Gavda va buyin muskullari Gavda muskullari


Ko‘krakning xususiy chuqur muskullari: Q o v u r g‘ a l a r a r o m u s k u l ­ l a r (m.m. intercostales) qovurg‘alar orasida ikki qavat bo‘lib joylashgan



Download 33,83 Kb.
bet3/6
Sana23.11.2022
Hajmi33,83 Kb.
#871006
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maruza matn

Ko‘krakning xususiy chuqur muskullari: Q o v u r g‘ a l a r a r o m u s k u l ­ l a r (m.m. intercostales) qovurg‘alar orasida ikki qavat bo‘lib joylashgan.


1Tana harakati yirik muskullar guruhi tomonidan faol bo’lib, asosan umurtqa qismida ishlaydi. Ko’krak va bel ham ayniqsa muskullar bilan qoplangan va yuqoridagi ohiri qo’shimchadatananig to’g’ri muskullariga boradi. Ularning manbsini tanaga tobora uzyib borishi filogenetik rivojlanish kursida. Tana muskullari individual segmentlarda tartibga solingan, skelet kabi. Bir nechta muskullarni istisno qilganda, segmentlar ko’pincha davom etmaydi,ammo yetarli darajada qo’shni segmentlar bilan yirik muskullarga birlashadi. Tana muskulaturasi bel muskullari, ko’krak, hamda qorin.
Bel muskullari asosan skeleton uchun muhim bo’lib hamda umurtqa qizmining har tomonidan bo’yindan tos suyagiga qadar ikkita yirik muskul bo’laklarga bo’linadi. Bu belning haqiqiy segmental muskulaturasi bo’lib hamda uni qamrab turgan muskullar nilan kontrastga kirishi mumkin.
Ko’krak devori. Ko’krak devori muskullari uch qatlamda joylashgan. Kurs va muskullar holatini inobatga olganda ular tashqi, ichki va eng ichki qizmlarga bo’lingan. Ular nafas olish muskullarining asosan kerak narsalari va ko’krak devorining harakati ucun javobgardirlar. Ular ham yuzaki muskullar bilan qoplangan.
Tashqi qovurg‘alararo muskullar (m.m. intercostales externi) ning tolasi yuqoridan past­ga va oldinga yo‘nalgan bo‘ladi. Bu muskullar umurtqa Ichki qovurg‘alararo muskullar (m. m. intercostales interni) ning tolasi pastdan yuqoriga va oldinga yo‘nalgan bo‘ladi. Ichki qovurg‘alararo muskullar to‘sh suyagidan qovurga burchagigacha joylashgan. U qisqarganda qovurralar­ni pastga tortib, nafas chiqarishda ishtiroq etadi.
D i a f r a g m a (diaphragma) ko‘krak va qorin bo‘shliqlari orasidagi muskulli parda bo‘lib, gumbaz shaklida tuzilgan. Uning muskul tutamlari qovurg‘alarning pastki yoyidan, bel umurtqalaridan va to‘sh suyagining o‘simtasidan boshlanadi. Bel umurtqalaridan boshlangan qismi 3 juft oyoqcha hosil qiladi. Muskul tolalari yuqoriga aylana shaklida ko‘tarilib, aponevroz gumbaz hosil qiladi. Diafragma qisqarganda, gumbaz pastga tushadi va ko‘krak qafasi kengayib, nafas olish harakati bajariladi, bo‘shashganda esa ko‘krak qafasi torayib, nafas chiqarish sodir bo‘ladi. Diafragmaning muskul qismida qizilo‘ngach bilan aorta o‘tadigan, pay qismida pastki kovak vena o‘ta­digan teshiklar bo‘ladi.
Qorin muskullari ko‘krak bilan tos orasida joylashgan bo‘lib, tola­lari har xil yo‘nalgan. Ular qorindagi organlarni turli tashqi tazyiqdan saqlaydi, qorinni tarang qilib turadi. Nafas olish va gavdaning turli harakatlarida ishtiroq etadi. Qorin muskullari qorinning oldingi yon tomonida joylashgan, ularning payi bir-biri bilan tutashib, qorinning oldingi o‘rta qismida keng pay aponevrozi hosil qiladi. Qorinning o‘rtasida oq chiziq bo‘lib, u to‘sh suyagining o‘simtasidan to qovuq, suyaklarining simfizigacha davom etadi. Bu qismda qon va nerv tomirlar kam bo‘ladi. Qorin muskullari ichki organlarga press sifatida ta’sir etib, siydik, najas chiqarishni va qusishni tezlashtiradi.
Q o r i n n i n g t o‘ g‘ r i m u s ­ k u l i (m. rectus abdominis) tashqi, ichki muskullar aponevrozidan hosil bo‘lgan pishiq fib­roz g‘ilof orasida joylashgan. U to‘sh suyagining o‘simtasidan V-VII qovurg‘alarning tog‘ay qismidan boshlanib, qovuq suyagining yuqori chetiga birikadi. Qisqarganda gavdani bukadi. Bu muskulning 3-4 joyida pay hosil bo‘­ladi.
Q o r i n n i n g t a sh q i q i ya m u s k u l i (m. abIiquus abdominis externus) pastki 8 ta qovurg‘aning tashqi yuzasidan va bel fassiyasidan boshlanib, tolalari oldinga va pastga qarab yo‘naladi. Oldinga yo‘nalgan tolalari aponevroz hosil qilib, qorinning o‘rtasida ikkinchi tomondagi shu muskul aponevroziga birikadi. Pastga yo‘nalgan tolalari yonbosh suyagining tashqi qirrasiga birikadi. Eng yuzada keng muskul bo‘lib, u pastda chot kanalini hosil qiladi.
Q o r i n n i n g i ch k i q i ya m u s k u l i (m. abliquus abdominis inter-nuus) tashqi qiya muskul tagida bo‘­lib, tolalari pastdan yuqoriga va oldinga yo‘nalgan. Yuqoriga yo‘nal­gan tolalari yonbosh suyagining o‘r­ta qirrasidan boshlanib, pastki, qovurg‘alarga birikadi. Oldinga yo‘nalgan tolalari aponevroz hosil qilib, to‘g‘ri muskulning tagidan o‘tib, ikkinchi tomondagi shu muskul aponevroziga biri­kadi.
Q o r i n n i n g k o‘ n d a l a n g m u s k u l i (m. transversus abdominis) keng muskullarning eng ichkisi bo‘lib, tolalari ko‘ndalang yo‘nal­gan. U bel umurtqalarining yon o‘simtasidan, yonbosh suyagining ichki qirrasidan, pastki qovurg‘alarning ichki yuzasidan, chot kanalidan bosh­lanib, oldinda aponevrozga aylanadi va qorinning o‘rta chizig‘ida ikkinchi tomondagi shu muskul apo­nevroziga birikadi. Qorinning o‘r­tasida muskul paylari oq chiziq hosil qiladi. Qorin muskullari chot kanalini hosil qilishda ishtirok etadi. Ba’zan qorinda piramidasimon rudiment muskul uchraydi.
B ye l n i n g k v a d r a t m u s ­ k u l i (m. quadratus lumborum) yon­bosh suyagining qirrasidan bosh­lanib, bel umurtqalarining yon o‘simtasiga va XII qovurg‘aga bi­rikadi. Bu muskul qisqarganda qovurg‘ani pastga tortadi (nafas chiqarishda ishtiroq etadi), umurtqa pog‘onasini orqaga va yonga bu­kadi.
Oraliq muskullar odam ajdodlaridagi ayrim dum va qorin muskullarining o‘zgargan xili hisoblanadi. Ular qorinning pastki tomonidan ichki organlarni tutib turadi. Bu muskullar siydik va najas chiqarish kanalining sfinkteri sifatida bir vaqtda harakatlanadi.
Odam doim jismoniy mashq bilan shug‘ullanishi natijasida ko‘krak va qorin muskullari yaxshi rivojlanadi. Qayiqda suzish, gimnastika mashg‘ulotlari, yugurish kabi sport o‘yinlari ko‘krak qafasi muskullarining yaxshi rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Qorin muskullarining presslash funksiyasi ortadi. Buning natijasida nafas olish organlari, yurak-qon tomirlar sistemasi yaxshi rivojlanadi, ya’ni o‘pkalarning tiriklik sig‘imi yuqori bo‘ladi. Yurakning sistolik hajmi ortadi. Bunday odamlarda ko‘krak qafasi aylanasining o‘lchami katta bo‘ladi.
Ch o v k a n a l i (canalis ingui-nalis). Qorin muskullari ikkita tashqi teri ostidagi va ichki muskullarni koplagan fassiyaga bo‘linadi. Fassiya to‘g‘ri muskul g‘ilofining orqa devori bilan chot kanalining orqa devori hosil bulishida qatnashadi. Qorin keng muskullarining tolalari bir-biri bilan tutashib, aponevroz hosil qiladi va qorinni mustahkamlaydi.
Qorinning pastki tomonida chov boylami, qorin muskullarining pastki-chetki fassiyasi ishtirokida chot kanali hosil bo‘ladi. Uning uzunligi 4-5 sm bo‘lib, undan nerv, qon tomirlari, erkaklarda urug‘ yo‘li (urug‘don chilviri), ayollarda bachadonning doiraviy payi o‘tadi. Qorin muskullarining bo‘sh joyidan ichki organlarning qorin bo‘shlig‘idan tashqariga - teri ostiga chiqishi churra tushishi (grija) deyiladi. Qorin muskullari zaiflashsa, odam juda ozib ketsa, og‘ir yuk ko‘tarsa, qattiq yo‘talsa, yosh bola qattiq yig‘lasa, churrasi tushishi mumkin. Erkaklarda ko‘pincha chov grijasi - churra tushishi uchraydi.

Download 33,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish