34
Ekologik kadastr
–
ekotizimlarning geografik joylashuvi,
huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risidagi
yangilanib turiladigan (o‘zgaruvchan) ma’lumotlar va hujjatlar
tizimi. Ekologiyaga tegishli kadastr obyektlari turli mamlakat-
larda turlicha belgilanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublika-
sining «Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasi
ekologiyaga tegishli kadastr obyektlariga 11 ta davlat kadastr-
lash obyektlari kiradi.
Geoekologik kadastr
–
geotizimlarning geografik joylashuvi,
son va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi yangilanib turiladigan
ma’lumotlar va hujjatlar yig‘indisi.
Afsuski, amalda respublika-
mizda geoekologik kadastr qo‘llanilmaydi. Lekin jahon
tajri
basida uni yuritishda hududni to‘liq
qamrab olishlik,
fazoviy koordinatlarining yagona tizimini qo‘llash, uslubiyat-
ning umumiyligi, axborotning aniqligi va ommaviyligi
kabi prinsiplarga asoslaniladi. Mazkur kadastrlarni ijroiya
hokimiyat, maxsus vakolatlangan davlat va mahalliy
davlat
hokimiyati organlari tomonidan aksariyat hollarda davlat
budjeti hisobidan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham
ularni nomlashda ko‘pincha «Davlat» so‘zi qo‘shib ishlatiladi.
Geoekologik kadastr obyektlariga
geotizimlarni baholash
yuqorida keltirib o‘tilgan usullarda aniqlanadi va u antropogen
ta’sir natijasida tabiiy unsurlarning sifat va qiymat jihatlarini o‘z
ichiga oladi.
Geoekologik kadastrni amalda qo‘llash unchalik
murakkab ish emas, chunki 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan
«Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi Qonunga binoan O‘zbekistonda
21 xil kadastr obyektlari bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ilib boriladi.
Qonunning 3-moddasiga binoan ekologiyaga tegishli kadastr-
lar davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismidir. Ushbu
yagona tizim O‘zbekiston Respublikasi va uning ayrim hudud-
lari tabiiy-iqtisodiy salohiya tining
yagona umumdavlat hisob-ki-
tobi yuritilishini, baholanishini ta’minlashga mo‘ljallangan ko‘p
maqsadli tizim tarzida yaratiladi.
35
«Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasi
ekologik kadastr obyektlari berilgan va ularni geotizimlar
doirasida olib borish imkoniyati bor. Milliy kadastrning qaysi
bir obyektlari geoekologik kadastrga mos tushadi, degan o‘rinli
savol tug‘ilishi mumkin. Unga davlat organlari tomonidan olib
boriladigan: davlat Yer kadastri; davlat suv kadastri; davlat
o‘rmon kadastri; davlat o‘simlik dunyosi kadastri; davlat
hayvonot dunyosi kadastri; hududlar kadastri; tabiiy xavfi
yuqori bo‘lgan zonalar kadastri; muhofaza
etiladigan hududlar
kadastri; foydali qazilma konlari, belgilar va texnogen hosilalar
kadastri; ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini ko‘mib
tashlash va utillashtirish joylari kadastri; texnogen xavfi yuqori
bo‘lgan zonalar kadastri kiradi.
Eng ko‘p qo‘llaniladigan Yer kadastri «Davlat Yer kadast-
ri to‘g‘risida»gi Qonunning 17-moddasiga binoan, Yer
sifati
–
qishloq xo‘jaligi bo‘yicha uni rayonlashtirishni, tuproq
va yerlarni tasniflashni,
ularning agronomik, ekologik,
texnologik
va shaharsozlik belgilari bo‘yicha tavsiflashni,
tuproqlarni guruhlarga ajratishni o‘z ichiga oladi. Yerlarning
qiymat bahosi 1998-yil 6-avgustda tasdiqlangan «O‘zbekiston
Respublikasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning
sifat, iqtisodiy va qiymat bahosini aniqlashning muvaqqat
uslubi»ga binoan yerlarning me’yoriy baholari, banklardan
ipoteka
qarzlari berish, xususiy turarjoylar qurish uchun Yer
ajratib berish, dehqon xo‘jaligiga qo‘shimcha Yer berish va Yer
solig‘i stavkalarini aniqlash kabi hollarda Yer uchast
kasining
dast
labki (boshlang‘ich) bahosi belgilanadi. Respublikamizda
boshqa tabiiy obyektlarni kadastrlash bo‘yicha ham nizomlar
ishlab chiqilgan va amalda tatbiq qilinmoqda.
Geoekologik kadastr obyektlari bo‘yicha hujjatlar
–
geotizim
va uning komponentlariga nisbatan mulk huquqi va boshqa
huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, yig‘ma jildi, kartasi (plani),
kitobi, holati haqidagi hisobotlarni o‘z ichiga oladi.
Geoekologik kadastr obyektlari bo‘yicha
axborot davlat
hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy
36
shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi.
Geoekologik tizim va uning komponentlari kadastri ekologik
nazoratni olib borishning iqtisodiy, ijtimoiy, tabiiy, huquqiy
asosi bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: