekiston Respublikasi hukumati
kafolati ostida xorijdan olingan zayomlar hisobidan 37,7 million dollar
o‘zlashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |