Germaniyada inqilobning kelib chiqish sabablari. 1848-yilgi inqilob. Italiyaning birlashtirilishi



Download 39,5 Kb.
bet2/3
Sana27.06.2022
Hajmi39,5 Kb.
#711697
1   2   3
Bog'liq
22-mavzu. 1800–1870-YILLARDA GERMANIYA VA ITALIYA

Italiyaning birlashtirilishi. 1861-yili Birlashgan Italiya qirolligi tashkil etildi. Kapitalizmni yanada rivojlantirish zarurati mamlakatning birlashuvini nihoyasiga yetkazishni taqozo etardi. Busiz Italiya Yevropada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan davlatga aylana olmas edi. Til va madaniyat birligi Italiyani yagona davlatga birlashtirish imkonini berdi. Bosh vazir Kamillo Kavur uzoqni ko‘ra oluvchi siyosatchi, mo‘tadil islohotlar va konstitutsiyaviy monarxiya tarafdori edi.
K. Kavur Avstriya zulmiga qarshi kurashda Fransiya bilan shartnoma tuzishga erishdi. Avstriya qo‘shini mag‘lubiyatga uchratilib, u bilan sulh tuzildi. Biroq Sitsiliya va Neapol qirolligi Italiya siyosiy tarqoqligining tayanchi bo‘lib qolayotgan edi.
Italiyani birlashtirishning qizg‘in tarafdori, xalq qahramoni Juzeppe Garibaldi 1860-yili o‘z harbiy kuchlari bilan Sitsiliya oroliga kelib tushdi. Xalq ommasi uni xaloskor sifatida kutib oldi. Sitsiliyaning Palermo shahri egallandi. Shundan so‘ng J. Garibaldi qo‘shini Neapolga yurish qildi. Neapol qo‘shini tor-mor etildi va Neapol qirolligi tugatildi.
Italiyaning birlashishida uch buyuk shaxsning xizmatlari beqiyos. Bular bosh vazir K. Kavur, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi milliyozodlik urushlarida nom qozongan xalq qahramoni J. Garibaldi, «Yosh Italiya» jamiyatiga rahnamolik qilgan Juzeppe Madzinidir. Badiiy adabiyotda har uchala milliy qahramonning Italiyani birlashtirishdagi xizmatlarini nazarda tutib, ularni «Vatanning aql-zakovati, joni hamda shamshiri»ga qiyoslashadi.
1847-yilda Germaniyada iqtisodiy inqiroz yuz bergan.
1861-yilda Birlashgan Italiya qirolligi tashkil etildi.
Italiyaning birlashishida uch buyuk shaxs: Kamillo Kavur, Juzeppe Garibaldi, Juzeppe Madzinilarning xizmatlari beqiyos.
Mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya qaror topdi hamda ikki palatali parlament (Senat va Deputatlar palatasi) joriy etildi. 1866-yili Avstriya qo‘l ostida qolgan Venetsiya viloyati ham, 1870-yilda esa Fransiya ta’sirida bo‘lgan Rim shahri ham Italiya qirolligiga qo‘shib olindi. Shu tariqa Italiyani yagona davlatga birlashtirish yakunlandi.

Download 39,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish