G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov


 Rasm chizish jarayoni tahlili



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
 
3. Rasm chizish jarayoni tahlili 
Rasm chizish jarayoni tahlilida diqqat-e’tiborni quyidagilarga 
qaratish kerak:
a) oila a’zolari suratini chizishning ketma-ketligi; 
b) qismlarini chizishning ketma-ketligi; 
v) o‘chirish; 
g) chizib bo‘lingan ob’yekt qismlari, shakllariga qaytish; 
d) chekinishlar; 
e) ichki sabab natijasida vujudga keladigan sharhlar.
Rasm chizish jarayonini izohlash tezisini, umuman olganda, 
amalga oshiruvchi rasm chizishning dinamik tavsifi ostida fikrni 
o‘zgartirish, hissiyotlarning muhimligi, zo‘r berish yotadi. Nizolar 
bola uchun suratning muayyan qismlarining ahamiyatini aks ettiradi. 
Rasm chizish jarayonini izohlash psixologning butun amaliy 
tajribasini, uning farosatini, ijodiy yondashishini talab etadi. Noaniqlik 
darajasining kattaligiga qaramasdan, tahlilning xuddi shu bosqichi 
ko‘pincha ancha mazmunli, chuqur, muhim axborotni beradi. Biz o‘z 
tahlillarimizda faqatgina ba’zi bir umumiy an’analarni belgilaymiz.
Bola hikoyani asosiy qismidan boshlagani kabi rasmda ham 
birinchi bo‘lib ancha muhim, asosiy va emotsional yaqin kishisidan 
boshlaydi. Ko‘pincha bola birinchi bo‘lib onasining rasmini chizadi. 
Yoki bo‘lmasa ko‘pincha bolalar birinchi o‘zlarining suratlarini 
chizadilar, bu ularning yosh tavsifnomasi bo‘lgan manmanliklari bilan 
bog‘liq. Bola birinchi galda o‘zini, onasini emas, balki oilaning 
boshqa a’zosining suratini chizganida, surat chizish ketma-ketligi shu 


121 
kabi holatlarda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladi. Ko‘p hollarda bu 
bola uchun qadrli shaxs yoki u bog‘lanib qolgan inson bo‘lishi 
mumkin. Bizning ish tajribamizdan ma’lumki, maktabgacha tarbiya 
muassasalarining milliy guruhlari boshlang‘ich maktablar bolalari 
qoidaga ko‘ra birinchi bo‘lib otalarining suratini chizadilar. Bu 
muayyan milliy me’yorlar va sharq oilalarining an’analari bilan 
bog‘liq deb hisoblaymiz.
Bola onasining suratini oxirgi bo‘lib chizish hodisasi diqqatga 
sazovor. Bu holatda unga salbiy munosabatdaligi to‘g‘risida gap 
ketishi mumkin emas. Ko‘proq bu onalik munosabatining (hissiyotli, 
bilish va sensor) deprivatsiyasidan dalolat beradi.
Uning uchun onasiga nisbatan munosabatda «uncha yaxshi 
ko‘rmaganlik» uchun, bolani so‘zsiz qanday bo‘lsa shundayligicha 
qabul qilmaganligi uchun alamni sezishga xos. Oila a’zolarining 
suratlarini chizish ketma-ketligi, shakllarni grafik taqdim qilish 
xususiyatlari tahlilining mazmunida ancha ishonchli izohlangan 
bo‘lishi mumkin. Agar birinchi bo‘lib chizilgan qomat eng kattasi 
bo‘lsa, lekin bezatilmasdan quruqqina chizilgan bo‘lsa, unda bunday 
taqdim etish bu shaxsni bola tomonidan qabul qilishning ahamiyatini, 
kuchini, oiladagi hukmronligini ko‘rsatadi. Bu unga nisbatan bolada 
ijobiy hissiyotlarni ko‘rsatmaydi. Biroq, agar birinchi qomat puxta, 
bezatib chizilgan bo‘lsa, unda bu oilani bolani hurmat qiladigan va 
unga o‘xshashga harakat qiladigan va bola oilaning ancha sevimli 
a’zosi deb o‘ylash mumkin.
Qoidaga ko‘ra, bolalar oila suratini chizish vazifasini 
olganlaridan keyin oila a’zolarining suratlarini chizishni boshlaydilar. 
Lekin, shunday hodisalar ham uchrab turadi, bolalar oldin turli 
ob’yektarni, asosiy chizishni, quyoshni, mebelni va boshqalarni 
chizadilar va oxirgi navbatdagina odamlarni tasvirlashga kirishadilar. 
Bola buning yordamida o‘ziga yoqimsiz bo‘lgan vazifani orqaga 
suradi, vazifani bajarishning bunday ketma-ketligi o‘ziga xos himoya 
ta’siri bo‘ladi, deb hisoblashga asos bor. Ko‘pincha bu notinch oilaviy 
vaziyatlardagi bolalarda kuzatiladi, ammo bu bolaning psixolog bilan 
aloqasining yomonligi oqibati bo‘lishi ham mumkin.
Oilaning o‘sha a’zolari, ob’yektlar, qismlar suratini chizishga 
qaytish bola uchun ularning ahamiyatini ko‘rsatadi. Insonning 
beixtiyor harakatlari ba’zida psixikaning dolzarb mazmunini 
ko‘rsatgani kabi xuddi suratning o‘sha belgilaridan surat chizishga 


122 
qaytish fikrlash harakatiga, bolaning munosabatiga mos keladi va 
asosiysini, ya’ni suratning muayyan qismlari bilan bog‘langan 
hukmron hayajonlanishni ko‘rsatishi mumkin.
Oila a’zolarining muayyan qismlari suratini chizishdan oldingi 
pauzalar ko‘pincha murakkab munosabatlar bilan bog‘langan va 
motivlarning ichki uyg‘unsizligining tashqi ko‘rinishi bo‘ladi. Bola 
ongsizlik bosqichida unda salbiy tuyg‘u uyg‘otadigan kishi yoki 
qismni chizish yoki chizmaslikni o‘zicha hal qiladi.
Chizilganni o‘chirish yoki qayta chizish surati chizilayotgan oila 
a’zosiga nisbatan salbiy tuyg‘ular bilan ham, ijobiy tuyg‘ular bilan 
ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Surat chizishning so‘nggi natijasi hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar o‘chirish va qayta chizish 
ko‘zga tashlanadigan yaxshiroq, grafik taqdimotga olib kelmasa, 
bolaning shu odamga har xil munosabati to‘g‘risida fikr yuritish 
mumkin.
Ichki sabab natijasida vujudga keladigan sharxlar ko‘pincha 
bolaga chizilgan mazmunning ma’nosini ravshanlashtiradi. Shuning 
uchun ular diqqat bilan boshqa oila a’zosini suratini chizsa, bu 
ko‘pincha shu odamning bolaga nisbatan adovatini o‘ziga qabul qilish, 
qo‘rquv hissi bilan bog‘liq.
«Oila rasmi» metodikasi uchun miqdoriy baholash tizimi ishlab 
chiqildi hamda beshta belgilar majmuasi ajratildi:
1. – qulay oilaviy sharoit,
2. – xavotirlanish 
3. – oiladagi nizo,
4.
– o‘zidan qoniqmaslik hissi,
5.
– oilaviy sharoitdagi adovat.
Har bir belgilar majmuasi ballar bilan baholanadigan bir qator 
ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi. Agar ko‘rsatkich yo‘q bo‘lsa, unda 
hamma holatlarda o
 
qo‘yiladi. Ishoraning ishtirok etishi 1 ball deb 
baholanadi. Har bir belgilar majmuasi bo‘yicha yuqori ball 7dan 9 
gacha bo‘lgan ballni tashkil etadi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish