450-modda. Idishlar va o‘rash materiallarini qaytarish Oldingi tahrirga qarang. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sotib oluvchi (oluvchi) tovar keltirilgan ko‘p marta ishlatiladigan idish va o‘rash materiallarini yetkazib beruvchiga qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda qaytarishi shart.
(450-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Boshqa idish va o‘rash materiallari faqat mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim.
451-modda. Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarlarni yetkazib berish oqibatlari Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarlar yetkazib berilgan sotib oluvchi (oluvchi) mahsulot yetkazib beruvchiga ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqli, yetkazib berilgan tovarlarning sifatsizligi to‘g‘risida sotib oluvchidan bildirish olgan mahsulot yetkazib beruvchi yetkazib berilgan tovarlarni tegishli darajada sifatli tovarlar bilan darhol almashtirgan hollar bundan mustasno.
O‘ziga yetkazib berilgan tovarlarni chakanalab sotadigan sotib oluvchi (oluvchi), agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, iste’molchi tomonidan qaytarilgan tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarni oqilona muddat ichida almashtirishni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi Qarang: “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunning 26-moddasi. 452-modda. But bo‘lmagan tovarlar yetkazib berish oqibatlari Oldingi tahrirga qarang. Mahsulot yetkazib berish shartnomasining shartlari, qonunchilikning talablari yoki tovarlarning but bo‘lishiga qo‘yiladigan odatdagi talablarni buzgan holda tovarlar yetkazib berganida sotib oluvchi (oluvchi) mahsulot yetkazib beruvchiga ushbu Kodeksning 413-moddasida nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqli, mahsulot yetkazib beruvchi yetkazib berilgan tovarlarning but emasligi to‘g‘risida sotib oluvchidan bildirish olganidan keyin tovarlarni darhol butlagan yoki ularni but tovarlar bilan almashtirgan hollar bundan mustasno.
(452-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Tovarlarni chakana narxlarda sotayotgan sotib oluvchi (oluvchi), agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, iste’molchi tomonidan qaytarilgan but bo‘lmagan tovarlarni oqilona muddat ichida but tovarlar bilan almashtirishni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi Qarang: “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasi, 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi. 453-modda. Tovarlar to‘liq yetkazib berilmagan, tovarlarning kamchiliklarini bartaraf etish yoki tovarlarni butlash to‘g‘risidagi talablar bajarilmagan hollarda sotib oluvchining huquqlari Agar mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda yetkazib bermagan bo‘lsa yoxud sotib oluvchining (oluvchining) tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarlarni almashtirish yoki tovarlarni butlash to‘g‘risidagi talablarini belgilangan muddatda bajarmasa, sotib oluvchi yetkazib berilmagan tovarlarni boshqa shaxslardan olib, ularni olish bilan bog‘liq barcha zarur va oqilona xarajatlarni mahsulot yetkazib beruvchi zimmasiga yuklash huquqiga ega.
Mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni to‘liq yetkazib bermagan yoki sotib oluvchining tovarlarning kamchiliklarini bartaraf etish yoki tovarlarni butlash to‘g‘risidagi talablarini bajarmagan hollarda sotib oluvchining boshqa shaxslardan tovarlar olishga qilgan xarajatlari ushbu Kodeks 456-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hisoblab chiqariladi.
Sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning kamchiligi bartaraf etilguncha va ular butlanguncha yoki almashtirilguncha tegishli darajada sifatli bo‘lmagan va but bo‘lmagan tovarlar haqini to‘lashdan bosh tortish, bordi-yu, tovarlar haqi to‘langan bo‘lsa, –– to‘langan summani qaytarishni talab qilish huquqiga ega.